Tabbiy ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat


Talabalar nazorat ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim



Yüklə 469 Kb.
səhifə3/9
tarix25.01.2023
ölçüsü469 Kb.
#122562
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ўзбекистоннинг энг янги тарихи услубий кўрсатма 2

Talabalar nazorat ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim:

  • oʻqish bosqichi;

  • muayyan fanning oʻziga xos xususiyati va oʻzlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;

  • talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);

  • fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;

  • talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi. Nazorat ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan semestrga koʻnikmalar hosil boʻlishiga muvofiq ravishda oʻzgarib, oshib borishi lozim.

Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini astasekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga oʻrgatib borish kerak boʻladi. Talabalar nazorat ishlarini tashkil etishda talabaning akademik oʻzlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:

  • fanning ayrim mavzularini oʻquv adabiyotlari yordamida mustaqil oʻzlashtirish, oʻquv manbalari bilan ishlash;

  • amaliy mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrib kelish;

  • ma’lum mavzu boʻyicha referat tayyorlash;

  • kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;

  • bitiruv malakaviy ishi uchun materiallar toʻplash;

  • hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;

  • amaliyotdagi mavjud muammoning echimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;

  • ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash;

  • amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash;

  • uy vazifalarini bajarish va boshqalar;

Nazorat ishlarini bajarilishi va jihozlash
Nazorat ishi bajarilishi jarayonida turli manbalardan axborotlar yigʻish va ularni jamlashda, yozma ravishda oʻzining fikrini bayon etishda, auditoriya oldida oʻzining ravon nutqi bilan chiqishda talabaning malakasi shakllanadi va oshadi.
Talaba kutubxonalarda faqat adabiyotlar bilan ishlashda cheklanmasdan, moliya organi, gʻaznachilik, budjet tashkilotlari, jurnal, roʻznoma va internet saytlari ma’lumotlaridan foydalanishini bilish lozim. Shuningdek, har bir talaba olingan zaruriy ma’lumot va axborotlarni toʻgʻri va aniq tahlil qilishi muhimdir. Nazorat ishlarning keng tarqalgan shakli taqdimotdir. Taqdimotni adabiyotlarni oʻrganib, tanlangan mavzuga chuqur yondashib, oʻz kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda tayyorlashlari kerak.

Yüklə 469 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin