Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash



Yüklə 20,72 Kb.
tarix16.12.2022
ölçüsü20,72 Kb.
#121172
Karamatova m


Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash
Karamatova Marjona Umitd qizi
2-bosqich talabasi
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Tel:+998881520320
@e-mail:marjonakaramatova@gmail.com
Tarbiya biz uchun yo hayot, yo momot, yo najot,
yo halokat, yo soadat, yo falokat masalasidir!
Abdulla Avloniy
Anotatsiya: Maqolada bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilariga maktablarda sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash metodlari bo’yicha tavsiyalar bayon qilinadi.
Kalit so’zlar: tarbiya, maktab,ota-ona,farzand,oila,jamiyat,o’qituvchi, texnologiya,metodlar,sinf.

KIRISH
Bugungi kunda ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchi shaxsning komil shaxs va yetuk ishbilarmon kadr bo’lib shakilanishida jamoaning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.
Jamoa so’zi lotincha”kollektivus” so’zining tajribasi bo’lib yig’ilma ,omma,birgalikdagi majlis, birlashma,guruh degan manolarini anglatadi. Aniqroq aytadigan bo’lsak jamoa bu-kishilardan iborat guruh demakdir.
XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o’zining”Tadbiri manzil” nomli ilmiy asarining maxzsus”Amuzish va parvarish madrasa farzand”bolalarni maktabda o’qitish va tarbiyalash bo’limida o’quvchilarga jamoali o’qitish va tarbiyalash bo’limida o’quvchilarga jamoali o’qitish tizimining mohiyati haqida bilimlar berilgan. XV asrda jamoali o’qitishni tashkil etishning g’oyasini Muhammad Farg’oniy Ulug’bek davom ettiradi. Mutafakir o’zining madrasalarida individual mashg’ulotlar tizimini bekor qiladi va jamoa sinf-dars tizimiga yaqin bo’lgan shakilni joriy qiladi.XV-XVI asrlar davomida,Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatiladi.Ushbu o’zgarishlar bolalarga ta’lim berishning ommaviy shakli yuzaga kelishiga zamin yaratdi.Darsning bu qismi K.D.Ushiniskiyning fikricha darsga go’yoki “eshik” hisoblanadi. Jamoani shakllantirish yuzasidan ilmiy asarlarini ishlab chiqishga A.Desterverg o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga taluqli o’qitish tamoyillari va qoidalar tizimini ishlab chiqdi,o’quvchilarning yosh imkoniyatlarini hisobga olishning zarurligini asoslab beradi. Abu Nasr Farobiyning uqtirishicha, inson boshqalar bilan munosabatda bo’lish ularning yordamida va qo’llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega.Ana shu ehtiyojni qondirish yo’lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetkazadi,deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o’zaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrixohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o’rnini belgilab beradi. Pedagog sifatida o’quvchilarimiz orasida jamoani shakllantirmoqchi ekanmiz,albatta jamoaning o’ziga yarasha xususiystlarini ham o’rganishimiz joiz. Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi sifatida jamoani shakllantirishning o’ziga xos bosqichlari mavjud.Jamoaning shakllanish bosqichida dastlab o’qituvchi butun guruhga talab qo’yadi hamda mazkur jaroyonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi.Albatta talab bugungi kundan kelib chiqqanligi, zamonaviy ruhda bunyod bo’lganin, qadiryatga amal qilgani, o’gitlar zamirida shakllangani, shaxsni rivojlantirishga tom ma’noda ijobiy ta’sir ko’rsatishi talabning mohiyatini ochib beradi, desak mubolag’a bo’lmaydi.Jarayon mohiyatini quydagicha bayon etish mumkin. Tarbiyachilik texnikasi sinf raxbarning asosiy qurolidir.Chunki tarbiyachilik talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilishi, keng fikir doirasi, ishga jondildan ko’ngil qo’yish bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aqil va odobliylilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo’shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlashini tabiiydir. Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir o’quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib boorish bilan ishga ijodiy yonashish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o’zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo’lgan g’oyaviy-axloqiy g’oyaga mos bo’lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko’pligiga asosiy sabab o’quvchilarning oldiga qo’yilayotgan talablar tarbiyachi harakterda hamisha ham namoyon bo’lavermasligidadir. Sinf rahbarining maxsus kasbiy va ishtimoiy vazifalariga odilona baho beruvchi xosil hakam - tarbiyalanuvchilar. Avvalo ,sinf rahbarining amaliy faoliyati faqat yarimi tarbiya texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarimi bu san’at.Shu tufayli sinf rahbariga qo’yiladigan dastlabki talab –unda pedagogik qobiliyat mavjud bo’lishi kerak. Sinf rahbarining qobiliyati bu-o’quvchilar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo’lgan munosabatdan mamnun bo’lish bilan ifoda bo’ladigan shaxsning sifatlari.Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat uddaburonlikdan faeq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o’qish natijasida hisoblansa. Qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste’dod, layoqati va zehn, ya’ni inson asab tizimida anatomo-fizologik xususiyat bo’lishi ham zarur.Tarbiyaviy faoliyatning samarli bo’lishi uchun sinf rahbarida qobiliyatning quydagi turlari mavjud bo’lmog’I va tarbiyalab yetishtirilmog’i lozim tashkiliy – sinf rahbarining o’quvchilarni jipislashtirish, ularni band qilish, vazifalar bo’lib berish, ishni rejalashtirish, qilingan ishlarni jamlash mahoratiga namoyon bo’ladi; -didaktiga oid –o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda ma’naviy, xissiy istaklarni rag’batlantirish mahoratida namoyon bo’ladi; -pertseptiv-tarbiyalanuvchilarning ma’naviy dunyosiga singib, ularning emotsional holatini baholash, ruhiy xususiyatlarini aniqlash mahoratida namoyon bo’ladi; -suggestiv- o’quvchilarga emotsionsl ta’sir ko’rsatishda namoyon bo’ladi; -kelajakni ko’rabilish –o’z harakatlarining oqibatini ko’ra bilishda, o’quvchilarda qanday fazilatlarni ro’yobga chiqarish lozimligini oldindan ayta olish mahoratida namoyon bo’ladi; -tadqiqiy- pedagogik vaziyatlar va jarayonlarni o’rganish va obxektiv baholash mahoratida namoyon bo’ladi. Sinf rahbarning faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko’rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtida u kommunikativ kattalar bilan ham, kichiklar bilan ham tez aloqa o’rnata olish qobiliyatga ega bo’lishi,ro’y berayotgan fakt va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog’lab baholashgina emas, balki ro’y berish sababiga qarab hokum ham chiqarishi pedagogik optimizimga, ijod qilish qobiliyatiga ega muhim fazilati- odamlar bilan tezda til topa olishi, ko’pchilikka qo’shila bilish ,ulfatjonlik, dilkashlik bo’lib, bu undagi muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi.Chunki unga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga to’g’ri keladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, jamoani shakllanishida boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining o’rni katta.Zero, pedagog jamoani shakllantirishni ijobiy yo’naltirilsa jamoa o’z samarasini beradi, samarali tashkillashtirmasa, jamoaning rivojlanishdan ko’ra tanazzuli muqarrar bo’lib qolish ehtimoli yuzaga keladi. Albatta, pedagog o’z jamoasining shakillantirar ekan yetarlicha bilim va maliyotga ega bo’lish darkor. Pedagogika , psixalogiya bobokalonlarimizning fikirlari, yuqori malakali kadirlatdan maslahatlar jamoa prinsiplari yaratilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. hhtps:\\uz.m.wikipedia.org\wiki\jamoa

  2. Pedagogika nazaryasi va tarixi. (1qisim) MX.To’xtaxodjayeva . Toshkent-2010

  3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T:2014-yil

  4. Ziyomuxammedov. B, Abdullayeva Sh “Pedagogika “. T:2000-yil

Yüklə 20,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin