Dinshunoslik fanining obekti va predmeti – din va diniy e’tiqod, insonni Xudoga va boshqa ilohiy qudratlarga ishonishidir. Din – inson hayotining noyob hodisasi, u turmushning ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalariga singib ketadi.
Dinshunoslik fanining maqsadi: dunyo dinlari bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berish, din, uning ma’naviy hayotimizdagi o‘rni haqida xolis, to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirish hamda yuksak ma’naviyatli kadrlarni tarbiyalashdir.
Dinshunoslik fanining vazifalari: Sahsda pedagogik, ilmiytadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-boshqaruv qobiliyatlarini rivojlantirish; yoshlarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi madaniy immunitetni shakllantirish; ajdodlar merosini o‘rganish, yosh avlodni vatanparvarlik, diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashdan iborat.
Din va diniy ta’limotlar, ularning mazmun-mohiyati haqida ham diniy talqinda, ham dunyoviy talqinda bilim berish; dinning ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari borasida falsafiy fikr yuritish; din va diniy ta’limotlarni o’uganishda ilmiylik, tarixiylik, ob’ektivlik prinsiplariga asoslangan xolda fikr yurita olish malakasi va ko’nikmalarini xosil qilish.
Xalqimiz madaniyatining ajralmas qismi bo’lmish islom dinining jamiyat hayotida tutgan o’rni, ma’naviyat, san’at va adabiyotimizning rivojiga qo’shgan hissasi, davlatimiz ravnaqiga ijobiy ta’siri, dinimizning markazida yaxshilikka, ezgulikka da’vat turishi, diniy qadriyatlar va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi, axloqiy masalalarga bo’lgan e’tibor kishilarni ezgulik va komillik sari etaklashini o’rganish.
Dniy qarashlar taraqqiyotga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e’tiqodni shakllantirish.
Dinshunoslik haqidagi ma’lumotlarni moddiy va ma’naviy manbalardan olinadi: diniy-madaniy yodgorliklar (masalan, ibodatxonalar), muqaddas matnlar, diniy ta’limot va ko‘rsatmalar, an’analar, individual-psixologik va ijtimoiy guruhlarga oid diniy tafakkur, axloq, tajriba, diniy tashkilotlar va muassasalar. Ta’limyo‘nalishi bo‘lmish dinshunoslik dinni o‘qitish metodologiyasini o‘rganadi.
Ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug‘, qabila va milliy dinlargachyaa, ularda jahon dinlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishining ijtimoiy gnoseologik (nazariy bilish) va psixologik ildizlari mavjuddir. Ana shularni har tomonlama tarixiy dalillar asosida ilmiy tahlil qilish mazkur fanning yana bir vazifalaridandir.
“Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
Dinshunoslikda tarixiy, falsafiy, mifologik, psixologik, sotsiologik, antropologik va boshqa bir qancha maktablar shakllangan. O‘zbekiston milliy dinshunoslik maktabining shakllanishi uch asosiy bosqichni o‘tdi va 2017-yilning boshidan shiddat bilan rivojlanayotgan to‘rtinchi bosqich davom etmoqda. 2000-yillarda O‘zbekistonda Dinshunoslik, Islom manbashunosligi, Islom huquqi ilmiy maktablari shakllangan.
Mamlakatimiz rahbariyati va jamiyatimiz tomonidan dinni chuqur o‘rganish va o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu vazifani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan tashkil etilgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy- tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi, “Mir Arab” oliy madrasasi va boshqa dunyoviy va diniy muassasalar bajarmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning din ishlari sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlashga mas’ul vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish; diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xattiharakatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.