Mahsulot hajmiga mehnat omillari tasirining tahlili
Mahsulot hajmiga tasir etuvchi mehnat omillarini tahlili Mahsulot sotish tahlili har oy, chorak, yarim yil va yil uchun o‘tkaziladi.
Bu jarayonda uning haqiqatdagi ma’lumotlari rejaviy, oldingi davrlar bilan taqqoslanadi, rejaning bajarilish foizi, rejadan mutlaq og‘ish, tahlil davridagi o‘sish sur’ati va ko‘payish, ko‘payishning bir foizi uchun mutlaq qiymat hisoblanadi.
Baholash jarayonida farq kuzatilgan assortiment pozitsiyalarini
ajratish zarur:
– haqiqatda ishlab chiqarish hajmining reja bilan farqi, shu sababli
mahsulot sotish hajmi bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilmagan;
– haqiqatda ishlab chiqarish hajmining rejalangan sotish hajmi
bilan farqi, shu sababga ko‘ra korxonada sotilmagan mahsulotlarning
me’yoridan ortiqcha zaxiralari to‘planib qolgan.
Analitik ishlarni amalga oshirish jarayonida ushbu vaziyatlarning tashkilot uchun oqibatlari baholanadi. Birinchi holatda
– bu shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarima sanksiyalari, ikkinchisida –mavjud me’yoridan ortiqcha zaxiralar bilan bog‘liq xarajatlarning yuzaga kelishi: ombor xarajatlari, mulk solig‘i oshishi, aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi sekinlashuvi, kapitalning zaxiralarda qotib qolishi va boshqalar.
Bizning misolimizda mahsulot sotish rejasi 19926 ming so‘mga yoki 7,6% ziyod bajarilgan (19926 *100 : 260454). Ulardan 9186 ming so‘m yil boshi uchun tayyor mahsulot qoldiqlari ortishi ulushiga to‘g‘ri keladi. Tovar mahsulotlarni rejadan tashqari ishlab chiqarish 12444 ming so‘mni tashkil qiladi va sotish ham xuddi shu miqdorga ortgan. Biroq tayyor mahsulot qoldiqlarining rejadan tashqari o‘sishi yil oxirida sotish hajmining 1704 ming so‘mga kamayishiga olib keldi. Yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini hisobga olgan holda sotish ko‘rsatkichlarini amaliyotda qo‘llash juda muhim ahamiyatga ega, chunki korxona rahbariyatining ishlab chiqarilayotgan mahsulotning natural-moddiy tarkibi va uning xaridorlar bilan shartnomalarda nazarda tutilgan talablarga mutanosibligiga e’tiborini kuchaytiradi. Pul muomalasini tartibga solish uchun mahsulot sotishdan tushumlar miqdorini ham bilish lozim. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha reja bajarilishini baholashga o‘tishdan avval umumiy miqdor va mahsulotlar assortimenti bo‘yicha sotish rejasining yil boshi va oxiri uchun sotilmay qolgan tayyor mahsulot qoldiqlari hamda tovar mahsulotlar ishlab chiqarish rejasi bilan muvofiqligini, shuningdek, rejaviy sotish hajmining xaridorlar bilan shartnomalar orqali ta’minlanganligini tekshirish zarur. Amaliyotda shartonmalarning umumiy summasi sotish rejasidan kam bo‘lgan, ya’ni rejalashtirilayotgan sotish ta’minlanmagan holat uchrab turadi. Mahsulotlarning rejalashtirilgan natural-moddiy tarkibi bilan shartnomalar va ularga ilova qilingan spetsifikatsiyalarda qayd qilingan xaridorlar buyurtmalari o‘rtasida tafovut undan ham ko‘proq kuzatiladi. Bundan tashqari, yil boshi va oxiri uchun sotilmay qolgan tayyor mahsulot qoldiqlari sotshini rejalashtirishda taxminan hisoblanadi, chunki yil boshi uchun ushbu qoldiqlar haqida hisobot ma’lumotlari mavjud bo‘lmaydi (kelgusi yil rejasi hisobot yili yakunlangunga qadar ishlab chiqiladi). Shu sababli mahsulotlarning rejaviy balansi real bo‘lmasligi mumkin. Yil boshi uchun balans bo‘yicha sotilmay qolgan tayyor mahsulot qoldiqlarini aniqlash uchun ularning sotish hajmining rejaviy hisoblashlari uchun qabul qilingan miqdori bilan taqqoslanadi. Tekshirish natijalari bo‘yicha zaruratga ko‘ra sotishning rejalashtirilgan umumiy hajmiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Mahsulotning natural-moddiy tarkibi bo‘yicha xaridorlar bilan shartnomalarga sotish rejasi mutanosibligiga oid yanada batafsil tahlil rejalashtirilgan ishlab chiqarish assortimenti va yil boshi va oxiri uchun sotilmay qolgan tayyor mahsulot qoldiqlari haqida ma’lumotlar jalb qilinishini taqozo etadi. Sotish rejasi asoslanganligi va realligi tekshirilgandan so‘ng uning bajarilishini baholashga o‘tish talab qilinadi. Tovarlarga xo‘jalik yurituvchi subyekti tomonidan sotish maqsadida ishlab chiqarilgan tovarlar hamda qayta sotish uchun xarid qilingan tovarlar, masalan chakana savdo bilan shug‘ullanadigan sotuvchi tomonidan xarid qilingan tovarlar yoki qayta sotish maqsadida saqlanayotgan yer va boshqa mulklar kiradi.
Xizmat ko‘rsatish odatda xo‘jalik yurituvchi subyektni shartnomada belgilab qo‘yilgan topshiriqni kelishilgan davr davomida bajarishini o‘z ichiga oladi. Xizmatlar bir yoki bir necha davrlar davomida ko‘rsatilgan hollarda ular tegishli davrlar bo‘yicha hisobga olinadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning aktivlaridan boshqa tomonlar foydalanishi natijasida quyidagi ko‘rinishdagi daromadlar yuzaga keladi:
(a) foizlar – xo‘jalik yurituvchi subyektiga tegishli bo‘lgan pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlaridan yoki xo‘jalik yurituvchi subyektiga to‘lanishi kerak bo‘lgan summalardan foydalanilgani uchun olinadigan haq;
(b) royalti – xo‘jalik yurituvchi subyektiga tegishli bo‘lgan uzoq muddatli aktivlar, masalan patentlar, savdo belgilari, avtorlik huquqlari va dasturiy ta’minotlardan foydalanilgani uchun olinadigan haq;
(v) dividendlar – ulushli investitsiyalarning egalariga ularning ayrim turdagi kapitaldagi ulushiga mutanosib ravishda foydaning taqsimlanishi.
Daromadlar xo‘jalik yurituvchi subyektining faqat o‘zi uchun olingan yoki olinadigan iqtisodiy nafning yalpi tushumini qamrab oladi. Uchinchi tomon nomidan undirib olingan summalar, masalan sotishga soliqlar, tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, xo‘jalik yurituvchi subyektga kelib tushadigan iqtisodiy naf bo‘lib xizmat qilmaydi va kapitalning ko‘payishiga olib kelmaydi. Shu bois, ular daromaddan chiqarib tashlanadi. Shunga o‘xshash, vositachilik munosabatlarida, iqtisodiy nafning yalpi tushumi buyurtmachi nomidan undiriladigan summalarni qamrab oladi, lekin xo‘jalik yurituvchi subyektining kapitali oshishiga olib kelmaydi. Buyurtmachi nomidan undirilgan summalar daromad bo‘lib hisoblanmaydi. Aksincha, daromad bo‘lib vositachilik haqi hisoblanadi.
Milliy hisobchilikda asosiy faoliyatdan olingan daromadlarning muhim qatori sifatida sotishdan sof tushum tarkiblanadi.
Sotishdan sof tushum jami tushumdan sotishga soliqlar (egri soliqlarni) chegirish asosida topiladi.
Sotishdan yalpi foyda sotishdan sof tushumdan sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larning tannarxini chegirish orqali topiladi.
Operatsiya natijasida hosil bo‘ladigan daromad summasi odatda xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan xaridor yoki aktivdan foydalanuvchilar o‘rtasidagi kelishuvlar asosida aniqlanadi. U olingan yoki olinadigan tovonning haqqoniy qiymati bo‘yicha baholanadi, bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ruxsat etilgan har qanday savdo chegirmalari yoki ulgurji savdo chegirmalari hisobga olinadi.
Tovarlarni (mahsulotlarni) sotilgan qatorga kiritish va tushumlarni daromad sifatida tan olishni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida quyidagi normalari belgilanadi:
(a) tovarlarga egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ahamiyatli risklar va mukofotlar xaridorga o‘tkazilganda;
(b) xo‘jalik yurituvchi subyekt sotilgan tovarlarni endilikda egalik huquqiga xos bo‘lgan darajada boshqara olmaganida va ularni samarali darajada nazorat qila olmaganida;
(v) daromadning summasini ishonchli darajada baholash mumkin bo‘lganda;
(g) operatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy nafning olinishi ehtimoli mavjud bo‘lganida;
(d) operatsiya bo‘yicha amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan xarajatlar ishonchli darajada baholana olganda.
Mulkka egalik qilish huquqi bilan bog‘liq ahamiyatli risklar va mukofotlar xo‘jalik yurituvchi subyekti tomonidan xaridorga o‘tkazilishi paytini aniqlash uchun operatsiyaning jihatlarini o‘rganish talab etiladi. Aksariyat hollarda, egalik huquqi bilan bog‘liq risklar va mukofotlarning o‘tkazilishi xaridorga yuridik egalik qilish huquqi yoki tasarruf qilish huquqining o‘tishi paytiga to‘g‘ri keladi. Mahsulot ishlab chiqarish uzviyligi, davomiyligi ta’minlanadi qachonki ularni sotish to‘liq ta’minlansa yoki to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa. Ishlab chiqarish murakkab jarayon-lekin sotish undanda murakkab jarayon. Shu sababli tahlilda, mahsulot, ish va xizmatlarni sotish hajmini o‘rganishga alohida ahamiyat qaratiladi.
Ishlab chiqarilgan va tayyor mahsulotlar qatoriga kiritilgan aktivlarni sotish xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni asosiy manbasi hisoblanadi.
Mahsulot, ish va xizmatlarni sotilganlar qatoriga kiritishning quyidagi shartlariga amal etiladi:
- korxona tovarlarga egalik qilishning xatarlari va afzalliklarining ancha qismini xaridorga topshirgan bo‘lishi;
- daromad miqdori ishonchli darajada baholangan bo‘lishi;
- iqtisodiy naf kelajakda olinishi;
- bitim bilan bog‘liq, qabul qilingan yoki kutilayotgan xarajatlar, ishonchli va aniq o‘lchangan bo‘lishi lozim1.
Yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mahsulotlarni sotish faqat naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish joylarida tashkil qilingan yoki turg‘un savdo shaxobchalarida, o‘zining savdo do‘konlari orqali mahsulotlarni chakana sotish faqat nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Korxonalar aniq talablarga rioya qilgan holda tovar va mahsulotlarni topshirishi (yuklab jo‘natishi), hamda ishni bajarish va xizmat ko‘rsatishni amalga oshirishlari mumkin. Korxonalar tomonidan mahsulot va tovarlarni yuklab jo‘natish, shuningdek‚ ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish faqat xaridor va buyurtmachilardan 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘nak to‘lovlari mavjudligidagina amalga oshirilishi mumkin2.
Mahsulot, ish xizmatlarni sotishni tahlil etish orqali nafaqat muammolarni aniqlash balki ularni hal qilish imkoni ham tug‘iladi. Sotishni tahlili oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
- rahbariyatning samarali boshqaruvi (taktik va strategik) qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlash;
- savdoda daromad keltiruvchi tovarlar (ularning turi va tarkibini kengaytirish), yo‘qotishlarga olib kelayotgan tovarlarni (ularni ishlab chiqarishni qisqartirish va to‘xtatish) aniqlash;
- korxona (marketing, sotish) bo‘limlari faoliyat samaradorligini baholash;
- bozorni segmentlarga mos ravishda ajratish;
- oqilona marketing siyosatini yuritish.
Agar tahlil obyekti bo‘yicha bitta hal qilinmagan muammo mavjud bo‘lsa siz albatta savdoni tahlil qilishingiz lozim.
Tahlil etishda sotilgan mahsulot hajmining umumiy o‘zgarishlariga, dinamikasiga, sotilgan mahsulotlar tarkibiga, sotish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga, eksport hajmiga muhim ahamiyat beriladi.
Xulosa Korxonaning mehnat resurslariga aholining tegishli sohada zarur jismoniy ma'lumotlar, bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan qismi kiradi. Mehnatni tahlil qilishdan maqsad zaxira va foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash, ularni harakatga keltirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Ishlab chiqarish hajmini oshirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mehnat unumdorligi darajasi, korxonaning mehnat resurslari bilan ta'minlanishi va ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Xususan, barcha ishlarning hajmi va o'z vaqtida bajarilishi, asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlardan foydalanish samaradorligi va natijada ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, foyda va boshqa bir qator iqtisodiy ko'rsatkichlar ishlab chiqarish xavfsizligiga bog'liq. mehnat resurslari bilan korxona va ulardan foydalanish samaradorligi. Mehnat unumdorligini o'lchashning eng samarali usuli - bu mehnat intensivligi. Mehnat intensivligi - ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga yoki butun hajmiga ish vaqtining qiymati. Mahsulotlarning mehnat intensivligini kamaytirish mehnat unumdorligini oshirishning eng muhim omilidir. Mehnat unumdorligining o'sishi, birinchi navbatda, mahsulotlarning mehnat intensivligining pasayishi hisobiga sodir bo'ladi. Mehnat unumdorligini tahlil qilish uchun yalpi mahsulot hajmi hisoblab chiqiladi, uni ishlab chiqarish uchun ish vaqtiga sarflangan xarajatlar va xodimlarning o'rtacha yillik soni aniqlanadi. Mehnat unumdorligini o'rganish odatda ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasi baholanadi. Bunday baholash natijasida mehnat unumdorligini oshirish rejasining bajarilishini tavsiflovchi ma'lumotlar olinadi. Uning dinamikasini aniqlash va mehnat unumdorligi darajasining ishlab chiqarish hajmiga ta'sirini o'rnatish, uning tannarxini pasaytirish, rentabellikni oshirish va boshqa ko'rsatkichlar. Mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasini baholash tahlilning ikkinchi bosqichi uchun dastlabki ma'lumot sifatida qaraladi, uning vazifasi ishlab chiqarish sharoitlarini va belgilangan o'zgarishlarni belgilovchi omillarni o'rganishdir.