Student: Hamidboyev Abdulahad Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tarix



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə10/10
tarix02.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#137284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Hamidboyev

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning bevosita tashabbusi va topshirig‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida atoqli ma’rifatparvar Is’hoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2017 yil 14 apreldagi “Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 211-sonli, 2017 yil 15 iyundagi “Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash sohasidagi ishlarni tashkil etishni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 376-sonli qarorlari madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etishda alohida ahamiyatga ega me’yoriy hujjatlar hisoblanadi. Demak, bugungi kunda O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini asrab-avaylash, saqlash hamda kelajak avlodga bus-butunligicha yetkazish davlatimiz taraqqiyotida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, xalqimizning kelajagi, eng avvalo, uning o‘ziga, ma’naviy qudratiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog‘liqdir. Moddiy farovonlikka tabiiy intilish millatning ma’naviy va aqliy o‘sish ehtiyojiga g‘ov bo‘lmasligi lozim. Ma’naviylik va ma’rifiylik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib keldi.

O‘zbekistonda diniy qadriyatlarning tiklanishi va bu boradagi mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar haqida to’xtaladigan bo’lsak mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda diniy qadriyatlar to‘la tiklana boshladi. Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi va ilmiy merosi tiklandi. Mustaqillik sharofati bois mo‘tabar qur’oni karim va hadislarni chop etish imkoniyati qo‘lga kiritildi. 2001-yilda Qur’oni karimning Abdulaziz Mansur tarjimasi, 2004-yilda esa ilmiy-tarixiy izohlari bilan Mutallib Usmon va boshqalar tarjimasi chop etildi. Hozirgi kunda Mo‘yi muborak madrasasida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanayotgan VII asrga oid «Usmoni Qur’on» mus’hafi va nodir qo‘lyozmalar saqlanmoqda. 1991 yilda haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo‘lgan bo‘lsa, 2001 yili xojilarning soni 3801 kishiga yetdi. Jami mustaqillik yillari xaj ibodatini ado etishga muvaffaq bo‘lganlarning soni 31.057 kishini tashkil qildi. 1991 yil Birinchi Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami, deb e’lon qilindi. Xalqimiz asrlar davomida nishonlab kelgan bayramlaridan biri — «Navruz» umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin