Taʼlim oluvchi va taʼlim beruvchining psixologik xususiyatlari



Yüklə 175,68 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix01.01.2022
ölçüsü175,68 Kb.
#107508
1-mavzu



Taʼlim oluvchi va taʼlim 

beruvchining 

psixologik xususiyatlari


Ta’lim tushunchasi

Taʼlim - juda keng maʼnoga ega bo’lib, u bilim, ko’nikma va 



malakalarni o’zlashtirish, o’rganish, o’rgatish jarayonidir. Bu 

taʼrif hozirgi zamon taʼlimi uchun yetarli emas. Chunki xozir 

mustaqillik davrida taʼlim o’zining mazmuni bilan o’quvchilarga 

bilim, ko’nikma va malakalar berish bilan birga, o’quvchilarni 

hozirgi zamon ruhida milliy kadrlar, jahon madaniyati va 

maorifining ilg’or g’oyalaridan oqilona foydalanib tarbiya 

beruvchi, inson shaxsini rivojlantiruvchi, uni mustaqil fikrlashga 

o’rgatuvchi, ilmiy tushuncha va izlanishlarga layoqatli qiluvchi 

taʼlim hamdir.



Ta’lim jarayoni

Birinchidan, o’qituvchi tomonidan bajariladigan, boshqariladigan, 



ikkinchidan, o’quvchi tomonidan bajariladigan jarayondir.

Demak, taʼlim jarayoni o’rganish va o’rgatish, o’rganib olish va 



uni hayotga tadbiq etish xususiyati bilan izohlanadi.


O’qitish va o’rganish tushunchalari

O’rgatish (o’qitish) - bu o’qituvchining o’quvchilarga bilim, ko’nikma 



va malakalar berish, ularda yangi xaqiqatni ochishga qodir bo’lgan 

ijodiy, mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.

O’rganish- bu o’quvchilarning o’qituvchi tamonidan berilgan 



bilimlarni, qabul qilishlari jarayoni, o’zlarida bilish qobiliyatlarini

fikrlash operatsiyalari va harakatlarni tarkib toptirish jarayonidir. 




O’qituvchi va o’quvchining o’zaro

bog’liqligi

Taʼlimning muvaffaqiyati o’quv materiallarning mazmuni va taʼlim 



usullarigagina emas, balki u ko’p jihatdan o’quvchining qanday 

o’qiyotganligini bilishga, yaʼni o’quvchining yosh xususiyatlariga, 

aqliy taraqqiyoti va faolligiga muvofiq malakalarni o’zlashtirish 

jarayonining psixologik asoslarini bilishga ham bog’liqdir. O’qish 

jarayoni - o’quvchining o’ziga xos xususiyatlariga xam, uning psixik 

rivojlanishining (aqlliy, emotsional, irodaviy jihatdan) individual 

tavsifnomasiga, unda o’qishga nisbatan qaror topgan munosabatlariga

uning qiziqish-havaslariga bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda, taʼlim 

jarayoni o’quvchiga nimani va qanday qilib o’zlashtirishning oddiy bir 

xil natijasi emas, yaʼni sirtdan taʼsir qiladigan shart-sharoitlarning 

oqibati emas, balki o’quvchining individual-psixologik xususiyatlariga 

bog’liq ravishda amalga oshiriladi.




Ta’limni o’zlashtirishning omillari

1. Nimani o’qitishga; 



2. Kim o’qitadi va qanday o’qitishga;

3. Kimni o’qitishga bogliq.




Ta’limni o’zlashtirishning omillari

1- xolda:  a) o’qitish xarakteri o’zlashtirilayotgan materiallarga;



b) uning mazmuniga va qanday tizimda yetkazib berilayotganligiga 

bog’liq;

2- xolda:  a) o’qituvchining uslubiy mahoratiga;



b) ish tajribasiga;

d) uning bilimiga bog’liq;



3- xolda:  a) kimni, qanday o’quvchini o’qitishga;

b) psixik rivojlanishining individual tavsifnomasiga;



d) qiziqish va havaslariga bog’liqdir.




Bilimlarni o’rganishning psixologik

kompenentlari

1. O’quvchilarning o’qishga ijodiy munosabatda bo’lishi;



2. Material bilan bevosita tanishish jarayoni;

3. Olingan materialni faol ravishda qayta ishlash jarayoni bo’lgan fikrlash 



(tafakkur);



4. Qabul qilingan va ishlab chiqilgan axborotni esda olib qolish va esda 



saqlash jarayoni.


E’tiboringiz uchun

raxmat!

Document Outline

  • Taʼlim oluvchi va taʼlim beruvchining psixologik xususiyatlari
  • Ta’lim tushunchasi
  • Ta’lim jarayoni
  • O’qitish va o’rganish tushunchalari
  • O’qituvchi va o’quvchining o’zaro bog’liqligi
  • Ta’limni o’zlashtirishning omillari 
  • Ta’limni o’zlashtirishning omillari 
  • Bilimlarni o’rganishning psixologik kompenentlari
  • Slide 9 

Yüklə 175,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin