Samarqand shahar 64-umumiy o’rta
ta`lim maktab geografiya fani o’qituvchisi
Xaqberdiyeva Sh.Sh. ning
“Geografiya darslarida amaliy
mashg’ulotlarninig tashkil etilishi”
haqida tayyorlagan
M A` R U Z A S I
GEOGRAFIYA DARSLARIDA AMALIY
MASHG’ULOTLARNINIG
TASHKIL ETILISHI HAQIDA
O’zbekiston Respublikasida xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari vakillari, jumladan, umumta’lim maktablari o’qituvchilari oldiga talaygina jiddiy talablarni qo’ymoqda.O’sib kelayotgan avlodga ta’lim berish va uni tarbiyalash samaradorligi hamda sifatini ko’tarish – umumta’lim maktablarining birinchi navbatdagi vazifasidir. Bunda o’quvchilarning mustaqil bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan ta’lim uslublarini takomillashtirish,ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish – har bir o’qituvchining vazifasidir.
Geografiya darslarida nazariy va amaliy bilimlarni birga olib borish yaxshi natija beradi. Mavzuga oid topshiriq va mashqlar darslikdagi topshiriqlarni bir muncha to’ldiradi. Bunday topshiriqlar va mashqlar qisqa vaqtda bajarishga mo’ljallangan bo’lishi lozim. O’qituvchi ularni darsning turli bosqichlarida: bilimlarni tekshirib ko’rish maqsadida, darsda o’rganilgan materiallarni mustahkamlash maqsadida, darsning o’rtasida va oxirida o’tkazishi hamda uyda bajarish uchun berishi mumkin.
Darslarda bajariladigan amaliy mashg’ulotlar o’quvchilar tomonidan mavzu matnini chuqur o’zlashtirishni, geografik yozuvsiz xaritalar, rasmlar, sxemalar, jadvallar bilan ishlash esa ularning mavzu bo’yicha ko’nikmalarini mustahkamlanishini ta’minlaydi, ayniqsa, statistik materiallar, diagrammalar o’quvchini izlanishga undaydi. Bu o’quvchilar bilim saviyasini oshirishga xizmat qiladi.Quyida bir necha amaliy mashgulotlar tavsiya etiladi.
8 – sinf o’quvchilari uchun
-
Rangli metallarni guruhlarga bo’lib, jadvalni to’ldiring.
Og’ir metallar
|
Yengil
Metallar
|
Qimmatbaho metallar
|
Qiyin eruvchi metallar
|
Nodir metallar
|
Mis
|
|
|
|
|
Rux
|
|
|
|
|
Qalay
|
|
|
|
|
Qo’rg’oshin
|
|
|
|
|
Nikel
|
|
|
|
|
2) O’zbekistonning yengil sanoat tarmoqlarini yozing.
Javob: Paxta tozalash,to’qimachilik,trikotaj,poyabzal,ko’nchilik, ipakchilik.
3) O’zbekistonning eng sharqiy va eng g’arbiy shaharlarini toping:
Javob: Xonobod, Qoraqalpog’iston
4)O’zbekiston atlasining paxtachilik xaritasidan paxta maydonlarini aniqlang.
(Navoiy-Buxoro viloyatlari bo’yicha).
Yechish:
1 nuqta 5 ming gektar
Sanab chiqiladi: 37 nuqta chiqdi. 37 x 5 = 185000 gektar
Javob: Paxta maydoni 185000 gektarga teng.
5) O’zbekiston geografik xaritasidan foydalanib, Navoiy-Buxoro iqtisodiy geografik rayonidagi (barcha toifadagi xo’jaliklarda mahsulot yetishtirish hajmi) dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari ulushini foiz hisobida aniqlang?
Javob: 14% - bug’doy, 1% - sholi, 32% - paxta, 2% - kartoshka,
14% - sabzovot, 23% - sut, 1% - poliz ekini, 7% - qopamol va parranda, 6% - tuxum.
6) Qora metallurgiya. Yiliga 6 tonna po’lat ishlab chiqarish uchun metallurgiya zavodiga qancha mahsulot keltirish kerak?
Yechish: Metallurgiya zavodiga 1 tonna mahsulot olish uchun:
1) 2 tonna ruda; 21,3 tonna kokslangan ko’mir; 3) 0,5 tonna ohaktosh; 0,5 tonna temir-tersak kerak bo’ladi.
2+1,3+0,5+0,5 = 4,3 tonna mahsulot zarur
Yechish: 1 tonna po’lat ishlab chiqarish uchun 4,3 tonna xomashyo kerak
1 tonna ------- 4,3 tonna
6 tonna ------- x
X = 6 x 4,3 : 1 = 25,8 tonna xomashyo kerak.
7)Bir yilda 20 mln. kVt/soat elektr energiya ishlab chiqaradigan elektr stansiyasi uchun qancha miqdorda neft kerakligini hisoblab toping.
Yechish: Neft: 10,5 ming kkal – issiqlik koef. 1,5 ga teng.
1 kg neft yonganda 3 kVt/soat elektr energiya beradi.
Proporsiya tuzamiz: 1 kg ------ 3kVt/soat
X kg ------20 mln kVt/soat
X = 20 mln. x 1 : 3 = 6,6 ming tonna
Javob: 20 mln. kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarish uchun 6 tonna 600 kg neft kerak ekan.
8) Toshkent shahri taxminan 70 ° sharqiy uzunlikda, Tokio shahri esa 140° sharqiy uzunlikda joylashgan. Ushbu ikki shahar o`rtasidagi vaqt farqini aniqlang.
Yechish: Bizga ma’lumki, Yer sharida soat mintaqalari har 15 ˚ dan o`tkazilgan. Shuning uchun Toshkent shahri joylashgan meridian uzunligini 15 ga bo`lamiz:
70 : 15˚ = 4,6 soat mint.
140: 15˚ = 9,3 soat mint.
Demak, Toshkent shahri taxminan 5- soat mintaqasida, Tokio shahri esa 9-soat mintaqasida joylashgan ekan. Ikki shahar o`rtasidagi vaqt farqini topish uchun
9 – 5 = 4 soat.
Javob: Toshkent va Tokio shaharlari o`rtasidagi vaqt farqi 4 soatga teng ekan.
9) Topografik xaritada maktabdan sport majmuasigacha bo`lgan 1 km. li masofa a) 20 sm; b) 5 sm; c) 10 sm bo`lsa, berilgan xaritalarning masshtabini toping.
Yechish: 1 km ni 1000 m deb olamiz:
a)1000 : 20 = 50 m Demak, 1 sm da 50 m yoki 1: 5 000;
b) 1000 : 5 = 200 m. Demak, 1 sm da 200 m yoki 1 : 20 000;
c) 1000 : 10 = 100 m. Demak, 1 sm da 100 m yoki 1 : 10 000;
Javob: Topografik xaritaning masshtabi a) 1: 5000; b) 1: 20 000; va c) 1: 10 000 ekan.
10.Tog` etagidan 500 m mutloq balandlikda havo bosimi 750 mm simob ustuniga teng. Tog` cho`qqisida esa havo bosimi 420 mm simob ustunini tashkil qilsa, tog`ning mutloq balandligini toping.
Yechish: Buning uchun havo bosimlari orasidagi farqni aniqlab olamiz:
750 mm – 420 mm = 330 mm ekan.
Bizga ma’lumki, har 100 metrga ko`tarilganda havo bosimi 10 mm ga pasayadi. Shuning uchun
330 x 10 = 3300 m.
Chiqqan songa 500 metrni qo`shamiz, chunki tog`ning balandligi dengiz sathidan aniqlanadi:
3300m + 500m = 3800 m.
Javob: Tog`ning mutloq balandligi 3800 m ekan.
11) Samarqand iqtisodiy rayonida respublika aholisining 9.4 % i yashaydi. Bu rayon respublikada ishlab chiqarilayotgan donli ekinlarning 17 % ini beradi. Ushbu mahsulot rayon uchun ixtisoslashgan tarmoq bo`la oladimi? Aniqlang.
Yechish: Agar O`zbekiston aholisi sonini 27 mln deb olsak bu 100 % ga teng bo`ladi. Samarqand iqtisodiy rayonida respublika aholisining 9,4 % i yashaydi.
Proporsiya tuzamiz:
27 mln ------- 100 %
X mln -------- 9,4 %
X = 27 x 9.4 : 100 = 2 538 000 kishi.
Demak, Samarqand iqtisodiy rayonida 2 mln 538 ming kishi yashaydi.
Yana proporsiya tuzamiz:
2 538 000 ---------- 17 %
X --------------- 100 %
X = 100 x 2 538 000 : 17 = 14 929 412 kg.
Javob: 14 mln 929 ming 412 tonna donli ekin yetishtirilar ekan. Albatta ushbu tarmoq rayon uchun ixtisoslashgan tarmoq bo`la oladi.
Bunday amaliy ishlar o`quvchiga quruq bilim berishni emas, balki o`quvchida mustaqil bilim olish ko`nikmasini shakllantiradi. Aslida ta’limning asl maqsadi ham shu.
Yuqorida ko’rsatilgan amaliy mashqlar va topshiriqlar asosan geografik hodisalarning o’zaro sabab-oqibatlarini mustaqil ravishda ochib berishga qaratilgan. Bu ishlar o’quvchilardan qo’shimcha material va yangi bilim materiallaridan foydalanishni talab qiladi. Maqsad – maktab o’quvchilariga geografik obyektlarning o’zaro aloqador va bir-biriga bog’liq holda ekanligini o’rgatishdan iborat.
Samarqand shahar 64-umumiy o’rta
ta`lim maktab geografiya fani o’qituvchisi
Xaqberdiyeva Shoxista Shomuradovnaning
“UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABLARIDA
“YOSH GEOGRAFLAR”
TO`GARAGINI TASHKIL QILISH
VA UNING FAOLIYATI HAQIDA”
M A` R U Z A S I
UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABLARIDA
“YOSH GEOGRAFLAR” TO`GARAGINI
TASHKIL QILISH VA UNING FAOLIYATI HAQIDA
“Amaliyot – bilimni mustahkamlash asosi”
Ma’lumki, 5 – sinfda geografiya faniga haftasiga bor-yo’gi 1 soat ajratilgan xolos. Lekin “boshlang’ich geografiya kursi” geografiya fanining asosiy va yuqori sinflardagi bilimlari uchun zamin hisoblanadi. Shu bois geografiyani chuqur o’rganish avvalo tabiiy hodisalarni ilmiy tushunish, tushuntira olish, baholash ko’nikmalarining shakllantirilishiga bog’liq. Buning uchun nafaqat dars paytidan, balki sinfdan va maktabdan tashqari vaqtdan ham foydalanish kerak.
Darsdan tashqari olib boriladigan samarali faoliyatlardan biri bu to’garak ishidir. Lekin to’garakni darsga o’xshatib o’tish yoki mavzuni qayta tushuntirish o’quvchilarni zeriktiradi va to’garakdan sovitadi. To’garak mashg’ulot amaliyot tarzida o’tkazilishi, o’quvchilarning o’zlari ishlashlari, xatolarni topishlari, baholashi va bu faoliyat ularga huzur bag’ishlashi kerak. Shundagina o’quvchilar to’garakka faol qatnaydilar.
Quyida 5 – sinflar uchun mashg’ulotlarning ayrimlari keltiriladi.
Ob - havoni o`rganamiz
Bu mashg`ulotni o`tkazish uchun o`quvchilar maktabga termometr olib keladilar. Mashg`ulotning yarmi sinfda, yarmi maktab hovlisida o`tkaziladi.
Sinfda daftarga jadvallar chiziladi, ob – havo belgilarining shartli belgilari tushuntiriladi.
Maktab hovlisida o’quvchilarni 3 – 4 guruhga ajratib, 10 daqiqa davomida ob – havoni kuzatib, ma’lumotlarni yozish topshiradilar. O’qituvchi ham ob – havoni kuzatib, o’z daftariga qayd etadi. Sinfxonaga qaytgach, har bir guruh o’z ma’lumotlarini doskaga yopishtirib himoya qiladi. Ma’lumotlar to’ldirilib daftarga qayd etiladi.O’quvchilarning daftarlari nazorat qilinadi va har kuni shu tariqa ob – havoni kuzatish daftariga qayd etib borish vazifasi beriladi.
2 – mashg’ulot
Tabiiy hodisalar va siyosiy voqealar nima?
Bu mashg’ulotdan bir hafta avval o’quvchilarga oynai - jahon, radio va axborot vositalari orqali berilgan yangiliklardan ma’lumot to’plab kelish vazifasi beriladi.
Doskani ikki qismga ajratib, “siyosiy” va “tabiiy hodisalar” deb yozib qo’yiladi.Har bir o’quvchini eshitib, keltirilgan ma’lumotlar doskaga yopishtirib
boriladi. Ma’lumotlarning tabiiy yoki siyosiy turlari ahiqlangach, ularni qisqa va aniq yozish tartibi o’rgatiladi. Ya’ni , qachon, qayerda, qanday hodisa?
Namuna:
13.12.2006
Soat 12.00 da Toshkentda zilzila kuzatildi.
15.11.2006-yil Florida yarim orollarida suv toshqini kuzatildi.Talofotlar bor.
Mashg’ulot so’ngida har kuni siyosiy, tabiiy voqea-hodisalarni maxsus daftarga qayd etib boorish vazifasi beriladi.
Geografiya darslarida navbatchi o’quvchilardan bu yangiliklar eshitilib, baholanib boriladi.
Yuqorida aytib o’tilgan barcha topshiriqlar tafakkurni rivojlantirishga, o’quvcilar xotirasini chiniqtirishga, olingan bilimlarni mustankamlashga qaratilgan bo’lib,undan o’qituvchilar o’z amaliy faoliyatlarida keng foydalanishlari mumkin.
SAMARQAND SHAHAR XTMFMT va TE BO`LIMIGA
QARASHLI 64 – UMUMIY O`RTA TA’LIM
MAKTAB GEOGRAFIYA FANI O`QITUVCHISI
XAQBERDIYEVA SOXISTANING
GEOGRAFIYA FANI O`QITUVCHILARINING
AVGUST SHO`BA YIG`ILISHIDA QILGAN
MAVZU: AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARINI O’QUV-TARBIYA JARAYONLARIDA
TADBIQ ETISH, ELEKTRON DARSLIKLAR YARATISH
VA DARS JARAYONLARI SAMARADORLIGINI
OSHIRISH
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARINI O’QUV-TARBIYA JARAYONLARIDA
TADBIQ ETISH, ELEKTRON DARSLIKLAR YARATISH
BA DARS JARAYONLARI SAMARADORLIGINI
OSHIRISH
Geografiya fanini zamon talablari darajasida o`qitish, dars sifati va samaradorligini oshirish, o`quvchilar qalbida fanga qiziqish uyg`otish har bir o`qituvchi oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Hozirgi kun talablaridan biri amalga oshirilayotgan ta’lim sifat-samaradorligini oshrishda o`quvchilarga nazariy bilimlar bilan birga amaliy, ko`rgazmali, ya’ni noan’anviy interfaol darslar tashkil etish asosida o`quvchilarda ko`nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.
Ta’lim – tarbiya jarayonida bola shaxsini shakllantirish bosh masalalardan biridir. Geografiya – tabiat bilan bog`liq bo`lgan, amaliy bilim va ko`nikma talab etadigan fan. Shu bois, mazkur fanga o`quvchilarning qiziqishini oshirish, o`zlashtirish sifat samaradorligini DTS talablariga mos kelishini ta’minlash o`qituvchidan ko`p izlanish, chuqur bilim va mehnat talab etadi. Bunda o`qituvchilarning ilg`or pedagogik usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmoq va boshqa zamonaviy vositalardan samarali foydalana olish malakasi muhim oringa ega.
Hozirgi davrda o`quvchilar an’anaviy darslik mutolaasi orqali ma’lumotlarni bilish bilan birga interfaol ta’limning zamonaviy usullari hisoblanmish elektron darslik, elektron doska yoki mavzuga oid kinofilmlar orqali ma’lumotlarni bilishga qiziqadilar. Bunday usulda tashkil qilingan darslarda eng loqayd o`quvchi ham ozgina bo`lsa-da harakat qilishga, ya’ni, dars jarayonida bo`layotgan savol-javoblarga, bahs – munozaralarga qoshilishga harakat qiladi.
Geografiya darslarida mavzuga oid o`quv filmlarni o`quv jarayonida foydalanib dars o`tish ham noan’anaviy dars usullaridan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda turli xil mavzularda o`quv filmlari mavjud bo`lib, ulardan mavzuga mos keladiganlarini tanlab olib, o`quv jarayonida foydalanish mumkin. Faqat bunda darsda to`g`ridan-to`g`ri 45 daqiqa davomida filmni namoyish etib, shunchaki vaqtni o`tkazish emas, balki ma’lum reja asosida darsni o`tish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni,o`quv filmi ko`rsatiladigan dars kuni oldindan o`quvchilarga aytiladi. Bunda o`quvchilar geografiya daftarlariga kelgusi darsning mavzusi va o`quv filmining nomini yozib qo`yishlari kerak. Bundan tashqari o`quvchilarga dars davomida nimalarga e’tibor berishlari qisqacha tushuntiriladi. Belgilangan kunda o`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarning olgan bilim va ko`nikmalari aniqlab olingandan so`ng, o`qituvchi o`quvchilarga bugungi darsda bajarilishi kerak bo`lgan vazifalarni tushuntiradi va dars boshlanadi., ya’ni o`quv filmi namoyish etiladi. O`quv filmi namoyishi jarayonida barcha o`quvchilar diqqati film namoyishiga qaratiladi. Dars davomida o`quvchilarga savollar bermaslik kerak, chunki darsda shovqin bo`lishi yoki o`quvchining diqqat-e’tibori buzilishi mumkin. Lekin o`qituvchi ayrim lavhalarga ma’lumotlarni qo`shimcha tarzda izohlab turihi lozim.
Geografiya darslarida elektron darsliklar va o`quv filmlaridan qanday foydalanish kerak? Buning uchun quyidagilarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 5 – sinfda “Gidrosfera – suv qobig’i” mavzusini o`tganda “Gidrosfera” o`quv filmidan foydalanish mumkin. Bunda o`quvchilarga o`quv filmini tomosha qilish vaqtida quyidagilarga alohida e’tibor berish lozimligi oldindan uqtiriladi:
-
Gidrosferaning xususiyatlari nimalardan iborat?
-
Suvning o’rtacha sho’rligi qancha?
-
Gidrosferaning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
-
Suvning hayotimizdagi ahamiyati va hokazo…
Yoki 6 – sinfda “Afrikaning tabiat zonalari” mavzusini o`tishda “Afrika yovvoyi tabiati”, “Avstraliya materigining tabiat zonalari” mavzusida “Avstraliya kengurulari” o`quv filmlaridan foydalanish mumkin. O`quv filmi namoyishidan so`ng o`quvchilarga tabiat zonalarining manzarasiga ta’rif berish, tabiat zonasida tarqalgan o`simlik va hayvon turlari haqida ma’lumot yozish topshiriladi. Dars davomida o`qituvchi tabiat zonasining iqlimi, havo harorati, ushbu tabiat zonasida tarqalgan tuproqlarning turlari haqida qo`shimcha ma’lumot berishi mumkin.
Bundan tashqari, “Dunyo okeani” mavzusida “Moviy ummon”, “Antropogen tabiat komplekslari” mavzusida “Inson bunyod etgan tabiat” filmlaridan foydalanish mumkin.
Yuqorida aytib o`tilganidek, o`quvchilar darslik mutolaasi bilan birga elektron darslik, o`quv filmlarini ko`rib, ma’lumotlarni olishni afzal bilishadi. Chunki o`quvchilar faqatgina o`qib emas, ko`rib ham juda ko`p bilimlarini egallashlari haqida biz, o`qituvchilar juda yaxshi bilamiz. O`quvchilar o`quv qo`llanmalarida berilgan ma’lumotlarni jonli tasvirda ko`rsalar, ularni eslab qolish oson kechadi.
Hozirgi davr ta’limida o`quvchilarni mustaqil fikrlay olish, ijodiy qobiliyatni oshirish va amaliy faoliyatga yo`naltirilgan evristik texnologiyalarning ahamiyati ortib bormoqda. Chunki ta’lim samaradorliginining asosiy ko`rsatkichlaridan biri – olingan bilimlarni amaliy jihatdan qo`llay olishidir. Bu esa, o`z navbatida amaliy ko`nikmalarning shakllanishiga bog`liq.
Geografiya ta’limida amaliy bilimlar boshqa fanlarga qaraganda ko`proq ahamiyatga ega. Zotan, bu jihat o`quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlashda, ishlab chiqarishda, bilimlarni mustaqil egallashga asos bo`ladi.
Ammo, geografiya ta’limida hozirgi amaliy ko`nikma berish uslubi geografik ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayonini to`la qamrab olmagan. Aksariyat o`qituvchilar bu jarayonni oxiriga yetkazishda qiynalishadi, ba’zilar esa mavzu doirasida cheklanib qolishadi.
Demak, hozirgi o`qituvchi oldida turgan muhim vazifa – dars jarayonida ko`nikma va malakalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Har bir darsni rejalashtirishda shakllantirilishi kerak bo`lgan bilimlar o`z aksini topishi va ularni o`zlashtirish metodlari aniqlab olingan bo`lishi maqsadga muvofiq. Eng asosiysi, o`quvchi o`zi egallagan ko`nikma va malakaning amaliy ahamiyatini va qayerda ishlata olishini tushunib yetsin, shundagina o`quvchida qiziqish ortadi. Shuni unutmaslik lozimki, chuqur bilimlarsiz amaliy tajribani o`zlashtirish mumkin emas. Shu bois bu jarayon uzluksiz davom ettiriladi.
Yuqorida aytilgan muammolarni yechimini topishda bilim berishning nazariy tomoniga katta e’tibor berish kerakligi kelib chiqadi. Agar nazariy bilimlar o`quvchilar ongiga to`liq yetkazilmasa, amaliy bilimlarni bajarish ular uchun qiyinchilik tug`diradi. Nazariy bilimlarni o`quvchilar ongiga to`liq yetkazishda darslik, elektron darsliklar va oquv filmlaridan samarali foydalanish orqaligina biz maqsadimizga erishishimiz mumkin.
Bunda o`qitish metodlari alohida ahamiyatga ega. Ta’lim metodlari deganda, o`quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantiradigan, yetarlicha bilimga asoslangan to`g`ri dunyoqarash va e’tiqodini tarbiyalaydigan usullar tushuniladi. Geografiya fanini o`qitishda eng qulay usul o`quvchilarda qiziqish va tushuncha hosil qiladigan “Venn diagrammasi”dan foydalanish usulidir. Bu o`quvchilarning tasavvurlarini kengaytirish asosiga quriladi. Bunda ikkita materik, ikki qit’a, ikkita qutb yoki meridional yo`nalishda joylashgan tabiat zonalarini bir-biri bilan solishtirib ko`riladi. Natijada, tabiat elementlari o`rtasidagi bog`liqlik aniqlanadi. Asosiysi o`quvchilarda qiziqish hosil bo`ladi. Bunday usulda dars tashkil qilinganda albatta darslikdan ko`proq foydalaniladi.
Dars o`tish jarayonida bundan tashqari “Blits-so`rov”, “Aqliy hujum”, “BBB”, “Klaster”, “Taqqoslash”, “Hamkorlik”, “Muloqot”, “Muammo” kabi dars o`tish usullaridan foydalanish kutilgan natijani beradi.
Dars samaradorligi o`qituvchining bilim va mahoratidan tashqari zarur o`quv-metodik ta’minotga ham bog`liq. Bunda albatta elektron darsliklar va o`quv filmlari juda qo`l keladi. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining 5-6 sinf o`quvchilari va geografiya fani o`qituvchilari uchun mo`ljallangan “Geografiya fani bo`yicha oquv filmlari” yaratilganligi hammamizga ayon. Davlat ta’lim standartlariga asosan 5-6 sinf kurs materiallarining o`zlashtirilishini osonlashtirish maqsadida ushbu o`quv filmlari tayyorlangan. Elektron darsliklar barcha mavzular, o`quv filmlari esa har ikkala sinflar uchun 8 tadan mavzu yuzasidan tayyorlangan. O`quv filmlari mavzularni tanlashda asosiy darslikda keltirilgan boblardagi ma’lumotlarning umumlashtirilishiga va ayrim qo`shimcha ma’lumotlar bilan boyitilishiga hamda kursdagi salmog`i va dolzarbligi kabi mezonlarga amal qilinadi.
Bunday o`quv jihozlari va zamonaviy o`quv qurollaridan foydalanib o`tilgan darslarning natijasi kutilgandan ortiqcha bo`ladi, o`quvhilarning darsga bo`lgan qiziqishlari ortadi. Vaholanki, hozirgi davr shuni taqozo etadi.
Samarqand shahar 64-umumiy o’rta
ta`lim maktab geografiya fani o’qituvchisi
Xaqberdiyeva Sh.Sh. ning
“GEOGRAFIYA FANI O’QITILISHIDAGI
MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF
ETISH YO’LLARI”
haqida an`anaviy Avgust sho’ba
yig’ilishi uchun tayyorlagan
M A` R U Z A S I
GEOGRAFIYA FANI O’QITILISHIDAGI
MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF
ETISH YO’LLARI
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Mamlakatimizda “Ta`lim to’g’risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta`lim ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
Geografiya fanini zamon talablari darajasida o`qitish, dars sifati va samaradorligini oshirish, o`quvchilar qalbida fanga qiziqish uyg`otish har bir o`qituvchi oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Hozirgi kun talablaridan biri amalga oshirilayotgan ta’lim sifat-samaradorligini oshrishda o`quvchilarga nazariy bilimlar bilan birga amaliy, ko`rgazmali, ya’ni noan’anviy interfaol darslar tashkil etish asosida o`quvchilarda ko`nikma va malakalarni shkllantirishdan iboratdir.
Ta’lim – tarbiya jarayonida bola shaxsini shakllantirish bosh masalalardan biridir. Geografiya – tabiat bilan bog`liq bo`lgan, amaliy bilim va ko`nikma talab etadigan fan. Shu bois, mazkur fanga o`quvchilarning qiziqishini oshirish, o`zlashtirish sifat samaradorligini DTS talablariga mos kelishini ta’minlash o`qituvchidan ko`p izlanish, chuqur bilim va mehnat talab etadi. Bunda o`qituvchilarning ilg`or pedagogik usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmoq va boshqa zamonaviy vositalardan samarali foydalana olish malakasi muhim oringa ega.
Hozirgi davrda o`quvchilar an’anaviy darslik mutolaasi orqali ma’lumotlarni bilish bilan birga interfaol ta’limning zamonaviy usullari hisoblanmish elektron darslik, elektron doska yoki mavzuga oid kinofilmlar orqali ma’lumotlarni bilishga qiziqadilar. Bunday usulda tashkil qilingan darslarda eng loqayd o`quvchi ham ozgina bo`lsa-da harakat qilishga, ya’ni, dars jarayonida bo`layotgan savol-javoblarga, bahs – munozaralarga qo’shilishga harakat qiladi.
Ma`limki, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabat ta`lim jarayonining asosini tashkil etadi. Shuning uchun o’qituvchi o’zi so’zlab, o’zi so’rovchi bo’lib qolmasligi kerak. O’quvchilar ham yangi bilimni egallashda faol ishtirok etishi, darsda faol bo’lishi shart. Yangi bilimlarni egallashda har xil amaliy mashg’ulotlar o’tkazish yaxshi natijalar beradi. Bunday amaliy mashg’ulotlarda yozuvsiz xaritadan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Geografiya fani o’qitilishidagi eng asosiy muammolardan birinchisi har bir o’quvchi darsda ishlatilishi lozim bo’lgan geografik atlas va yozuvsiz xarita bilan to’liq ta`minlanmaganligidir. Bu muammoni hal qilishga ota-onalar loqayd qaraydilar, farzandlarini ushbu o’quv qurollari bilan ta`minlashni ikkinchi darajali muammo deb o’ylaydilar. Vaholanki bunday emas. Ushbu muammoni hal qilishda o’qituvchi dars davomida o’rganilayotgan obyektning xarita-sxemasini doskaga chizib, o’quvchilarga ham geografiya daftarlariga chizishni tavsiya berishi va kerakli bo’lgan voqea va hodisalarni navbati bilan ketma-ketlikda tushirib borishlarini nazorat qilib borishi mumkin. Uyda esa o’quvchilarga yozuvsiz xaritani rangli qalamlar bilan bo’yash va qo’shimcha bilimlarni kiritishni vazifa qilib berishi mumkin. Ikkinchi tomondan har bir geografiya o’quv xonasida magnitli yozuvsiz xarita bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Magnitli yozuvsiz xarita turli xaritalarni o’rganishda qulaylik tug’diradi. Bundan tashqari, magnitli xariradagi yozuvlar hajmining kattaligi tog’, tekislik, daryo, shahar va hokazolarning bir-biriga xalaqit bermasligi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bunday qurilmadan geografiya fani bo’yicha barcha mavzularda, to’garak va kechalarda foydalanish mumkin. O’qituvchi magnitli yozuvsiz xaritadan doskada foydalansa, o’quvchilar o’z yozuvsiz xaritalariga yoki daftarda chizilgan xarita-sxemalariga belgilab borishlari xaritani o’rganishda katta samara beradi. Yozuvsiz xarita magnitli yoki magnitsiz bo’lishi mumkin.
Magnitli yozuvsiz xarita uchun 1x1,5 metr hajmdagi yupqa qog’oz olinadi. Oppoq qog’ozga o’rganilayotgan hududning ahdozasini tushiramiz. Masalan, O’zbekiston geografiyasini o’rganishda 1x1,5 metr hajmdagi temir list olamiz yoki temir qoplamali doskadan foydalanamiz. Listni vertikal holda doskaga o’rnatamiz. List ustiga chizilgan yozuvsiz xaritani magnit yordamida o’rnashtiramiz. So’ngra mavzuga aloqador kerakli jihozlarni olamiz. Yozuvsiz xaritaning belgilari mavzuga moslab tayyorlanadi. Belgi yoki joy nomi albatta qalin qog’ozga bosma harfda yozoladi. Ularning kattaligi oxirgi partada o’tiradigan o’quvchilarga ham ko’rinadigan darajada bo’lishi kerak. Belgilar nomlari tog’, shahar, GES, daryo, foydali qazilma, hayvon nomi yoki rasmi va hokazo bo’lishi mumkin. Masalan, mavzu “O’zbekiston daryolari”. Bu mavzu uchun daryolar nomi yozilgan magnitli qogozlarni tayyorlab, yozuvsiz xaritaga birin-ketin joylashtiramiz.
Magnitsiz yozuvsiz xarita uchun esa 1x1,5 metr hajmdagi yupqa qog’ozga tushirilgan yozuvsiz xarita va kerakli nomlar bitilgan belgilar tasviri tushirilgan qog’ozchalar kerak bo’ladi. Yozuvsiz xaritalarga shu qog’ozchalar o’rnatilishi uchun moslab plyonka qilinadi. Bunday tutkichlarga daryo, tog’, shahar yoki boshqa nomlar yozilgan qog’ozchalar o’rnatiladi. Qog’ozchalarga ham maxsus o’rnatkichlar qo’yiladi. Mazkur xaritalar uchun temir list kerak emas.
Barcha sinflarda geografiya fani dasturida murakkab mavzular bor. Ushbu mavzular haqidagi tushuncha va ko’nikmalrni o’quvchilar ongiga yetkazishda ham muammolar uchrab turadi. 5-sinflarda geografik atama va tushnchalarning lug’aviy ma`nosini bilishda bir muncha qiyinchiliklar bo’ladi, bunig uchun har bir o’quvchida “Geografik lug’at daftari” bo’lishi kerak, dars davomida yangi uchragan atama, tushuncha va nomlar ushbu daftarga yozib boriladi va ularning ma’nosi mavzu matnidan izlab topib yozib qo’yiladi, bu topshiriqni darsda mustaqil ish bajarganda yoki uyga vazifa qilib berish mumkin. 6-sinflarda “Geografik qobiq” mavzularini o’rganishda o’quvchilar bilimida bo’shliqlar borligi aniqlangan. Ushbu mavzularni o’rganishda dars o’tishning har xil usullaridan, elektron darsliklar va o’quv filmlaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 7-sinflarda “Xarita andazalari”, “Topografik xaritalar va ulardan foydalanish” kabi mavzularni o’quvchilar ongiga yetkazishda darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etib, analogiya ya`ni taqqoslash, qiyoslash, Teatral pedagogika usulidan foydalanilsa yaxshi samara beradi. Analogiya usulida geografik va topografik xaritalarni bir-biriga taqqoslash yo’li bilan ularning farqini ajratib olish mumkin. Xaritalardagi voqea va hodisalarni tasvirlaydigan shartli belgilarni teatral pedagogika usulidan foydalanib ko’rsatib berish mumkin. Bunda sinfdagi iqtidorli o’quvchilarga uyda shartli belgilar tasvirini kattaroq qog’ozga tushirib kelish topshiriladi va har bir shartli belgiga she`r yozib kelish topshiriladi. Darsda sahna ko’rinishi tashkil etilib, har bir shartli belgi qaysi vazifani bajarishi namoyish qilinadi. Teatrlashtirsh jarayoni bola miyasiga kuchli ta`sir etadi va bolaga murakkab jarayonlarni tushunib olishga yordam beradi. 8-9 - sinflarda o’rganilayotgan viloyat, mamlakat, xususan, Yaponiya mavzusini o’rganishda 1-2 daqiqa o’quvchilar diqqatini daf`atan qiyidagi ma`lumotlarga jalb qilishdan boshlash mumkin: Yaponiya jahonning yirik yirik moliyaviy markazi. Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan milliy daromad salmog’i bo’yicha u jahonda Shveysariya va Lyuksemburgdan keyin 3-o’rinda turadi. Geografik o’rniga ko’ra Osiyo-Tinch okean mintaqasining markazida orollarda joylashgan, yuksak darajada elektrlashtirilganligi bilan ajralib turuvchi mamlakat. Aholisi o’ta madaniyatli, yoppasiga oily ma`lumotli, tabiatan bosiq va intizomli. Bu davlatda bolalar o’limi ko’rsatkichi eng past va o’rtacha umr ko’rsatkichi eng yuqari. Bu mamlakat aholisi yozganda pastdan yuqoriga tomon yozadi, cho’pda ovqatlanadi, kimonoda yurishadi, paltoni ayollar kiyadi. Mashinalar boshqaruvi o’ng tomonda…. Bugungi darsimizda mazkur davlatning iqtisodiy qudrati sabablarini o’rganamiz. Yapon tajribasining o’ziga xosliklari, yurtimiz O’zbekistonga asqotishi mumkin bo’lgan jihatlari haqida fikr yuritamiz, deya dars boshlansa, o’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish ortadi, bunga qo’shimcha tarzda o’quvchini mustaqil izlanishga yo’naltiruvchi: “Internet ma’lumotlaridan foydalanib Yaponiyaga oid uchta noyob ma`lumot aytishga urinib ko’ring!” mazmunida topshiriq berilsa, har bir o’quvchining o’zini namoyon qila olishga qiziqishi barobarida kelasi darsni orziqib kutadigan muhim didaktik tuyg’u tarbiyalanadi.
