Qisqacha xulosalar: Amaliy (yempirik) sosiologik tadqiqotlar o’tkazish orqali talabalar, mutasaddi mutaxassislar hamda keng jamoatchilik ommasi sosiologik axborotlar tizimini yaratishda katta imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
Sosiologik tadqiqotlar jamiyatning turli sohalari faoliyatini mo’tadil rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida jamiyatning turli sohalarini bir-biriga muvofiqlashtirish lozim bo’ladi. Buni amalga oshirishda Sosiologiya fanining imkoniyatlaridan to’la foydalanish maqsadga muvofiqdir. empirik tadqiqotlar tajribasidan har xil sohadagi va kasbdagi xodimlar ham o’z ishlarida keng foydalanishlari mumkin.
Sosiologik tadqiqotlarda ilmiy izlanish muhim ahamiyat kasb etib, tadqiqotlarning nazariy yoki amaliy yo’nalishlarda bo’lishini ko’rsatuvchi mo’ljal vazifasini o’taydi.
Sosiologik tadqiqotlar dasturida ilmiy izlanishga sabab bo’lgan ijtimoiy ziddiyatli muammolar va ularni asosiy atama va tushunchalari atroflicha izohlab beriladi.Ayni vaqtda bazi ilmiy tushunchalarni empirik tarzda izohlash va tushunchalar dialektikasini real ko’rinishda kuzatish imkoniyatlari ilmiy so’zlar, faktlar va ijtimoiy ko’rsatkichlar tarzida batafsil bayon etiladi. Masalan, bilim olish samarodorligini taminlashning prolong (uzaytirish) usuli haqida fikr yuritiladigan bo’lsa, ana shu usul zarur fanlarni yoki zarur ko’nikma va hunarlarni o’zlashtirishning boshqa fanlar mazmuniga uyg’unlashtirish natijasida qay usulda o’zlashtirish mumkinligi aniq-oydin bayon etilishi lozim.
Intervyu respondent bilan bevosita muloqotni taqozo qiladi. Bu muloqotni qog’oz yoki magnit tasmasiga qayd etish mumkin. Intervyu (inglizcha-uchrashuv) usulidan Sosiologiya, psixologiya, jurnalistika, etnografiya, statistika, pedogogika kabi sohalarda foydalaniladi. Intervyu o’tkazilish tajribasiga ko’ra erkin standart va yarim standart ko’rinishiga ega bo’ladi. erkin standart ilgaridan tayyorlangan savollar asosida emas, balki suhbat mazmunidan kelib chiquvchi savollar asosida qurilib, dastur yo’nalishida bir necha soat davom etish va tadqiqot muammosini aniqlash, razvedka vazifasini bajarish maqsadida foydalanishi ko’zda tutadi.