Sifatidagi ahamiyati


Dinshunoslik fanini o’qitishning asosiy maqsad



Yüklə 100,82 Kb.
səhifə3/7
tarix26.11.2023
ölçüsü100,82 Kb.
#136450
1   2   3   4   5   6   7
1-Мавзу

Dinshunoslik fanini o’qitishning asosiy maqsad



Диншунослик фанининг мазмуни


  • Yoshlarda din, uning turli shakllari, ta'limotlari, yo‘nalishlari, mazhablari haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.

  • Bunga erishishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko‘rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Din va qonun o‘zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi.
Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga jaholat va murosasizlik tashkil etadi”, – deb ta’kidladi O‘zbekiston respublikasi Prezidenti BMTning 72-sessiyasidagi nutqida va yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish hamda maxsus rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi. 2018-yil 12- dekabrda BMT Bosh Assambleyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Yoshlarning tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa qilib belgilandi: “ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi”1. Yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash masalasi ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish vazifasi bilan hamda internetning tahdidlaridan himoyalash bilan bog‘liq. 1990-yillardan boshlab din kibermakonni o‘zlashtirish jarayonida faol ishtirok etmoqda. Radikal diniy tashkilotlarning saytlari ko‘p incha dinlararo ziddiyatlarni kuchaytiruvchi virtual munozaralar platformasiga aylanib bormoqda. Dunyo dinlari haqidagi bilimlarga ega salohiyatli dinshunoslarni tayyorlash yoshlar ongini ekstremistik g‘oyalar bilan zaharlanishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo dinlari masalalari borasida ta’lim berish jamiyatda bag‘rikenglik muhitini yaratishning muayyan vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu vazifalar O‘zbekistonning 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida o‘z aksini topgan.

  • 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi, Markaz tarkibida Markaziy Osiyodagi eng katta kutubxona va arxiv, qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, qo‘lyozmalar fondlarining shakllantirilishi islomshunoslik va qiyosiy matnshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ko‘p ayishida muhim omil bo‘ldi. Dinshunoslik sohasini takomillashtirishga qaratilgan ushbu choratadbirlarning amalga oshirilishi dinshunoslik sohasida ilmiy tadqiqotlarning ko‘p ayishiga sabab bo‘ldi.

  • Zamonaviy dinshunoslikning qaror topishida bir qator ijtimoiygumanitar olimlarning fanlararo tadqiqotlari va dinshunoslikning quyidagi yangi tarmoqlari muhim rol o‘ynadi: din tarixi va matnshunosligi, din psixologiyasi, din sotsiologiyasi, din antropologiyasi, din fenomenologiyasi, din falsafasi. Dinning ayrim tarkibiy jihatlarini amaliy lingvistika, narratologiya, kognitivistika, germenevtika, paleografiya, epigrafika kabi ba’zi gumanitar fanlar ham o‘rganmoqda.


  • Yüklə 100,82 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin