Tabbiy ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat



Yüklə 469 Kb.
səhifə1/9
tarix25.01.2023
ölçüsü469 Kb.
#122562
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ўзбекистоннинг энг янги тарихи услубий кўрсатма 2


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI


TABBIY IJTIMOIY FANLAR VA JISMONIY MADANIYAT” KAFEDRASI


O`ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
Sirtqi boʻlim 3-bosqich
NAZORAT ISHLARINI
bajarish boʻyicha
USLUBIY KOʻRSATMA


Samarqand-2022



Tuzuvchi:
Xudayarov U.J.“Tabbiy ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri


Taqrizchilar:

Eshonqulov L “Tabbiy ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi assistenti

Abduvohidov S - “Tabbiy ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti

Nazorat ishlarini bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatma kafedra (2022 yil 26 avgustdagi 1-sonli) majlisida muhokama qilingan va tasdiqlash uchun filial oʻquv-uslubiy Kengashiga tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri Xudayarov U.
Nazorat ishlarini bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatma filial oʻquv-uslubiy Kengashining 2021 yil 27 avgustdagi 1-sonli yigʻilishida koʻrib chiqilgan va tasdiqlangan.

Fakultet dekani A.Taniyev

KIRISH


Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasi global darajada o’zgargan, mafkuraviy qarama-qarshiliklar, axborot hurujlaridan, yot g’oyalar ta’siridan yoshlarni himoyalash va ularda g’oyaviy immunitetni kuchaytirish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish zarur. O’zbekiston mustaqillikka erishgach O’zbek milliy davlatchiligining yangi tarix-davri boshlandi.
O’zbekistonning eng yangi tarix fani – mustaqillik yillarida jamiyat hayotida sodir bo’lgan voqyea-hodisalar, jarayonlarni (jamiyat rivojini) yaxlit bir tarzda o’rganadi. Ushbu fan ijtimoiy-gumanitar fanlar (falsafa, sosiologiya, iqtisod, psixologiya, san’atshunoslik va b.) tizimining tarkibiy qismi. Tarix fanining bu guruhdagi o’rni uning tadqiqot predmeti va usullari bilan belgilanadi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini o’rgansa, Mazkur fanining tadqiqot obyekti - aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining haqidagi faktlarni yig’ish, taxlil qilish, to’plangan bilimlarni ma’lum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. O’zbekistonning eng yangi tarixi fani o’tmishda sodir bo’lgan jarayon va hodisalar orasidagi o’zaro bog’liklik, ularning ildizi, tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantig’i va ma’nosini ko’rish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tarix tadqiqotlari natijalariga tayanadi. Fanlararo yondoshuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllantirib, o’tmishni va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini ko’ra bilishdek muhim vazifani xal qiladi.
Fanni o’rganish, bilish – bu kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlarining taraqqiyotning mavjud bosqichidan yangi bosqichiga o’tish jarayonini, insonlarning inqirozli, turg’unlik holatiga tushish sabablari va bu holatdan chiqish yo’lidagi tajribalarini, har bir zarrasi qimmatga tushgan o’tmish sabog’ini umumlashtirish, tushunib yetish, anglab olish demakdir. Unda tarixiy jarayonning qonuniyatlari va tendensiyalarini tushunib yetishga, hozirgi zamonni to’g’ri anglab olishga, kelajakni asosli ravishda ko’ra bilishga ko’maklashuvchi ilmdir. Tarix ko’p qirrali, keng qamrovli fan bo’lib, uni alohida mamlakatlar va xalqlar tarixi, mintaqalar tarixi, jahon tarixi kabilarga bo’lib o’rganish ham mumkin. Har qaysi mamlakat, har bir xalq o’zining uzoq va betakror tarixiga ega bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e’tirof etilgan ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko’ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizasiyalar tutashgan eng qaynoq chorrahalaridan biri sifatida butun insoniyat tarixining borishiga ma’lum darajada ta’sir etib bordi. Shu bilan birga ajdodlarimiz hayotiga boshqa xalqlar, sivilizasiyalarning ham ta’siri bo’ldi. Ming yillar davomida o’zbek xalqining fors, hind, yunon, arab, rus va boshqa xalqlar bilan ma’lum darajada aralaщuvi sodir bo’lgan, ularning madaniyati, fani, san’ati va umuman turmush tarzi bir-biridan bahra olgan, mushtaraklashgan.
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti xalqimizningmustaqillik yillarida bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy yo’lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o’rganishdan, tushuntirishdan iboratdir. O’zbekistonning eng yangi tarixi fani xalqimiz hayoti bilan bog’liq holda sodir bo’lgan voqyealar rivojining ichki mantiqini, sabablari va oqibatlarini, yillar davomida to’plangan amaliy tajriba va saboqlarni o’rgatadi.
Mazkur fan xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik jamiyatni shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integrasiyalashish jabhalaridagi faoliyatini o’rgatadi.
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo’yicha ilmiy bilimlarni yangilash va boyitishda mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy ta’lim nazariyalar hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini o’rganish, fan bo’yicha to’plangan ilg’or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining talab va takliflari asosida yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda ta’limni o’qitishning samarali usullaridan foydalanish kabi masalalarni hal etiladi.
.Fanning vazifasi - jamiyat va davlatchilik taraqqiyotidagi uyg’unlik farqlarini ajratish, tarix fanidagi yangi nazariyalarni tahlil etish, tarixning harakatlantiruvchi omillarini talabalarga ko’rsatib berish, tarix fanining asosiy yo’nalishlarini tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyotning rivojlanish omillarini tahlil qilishda tarix fanining o’rnini tushuntirishdan iborat.
Respublika hukumati va Prezidenti olib borayotgan ijtimoiy- iqtisodiy siyosatda mamlakat hayotining barcha jabhalarini rivojlantirishga, ayniksa kelajak avlodni milliy tiklanish mafkurasi ruhida tarbiyalashga juda katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta’lim olayotgan yoshlar Respublikamizning kelajagidir. Bu sharafli vazifani bajarish o’qituvchilar zimmasiga tushadi. Shu sababli yuksak malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratilayapti.
«Ta’lim to’g’risidagi» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunlari uzluksiz ta’lim tizimida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ularda ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish, ularda yuksak mexnat intizomini shakllantirish vazifasini qo’yadi.
Rivojlangan davlatlar safidan o’rin olishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan O’zbekistonimiz, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari kabi ta’lim sohasida ham ilg’or texnologiyalarni joriy etish va shu orqali ta’lim mazmunini jahon andozalari darajasiga olib chiqishga harakat qilmoqda.Bu vazifalarni bajarish ta’lim tizimida yangi texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, yuksak malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash demakdir

Yüklə 469 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin