Sodda gaplarda kengayish



Yüklə 20,56 Kb.
səhifə2/7
tarix30.11.2022
ölçüsü20,56 Kb.
#120227
1   2   3   4   5   6   7
Sodda gaplarda kengayish-1

Ishning tadqiq obyekti. Sodda gaplarning kengayish jarayonini òrganish ishning tadqiq obyekti hisoblanadi.
Ishning metodologik asosi va tadqiq usullari. Davlatimizning ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish haqidagi hujjatlari, Prezidentimizning ma’ruzalari va asarlarida bayon qilingan ilmiy-falsafiy fikrlar, falsafaning til va tafakkur, til va jamiyat kategoriyalari hamda o'zbek tilshunosligida til birligining lisoniy va nutqiy xususiyatlarini flarqlaydigan umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik, sabab-oqibat, shakl-mazmun dialektikasi ishning metodologik asosini tashkil qiladi. Muloqotda voqelashgan sodda gap kengayishiga oid birliklar pragmalingvistik jihatdan tahlil qilindi va bunda kuzatish, tavsiflash, qiyoslash usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati shundaki, undagi ilmiy xulosalar ham adabiyotshunoslik, ham tilshunoslikning tegishli muammolarini ma’um ma’noda oydinlashtirishga ko`maklashadi. Tadqiqot materiallaridan filologiya sohasida o`qiyotgan talabalar kurs “Sodda gaplarda kengayish” mavzusida tayyorlanishda qo`llanma sifatida foydalanishlari mumkin

Ishning tuzilishi va tarkibi. Kurs ishi ishning umumiy tavsifi, ikki bob, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 15 sahifani tashkil qiladi.


1-bob Sodda gap turlari
Sodda gap bu birgina predikativ birlikdan iborat bòlgan gaplardir. Tilimizda ayniqsa, sòzlashuv uslubida gapning bu turidan keng foydalanamiz. Sodda gaplar bir sòzdan iborat bòlishi yoki bir nechtalab sòzlardan iborat bòlishi mumkin. Shunga kòra sodda gapni yiģiq va yoyiq turlarga ajratamiz.
1.1 Sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar.
O'zbek tilidagi yig'iq gaplar formal yondashuvda asosan rus tili qoliplari asosida ajratilgan. Substansial yondashuvda esa bu masalada ham gapning eng kichik qurilish qolipiga tayaniladi.
Ma’lumki, o'zbek tilida ot, sifat, son yoki boshqa so'z turkumi bilan ifodalangan kesim predikativlikning shaxs-son ko'rsatkichini qabul qila oladi yoki predikativ so'zlar orqali ifodalaydi, shuning uchun ular egasiz gapda ham kesim vazifasini bajara oladi. Ammo rus tilida esa otlar predikativlik ko'rsatkichiga ega bo'la olmaydi, shuning uchun predikativ maqomdagi otlar ega bilan kelgandagina kesim vazifasini bajara oladi. Bu holatni quyidagi misollarda ko'rishimiz mumkin:
1 . Sog'-salomatmisiz? ~ Здоровыли-вы?
2. 0 ‘qituvchiman. — Я учительница.
O'zbek va rus tillarida kesim o'ziga xos grammatik xususiyatga ham ega. O'zbek tilida kesim sodda va tarkibli turga ega, turli kesimlik ko'rsatkichlari bilan shakllanadi. Kesim vazifasida kelgan so'zlarda, odatda, tasdiq-inkor, shaxs-son, modallik va zamon ko'rsatkichi bo'lishi lozini. O'zbek tilida ot-kesimdan iborat gap ham mavjud. Bu ot-kesimlarda birlik va ko'plik, shaxs qo'shimchalari shaxs ma’nolarini ifodalashi bilan birga, hozirgi zamon ma'nosini ham ko'rsatadi. Masalan,
Talabaman.
Darsdaman.
O'zbek tili sintaktik qurilishida ot-kesimlar ham, fe’l-kesimlardagi kabi egali yoki egasiz qo'llanishi mumkin. Rus tilida esa, tilshunoslar e’tiroficha, otlarga qo'shiladigan predikativ shaxs-son qo'shimchalari yo'qligi tufayli bu tilda otning o'zi mustaqil holda ma’lum bir morfologik ko'rsatkich yordami bilan kesimga aylana olmaydi. U faqat ega bilan kelib, kesim vazifasini bajarishi mumkin». Masalan. Tadbirkorman. — Я бизнесмен. Demak, o'zbek tilidagi gaplarning lisoniy sathdagi eng kichik qurilish qolipi asosan |WPm] shaklida bo'lsa, Hind-Yevropa tillarida gapning minimal qolipi asosan [E-WP] ko'rinishida. Bu esa bu tillar orasidagi asosiy tipologik va milliy farqlardan hisoblanadi.
O'zbek tiiida sodda yig'iq gap uch xil ko'rinishda namoyon bo'ladi: 1) egasi ifodalanmagan sodda yig'iq gap. Bu gapning qolipi [WPm] ko'rinishida berildi: Tavsiya etilsin.
2) egasi ifodalanishi lozim bo'lgan sodda yig'iq gap. Bu gap |E-WP| yoki [E-WP] qolipi hosilasi: Men - shoir. Ukam — talaba.
3) So'z-gapdan iborat yig'iq gap ([WP]): Xo'p. Rahmat. Balli kabi. [WPm] qolipli gaplar boshqa har qanday, [E-WP] qolipli gaplar ikkinchi darajali bo'laklar bilan kengaysa, yoyiq gap hisoblanadi. So'z-gap tipidagi yig'iq gap kengaymaydi.

Yüklə 20,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin