- ishbilarmonlik faoliyatidan kelgan daromadning soliqlar va boshqa qismini o’z xohishi bo’yicha ishlatish;
- ishbilarmonlik faoliyatidan kelgan daromadning soliqlar va boshqa qismini o’z xohishi bo’yicha ishlatish;
- cheklanmagan miqdorda har qanday daromad olish;
- davlat ta’minoti va ijtimoiy sug’urta tizimidan foydalanish;
- sudda, arbitrajda va hakamlik sudda da’vogar va javobgar bo’lish;
- xorijiy valyuta sotib olish va joriy qonunlar asosida tashqi iqtisodiy faoliyatini mustaqil amalga oshirish;
- davlatning iqtisodiyotga, shu jumladan tadbirkorlik taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatish davlat tomonidan shu sohaga taalluqli qonunlar yaratilishi bilan amalga oshiriladi.
Mikrofirmalar turkumiga, odatda, quyidagi yangi bunyod etilayotgan va amaldagi korxonalar kiradi:
ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni- 20 kishidan;
xizmat ko‘rsatish sohasi va ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan boshqa tarmoqlarda 10 kishidan;
ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqat-lanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar.
Quyida mamlakatimizda Biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga tegishli ayrim me’yoriy-hujjatlar haqidagi ma’lumotni keltirib o’tsak:
O'zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida” Qonuni;
O’zbekiston Respublikasining "Reklama to’g’risida” Qonuni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy mulk, va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida” Farmoni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik subyektlariga «Yagona darcha» tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori;
O’zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida Qonuni; Qonunchilik Palatasi tomonidan 2012 yil 16 martda qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yuridik va jismoniy shaxslarni ro’yxatdan o’tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlariga «Yagona darcha» Tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik subyektlarini elektr va gaz tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash tartibini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oilaviy korxona tomonidan foydalanishga yo’l qo’yilmaydigan moddalar, materiallar va asbob-uskunalar ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2016 yil 5-oktabrda qabul qilingan PF-4848 sonli Farmoni.