Student: Hamidboyev Abdulahad Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tarix



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə7/10
tarix02.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#137284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Hamidboyev

Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo‘lga kiritgach, o‘z taqdirining chinakam egasi, o‘z tarixining ijodkori, o‘ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Mustaqillikka erishilganidan so‘ng O‘zbekiston rahbariyati, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklakrini hisobga olib, azaliy bayramlarni tiklashga va yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga katta e’tibor bera boshladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov Farmonlari asosida “Navro‘z”, “Ro‘za hayiti”, “Qurbon hayit” lari rasman tiklanib, xalq o‘rtasida keng nishonlana boshladi. Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan bayramlar “Mustaqillik kuni” va “Konstitutsiya kuni” joriy etildi. O‘z navbatida, davlatimiz rahbariyati sovetlar davrida paydo bo‘lgan barcha bayramlarni taqiqlamadi. Ular orasida umuminsoniy g‘oya va qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi “Yangi yil bayrami”, “Xotin-qizlar bayrami” kabilar saqlab qolindi. Tarix xotirasi, xalqning jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining holis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.

Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Hoja Ahmad Yassaviy, Muhammad al-Horazmiy, al-Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum. Mamlakat ma’naviy hayotini yanada yaxshilashda 1994 yil 23 aprelda qabul qilingan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik Markazini tashkil etish to’g’risidagi Prezident Farmoni muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shu yili 8 iyunda esa Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Unda Markazning asosiy vazifasi va faoliyat yo’nalishi qilib o’zbek xalqining boy ma’naviy-madaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chiqarish, jamiyatdagi sog’lom kuchlar, yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo’naltirish, millatlararo dustlik, hamjihatlikning ahamiyatini oshirish, tinchlik va barqarorlikni saqlash, mintaqada yashayotgan millatlarning madaniy, ma’rifiy, ma’naviy taraqqiyot tomirlari mushtarakligini tarkib qilish va hakozolar qilib belgilandi.  


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin