N.D.Kondratevning “uzun to‘lqinlar” va tarkibiy inqirozlar nazariyalari
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi bu vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlar ta’siri ostida takror ishlab chiqarish jarayonida uzilishlar paydo bo‘lishi va bu uzilish iqtisodiyotda nomutanosibliklarning keskin shaklda namoyon bo‘lishi hamda iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzulning namoyon bo‘lib turish jarayonidir.
Innovatsiyalar to‘g‘risidagi fanlarning asosini rus iqtisodchi olimi N.D.Kondratevning to‘lqinli nazariyasi tashkil qiladi. U jamiyat taraqqiyotida kon’yunkturali uzun to‘lqinlar mavjudligini aniqlagan va shu bilan birga iqtisodiyot taraqqiyotini notekis va siklli jarayon ekanligini aniqlagan. Kondratevning to‘lqinli nazariyasi bilan birga har qanday iqtisodiy tizim o‘z taraqqiyotida yuksalish va pasayish davrlarining o‘rin almashuvi bilan tavsiflanadi (Kondratev tomonidan aniqlangan to‘lqinlar sikli o‘rtacha 50 yil davom etadi, bu uzun to‘lqinlar deb nomlanadi, o‘rtadagi farq taxminan 10 yil bo‘lishi mumkin). Sikllar iqtisodiy o‘sishning yuksalish va pasayish fazalari o‘rin almashinuvidan iborat bo‘ladi.
Institutsionalizm maktabi
Iqtisodiy ta’limotlar tarixida vujudga kelgan' nazariyalami tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, ulaming barchasi iqtisodiyotga barqarorlik baxsh etish va uning o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan. Faqat iqtisodchilar bu pirovard maqsad uchun omil tanlashda, yondashuvda bir-birlaridan farqlanishadi. Ana shunday ta’limotlardan biri sotsial- institutsionalizmdir. Unga AQSH olimlari- A. Veblen, J. Kammons, U. Mitchell, J. Gelbrayt, R. Xeylbroner, A. Grachi, U. Rostou kabi iqtisodchi-sotsiologlar asos solishgan. Ularning umumiy fikri shuki, iqtisodiyotga yangi kuch, o‘sish sur’atlari baxsh etadigan omil institutlardir, ya’ni turli ijtimoiy-iqtisodiy muassasalardir. Ular bu institutlarga oilani, korporatsiyani, xayriya jamg‘armalarini, iste’molchilar jamiyatini, kasaba uyushmalarini, turli klublami, boshqaruvchilar guruhlarini kiritishadi. Go‘yo bu muassasalar faoliyatida jamiyatning turli toifalarining urf-odatlari, an’analari, axloqi, fe’l-atvori, dunyoqarashlari namoyon bo‘ladi; iqtisodiyot kategoriyalari, iqtisodiy munosabatlar ijtimoiy psixologiya ko‘rinishida tahlil qilinadi. Ular odamlarning iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi, mulkiy munosabatlarning o‘rni va roli ham inkor etiladi. Ushbu ta’limotning «institutsionalizm» deb atalishini XX asr boshlarida Amerika iqtisodchisi U. Gamilton taklif etgan. Institutsionalistlar sotsiologiyani siyosiy iqtisod bilan bog‘laydilar, iqtisodiy nazariyani sotsiologik kategoriyalar bilan bog‘laydilar. Ularning fikriga ko‘ra, an’analar, urf-odatlar ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishning birlamchi asoslaridir, real iqtisodiy munosabatlar esa ularga nisbatan ikkilamchidir, odamlarning tafakkuri, qarashlari, urf-odatlarining ko‘rinishidir.
Sotsial-institutsionalistlar o‘zlarining nazariy metodologik konsepsiyasi markaziga aynan transformatsiya g‘oyasini qo'yadi. Bunda ular obyektiv ravishda rivojlanib boradigan sanoat ishlab chiqarishiga asoslanadigan yirik korporatsiyalarga, ilmiy-texnika inqilobiga, tabiiy ravishda boshqaruv tizimining murakkablashib borishi iqtisodiy jarayonlami rejali tashkil etish zaruriyatiga asoslanadilar. Institutlar markaziga ular aynan yirik korporatsiyalarni qo‘yishadi, zero ular zamonaviy industrial tizimning tashkiliy tuzilmasini tashkil etadi, korporatsiyalar iqtisodiyotning boshqa tuzilmalari bilan bog‘lanib, daromadlar, baho va boshqa iqtisodiy vositalami boshqarish mexanizmini yaratadi. Ushbu ta’limot jamiyatning evolyutsion tarzda yangilanib o‘zgarib, borishini juda ko‘p iqtisodiy, sotsial, siyosiy, psixologik, ma’naviy-etnik omillar bilan birga o'zgarishlar zamirida faol rolni texnika, texnologiya, fan kabilar o'ynashiga urg‘u beradi. Ular ta’limotidagi bosh masalalardan biri-iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazorat o'matishdir. Bu nazoratga ular, birinchi navbatda, korporatsiyalar va ularni boshqarishning isloh qilinishini, davlatning raqobat mexanizmiga, moliya-budjet tizimini, pul-kredit holatini, baholarning tashkil topishini va shu kabilarni kiritadilar, sotsial nazoratni tashkil etishda rejalashtirishga katta o‘rin beriladi. Bulaming hammasi davlatning butun institutlar tizimida yetakchi o ‘rin to‘tishga olib keladi. Sotsial-institutsionalizm nazariyotchilari ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishda davlatning roliga katta e’tibor berishadi. Masalan, U. Rostou davlatning ilmiy-texnika inqilobini rivojlantirishdagi roliga baho berib, bu tom ma’noda «to‘rtinchi sanoat inqilobidir», bu inqilob iqtisodiyotga mikroelektronikani, telekommunikatsion aloqalar, lazer texnologiyasi va ishchi-texnikani, sun’iy materiallami joriy etishda namoyon bo‘ladi, davlat aynan o‘z zimmasiga fundamental ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish harakatlarini, ta’Um tizimini yaxshilash, kasb-hunar o‘rgatish, tajribalar o‘tkazish, yirik loyihalarni yaratish va joriy etishda o‘z ifodasini topadi, deb yozadi. Institutsionalizm ta’limotida, uning yangilanib borishida J. Gelbraytning o‘mi kattadir. U o‘zining yirik asarlari bilan kapitalistik jamiyatni inqirozsiz 144 rivojlantirib borish konsepsiyasi orqali AQSH hukumatining yangi iqtisodiyot siyosatini shakllantirishda faol ishtirok etgan olimlardan biridir. Gelbravt o‘z ta’limoti markaziga yirik korporatsiyani qo‘yadi, uning fikricha, aynan ana shu xo'jalik shakli ilmiy-texnika taraqqiyotini ta’minlaydi, jamiyatni yangilab boradi. U «yetuk korporatsiya» g‘oyasini ilgari surib, uni oddiy ishlab chiqarish birlashmasi — monopoliyadan ustun qo'yadi. U shunday fikrlaydi: yetuk korporatsiya va rejalashtirish tizimida hokimiyat va boshqaruv mulk egalaridan muhandis-texnologiyalardan iborat texnostrukturaga o‘tib ketadi, garchi ular ishlab chiqarish vositalarining egalari bo‘lmasalar ham texnostruktura shunday kuchga ega bo‘ladiki, mulk egalari bo‘lmaganlari holda iqtisodiyotning strategik maqsadlarini belgilab beradilar, maxsus bilim va tajribaga ega bo'lganliklari sababli korporatsiya taqdiriga doir qarorlami guruhiy maqsaddan kelib chiqib qabul qiladi. Gelbravt fikricha, texnostrukturada yetakchi va hal qiluvchi mavqeni menejerlar toifasi egallaydi. Ya’ni, iqtisodiyotni tartiblashtirish vazifasi bozordan bevosita boshqaruvchi kuch bo‘lgan menejerlarga o‘tadi. Bu esa jamiyatda umumiy manfaat, umumiy farovonlikni vujudga keltiradi, sotsial muammolar qiyinchiliksiz hal bo‘laveradi, zero «mo‘l-ko‘lchilik jamiyati qaror topadi»
Neoklassik sintez konsepsiyasining mohiyati Iqtisodiyotda bir qancha ofatlar, xususan, ommaviy ishsizlik va infyatsiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Qanday qilib aholining mo‘tadil va to‘la bandligini, real daromadlar o'sishini ta’minlash mumkin degan savollar haimnani, iqtisodiyot fani namoyandalarini ham qiziqtirib kelmoqda. Ayniqsa, inqirozsiz iqtisodiy sikining sirlari muhimdir. Bu va boshqa masalalar bilan neoklassik sintez yo‘nalishi shug‘ullanib, unda klassik iqtisodiy ta’Iimot tomonidan ilgari aniqlangan haqiqat va qoidalar hoziigi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalari bilan sintez qilinadi. Bu sohada barakali ijod etgan P.Samuelsonning fikricha, «neoklassik sintez» aslida hozirgi neokeyns va neoliberal qoida va «haqiqat»laming ilk neoklassik g‘oyalar bilan, shuningdek, klassik maktabning ayrim postulatlari, awalo, hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalari bilan birlashtirib qarashidir. 20.2. Neoklassik sintez konsepsiyasining yangi versiyalari Yangi g'oyaning paydo bo'lishi bilan iqtisodiy tahlilda aralash shakldagi qarashlar ustundir, iqtisodiyotni tartibga solishning turli shakllari taklif etiladi. Hozirgi davrda iqtisodiyotni makroiqtisodiy tartibga solishda asosan uchta ta’Iimot qarashlari qorishmasi ishtirok etadi. Bular 1) turli modifikatsiyadagi keynschilik ta’limotlari; 2) taklif iqtisodiyoti nazariyalari; 3) monetarizm. Keynschilik qarashlarida, asosan, davlatning iqtisodiyotda faol ishtiroki keng taig'ib etiladi. Bunda konyunkturaning o'zgarishi bilan ishlab chiqarishning yuqori darajasini ta’minlash, ish bilan bandlik, siklik rivojlanishni yumshatish asos qilib olinadi. Asosiy e’tibor davlat budjetiga qaratiladi, shu yo‘l bilan to‘lov imkoniyatlariga talab to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solinadi. Monetaristlaming fikricha, iqtisodiy hayotga umuman aralashmaslik prinsipi qo‘llab-quwatlanadi. Ayrim fikrlar bo'yicha neoklassik sintez faqat iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishnigina emas, balki umumiy iqtisodiy muvozanatni modellashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Ayrim olimlaming aytishicha (A.B.Anikin), Samuelsonning neoklassik sintezi, awalo, klassik mikroiqtisodiyotni yangi makroiqtisodiyot bilan qo‘shilishi deb qaraladi. Yuqorida keltirilgan qarashlami uch qismga bo‘lish mumkin: ulaming birinchisi iqtisodiyotda to‘la bandlikni ta’minlash va bu prinsipm erkin bozor iqtisodiyoti elementlari bilan biigalikda (iqtisodiy liberalizm), shuningdek, erkin bozor stixiyasini chegaralovchi keynschilik konsepsiyasi elementlari ham qo‘llanilishi mumkin. Ayniqsa, davlat siyosatida Fiskal va pul-kredit tizimlari hamda «ishsizlikning tabiiy normasi» (M.Fridmen) konsepsiyasidagi antiinflatsion imkoniyatlar, hamda Eixard-Ryopkelaming «Ijtimoiy bozor xo‘jaligi» prinsiplari birgalikda harakat qiladi. Ikkinchi qarashlarda XIX asming oxirida neoklassiklar tomonidan ilgari surilgan qiymat (qimmat) nazariyasida eski va yangi qiymat nazariyalari yoki xarajat nazariyasi va eng yuqori foydalilik nazariyasi yotadi. Bu yerda maijinalistlaming ikkinchi to‘lqini vakili A. Marshall ilgari surgan yondashuv sistemasi to‘g‘risida gap bormoqda. Bu yerda V. Paretto va boshqalaming baho, talab va taklif hamda umumiy iqtisodiy muvozanat masalalari ko'zda tutiladi. Uchinchi qarash bo‘yicha umumiy iqtisodiy muvozanatning hozirgi modeli bir vaqtning o'zida makro va mikroiqtisodiy tadqiqotlarga asoslanadi. Bu tadqiqotlarda awalgi sof iqtisodiy nazariya va mukammal raqobat qarashlardan voz kechiladi, ishlab chiqarish va iste’mol sohalarini bir-biriga qarama-qarshi qo'yilmaydi. Bu qarashlarda Keynsning «Psixologik qonuni», ya’ni daromadlaming iste’molga nisbatan tezroq o'sishi, «Veblen Effekti» va boshqa noiqtisodiy omillaming ta’siri ham hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |