- aralash tadbirkorlik – bitta yuridik shaxs va bir necha jismoniy shaxslar mulkini birlashtirish asosida tashkil qilinadi;
- qo’shimcha tadbirkorlik – ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslar mulkini birlashtirish yo’li bilan tashkil qilinadi;
- shartnomaviy tadbirkorlik – mulk egasi bo’lmagan korxona rahbari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda mulk egasi yoki uning ishonchli vakili tomonidan ishlab chiqarishni uyushtirish va boshqarish bo’yicha belgilangan huquq majburiyatlar va javobgarlik ishga olingan tomonga, ya’ni korxona rahbari yoki boshqa mas’ul lavozimidagi xodimga yuklanadi;
- korxona rahbari xuddi ishbilarmon fuqaroga mos tartibda ro’yxatga olinadi va u kabi mas’uliyatga ega bo’ladi.
Xususiy korxona. “Xususiy korxona to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi.