Sinusoidal e. Y. U. K. Ni hosil qilish. Sinusoidal o’zgaruvchan -fayllar.org
Sinusoidal o’zgaruvchan funkstiyani xarakterlovchi kattaliklar Sinusoidal qonun bo’yicha o’zgaruvchi funkstiyaning amplitudasi, davri (yoki chastotasi) va fazasi mazkur funkstiyani xarakterlovchi kattaliklar hisoblanadi. Sinusoidal o’zgaruvchan funkstiyaning amplituda qiymati deb, uning musbat va manfiy yarim davrlarda erishgan eng katta qiymatlariga aytiladi. EYuK, kuchlanish va tokning amplituda qiymatlari (3.3), (3.4), (3.5) ifodalarda tegishlicha bilan belgilangan. 3.4-rasmdagi grafikda EYuK ning amplituda qiymati bilan belgilangan.
3.2-rasm, a dagi generatorning o’ramida indukstiyalangan EYuK ning to’liq bir marta o’zgarishi uchun ketgan vaqt T uning davri deyiladi. Davrga teskari bo’lgan kattalik tokning chastotasi deyiladi. Chastota gerstda o’lchanadi
Elektrotexnikada o’zgaruvchan tokning standart chastotasi sifatida Hamdo’stlik va Evropa mamlakatlarida 50 Gst, AQSh va hamda Osiyo va Afrikadagi ayrim mamlakatlarda 60 Gst qabul qilingan. Elektrotexnik qurilmalar uchun asosiy chastota sifatida 50 60 Gst ishlatilishi quyidagilarga bog’liq. Chastotaning 5060 Gst dan kichik qiymatlarida elektr mashinalar va transformatorlarning tannarxi ortadi. Shuningdek, elektr lampochkalar yorug’ligining lipillashi ko’zga sezilarli bo’lib qoladi. Chastotani 50 Gst dan birmuncha orttirish elektr mashinalarda energiya isrofining ortishiga sabab bo’lib, hosil bo’ladigan o’zindukstiya EYuK va elektr sig’imi hodisalari o’zgaruvchan tok qurilmalarining ishiga salbiy ta’sir qiladi.
50 Gst chastotali o’zgaruvchan tokni hosil qilish (yoki sinusoidal o’zgaruvchan EYuK hosil qilish) uchun 3.2-rasm, a dagi ikki qutbli o’zgaruvchan tok generatorining rotorini
(3.6)
tezlik bilan aylantirish kerak.
Bu erda: 60-sekunddan minutga o’tish koeffistienti; r-rotor magnit maydonining juft qutblari soni.
Rotor bug’ turbinalari yordamida katta tezlik bilan aylanadigan turbogeneratorlarning magnit qutblari bir juftli bo’ladi. Rotorining aylanish tezligi nisbatan kichik bo’lgan gidravlik turbinalarda esa ko’p qutbli generatorlardan foydalaniladi.
Sinusoidal o’zgaruvchan funkstiyani xarakterlovchi kattaliklardan yana biri uning fazasidir.
Faza – biron t=0 vaqtda stator chulg’amlari o’ramla-rining rotorning magnit kuch chiziqlariga nisbatan holati-dir. Shuning uchun ana shu t=0 paytda chulg’amlarda indukstiya-langan EYuK ning qiymatini bilish ahamiyatga ega. U holda 2.2-rasm, b dagi rotorning holatiga mos o’ramda indukstiyalangan EYuK
(3.7)
formula bilan ifodalanadi. Unga mos grafik esa 3.5-rasmda ko’rsatilgan.
burchak faza burchagi yoki faza deyiladi. boshlang’ich faza hisoblanadi. Umuman, faza vaqt o’tishi bilan sinusoidal o’zgaruvchan funkstiyaning qiymatini xarakterlaydi.
3.7-ifodadagi sinusoidal o’zgaruvchan funkstiyaning burchak sinusoidal o’zgaruvchan funkstiyaning bir sekundda necha radian o’zgarishini ko’rsatadi. Masalan, bo’lganda
rad/s (3.8)
Grafikda boshlang’ich faza burchagi ning qiymati sinusoidalning koordinata boshidagi holati bilan aniqlanadi. Sinusoidal o’zgaruvchan funkstiyaning nol qiymatlardan musbat qiymatlarga o’tish nuqtasi davrning boshlanish lahzasi hisoblanadi. Musbat boshlang’ich faza koordinata boshidan chap tomonga, manfiysi o’ng tomonga qo’yiladi. Masalan, turli boshlang’ich fazaga ega bo’lgan ikkita sinusoidal o’zgaruvchan funkstiya va
3.6-rasmda ko’rsatilgan ikki sinusoidal o’zgaruvchan kattalik e1 va e2ning boshlang’ich fazalari orasidagi burchak ga faza siljish burchagi deyiladi. Amalda tok bilan kuchlanish orasidagi faza siljish burchagi ko’proq ishlatiladi.