Darslarni samarali tashkil etishda quyidagi muammolar ham turibdi-ki, ularni hal qilish har bir fan o’qituvchisi va maktab ma`muriyatiga bog’liq: maktablarni geografiya darslarini o`tishda alohida o`quv-laboratoriya xonalari bilan ta’minlash, ushbu o`quv – laboratoriya xonalarini dars uchun kerak bo`lgan oquv asbob-uskunalari, masalan, kompas, barometr, termometr, har xil tog` jinslaridan namunalar va hokazolar bilan ta’minlash, geografiya o`quv xonalarini kompyuter, monitor va boshqa kerakli bo`lgan texnika vositalari bilan jihozlash, darslarda barcha mavzular uchun kerak bo`lgan xaritalar, elektron darsliklar, o`quv filmlari, fanga oid o`quv ko`rgazmali qurollari bilan qurollantirish. Bular barchasi bisdan juda ko’p mehnat talab qilishini unutmasligimiz lozim.
Geografiya dunyodagi juda qadimgi va eng qiziqarli fanlardan biridir. Ikki ming yil muqaddam bunyodga kelgan, o’z taraqqiyot yo’lida xalqlar saviyasining yuksalishi va madaniyatining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan geografiya fani hozirgi paytda xalqimiz oldida turgan murakkab ilmiy-xo’jalik vazifalarini hal etishga xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat, geografiyaga qiziqmagan, o’zining kundalik hayotiy faoliyatida geografiyaga duch kelmagan kimsani uchratish qiyin. Inson hayoti va jamiyat taraqqiyotini geografiyasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shunga qaramay, qiziqarli geografik materiallarni o’z ichiga olgan, o’zbek tilida nashr etilgan maxsus adabiyotlar hozircha juda kam. Lekin hozirda mavjud qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib darslar tashkil etilsa, dars o’tishning yangi usullaridan ko’proq foydalanilsa maqsadga erishilgan bo’lar edi.
Ma`lumki, har qanday fan qatorida hozirgi zamon geografiya fani ham o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmog’i lozim. Bunda, bizning fikrimizcha, darslarni yuqorida aytub o’tilganidek samarali, ko’rgazmali qurollar asosida o’tish yaxshi natija beradi. Shuning barobarida ilg’or tajribalarni sinab korish, ularni ommalashtirish, ko’rgazmali qurollarni ko’paytirishni talab etadi.
Samarqand shahar 64-maktab
geografiya fani o’qituvchisi Xaqberdiyeva Sh.Sh.
SAMARQAND SHAHAR XTMFMT va TE BO`LIMIGA
QARASHLI 64– UMUMIY O`RTA TA’LIM
MAKTAB GEOGRAFIYA FANI O`QITUVCHISI
XAQBERDIYEVA SHOXISTA SHOMURODOVNANING
Mavzu: GEOGRAFIYA DARSLARIDA PLAN, XARITA
VA GLOBUSLARDAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
(Metodik ma’ruza)
Geografiya fanini o’qitishda plan, karta va globus bilan tanishish umumiy o’rta ta’lim maktablarining 2-sinfidan boshlanadi. Bilim maskanlari o’quvchilarning tushunishi va qo’llay olishi uchun ularni planning asosiy elementlari bilan izchil va sistemali tanishtiruvchi tayyorlov mashqlarini o’tkazishi kerak. O’quvchilar boshlang’ich sinflardayoq xarita va globus to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’ladilar. Shuning uchun sinfda tabiatshunoslik darslarida O’zbekistonning tabiiy xaritasi, Yarimsharlar xaritasi, tabiiy zonalar xaritasi albatta bo’lishi kerak. Shu bilan birga o’quvchilar yashayotgan hamda o’qiyotgan shahar yoki qishloqning planidan ham foydalansa bo’ladi.
“Geografiya xarita bilan boshlanib, xarita bilan tugaydi”, - deganda rus olimi Baranskiy, haq edi. Darslarda geografik xarita va atlaslardan foydalaniladi. Xarita bilan atlasning o’xshash va farqli tomonlari mavjiu bo’lib, qo’llanilishiga ko’ra har ikkalasining ham o’ziga xos va mos o’rni bor. Geografik xaritalar yirik, o’rta va mayda masshtabda tayyorlanadi va ko’zga tashlanadigan joyda ilib qo’yiladi. Uning qulayligi shundaki, xaritalar devorda katta maydonni egallab, ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Shuning uchun xaritalardan bir vaqtning o’zida bir necha o’rganuvchi (o’quvchi, talaba va boshqa.)lar va o’rgatuvchi (professor, o’qituvchilar, havaskorlar v b.) foydalanishi, izlanishi, o’rganishi, ma’lumotlar olishi va berishi mumkin. Geografiya xonasini zaruriy xaritalar bilan bezatishda qator muammolarga duch kelamiz, chuki xaritalarning turlari ko’p bo’lib, 9-sinf kesimida ko’radigan bo’lsak, shu sinf o’quvchilari bir o’quv yili davomida foydalanishi mumkin bo’lgan xaritalar soni o’rta hisobda 48 tani tashkil etadi. Bu 5-sinflarda 21 ta, 6-sinflarda 36 ta, 7-sinf uchun 39 ta, 8-sinf uchun 45 ta ni tashkil etadi, jami 189 ta xarita. Ammo, barcha umumiy o’rta ta’lim maktablari buncha xarita bilan to’liq ta`minlangan emas. Lekin, biz darslarda ulardan samarali foydalanib darslarni tashkil etishimiz kerak. Ushbu muammoni hal etishning asosiy yo’li xaritalarning yaxlit kitob shakliga keltirilgan variant, ya`ni geografik atlaslar va yozuvsiz xaritalar tayyorlash va ulardan samarali foydalanishdir.
Geografik atlaslar va yozuvsiz xaritalarning yana bir qulay tomoni shundaki, ulari o’quvchilar nafaqat darslarda, balki o’quv mashg’ulotlarida va hatto uy vazifalarini tayyorlash yoki mustaqil foydalanish uchun barcha o’quv qurollari singari uyda foydalanishi mumkin. Agar o’quvchilar darslarda o’rganish bilan cheklanib qolmasdan mustaqil tayyorlansalar, ya`ni o’z ustida tinmay ishlab bordalar, “xarita tili”ni bilib oladilar. Shu asnoda yoshlar ongida vatanparvarlik hissi rivojlanib boradi.
Sinfda har xil kattalikdagi globuslardan foydalaniladi. Joyda oriyentirlash ko’nikmalarining o’zlashtirilishi planni tushunishga tayyorlashning asosiy bosqichidir. Keyingi bosqichda esa masofalarni o’lchash va ularni tasvirlash uslublari o’zlashtiriladi. Buning uchun o’quvchilar quyoshning chiqishi va botishi, kun o’rtasidagi soyaning o’zgarishini kuzatadilar, kompasdan foydalanishni o’rganadilar. Avval sinfda, so’ngra ochiq havoda mashq qilishlari natijasida ular asosiy va oraliq yo’nalishlarni aniqlashga odatlanadilar.
Amaliy mashq vaqtida o’qituvchi o’quvchilarni masofani qadamlab o’lchash texnikasi bilan tanishtiradi. Ularga reja to’g’risida oddiy tushunchalarni shakllantira borish, rasm, fotosurat, kubik, korobka yoki boshqa narsalarga qarab chiqishni, rasm, fotosurat va chizmalar orasidagi o’xshashlik va farqlarni topishni taklif qiladi. O’quvchilar biror bir figurani daftarga qo’yib turib, atrofini qalam bilan yurgizib chiqadilar. O’qituvchi ana shu chizilgan chizma plan ekanini tushuntiradi. Shundan so’ng sinfdagi stol, doska, kitob planini chizish topshirig’i bajariladi. Bunda narsalarning kattaligi tufayli daftarga sig’mayotgani, shu bois ularni shartli ravishda kichraytirish mumkinligi tushuntiriladi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida kitob, sinf stoli, doskaning uzunligi va enini o’lchaydilar hamda o’lchamini shartli ravishda kichraytiradilar. Shunday qilib, asta-sekinlik bilan o’quvchilar ongida joy planini qanday chizish mumkinligini o’rganib boradilar va xaritalarni chizish uchun nimalarga e’tibor berish lozimligini bilib oladilar.
Geografiya fanini o’qitishda globus ham muhim ahamiyatga ega. Agar Yer yuzasining katta bo’lmagan uchastkasini yirik masshtabda tasvirlashdan xaritadagi mayda tasvirlashga o’tishga sharoit yaratib bo’lsa, globus butun Yer sharining to’g’ri shakl va yuzasi tasvirini beradi. Umumiy o’rta ta`lim maktablarida geografiya darslarida Yer shakli, kun va tunning almashinishi, yil fasllari, issiqlik mintaqalari to’g’risidagi mavzularni tushuntirish uchun globus juda qo’l keladi. Bunda xarita va globus bilan ishlashni bir-biriga uyg’unlashtirish, geografiya kursi bo’yicha bilimlarning to’g’ri va chuqur bo’lishini ta`minlaydi. Geografiya tushunchalarini shakllantirishda globusdan foydalanish ko’rgazmali tasavvurlar hosil qilishga yordam beradi. O’quvchilar ongida Yer sharining sharsimon shaklda ekani haqida tasavvur hosil qilishda globus kerakli omil bo’lib hisoblanadi. Maktab o’quvchilarining globus bilan qayta-qayta mashq qilishi ularning Yer sharining sun`iy shakli Yer yuzasidan aslida ajralmas ekani haqidagi fikrni o’rganishiga yordam beradi.
Globus vatanimiz tabiatining xilma-xilligi bilan tanishishda ham muhim rol o’ynaydi. Bu mavzular biror manbadan chiqqan kurslar yuzasidagi nuqtalarni har xil yoritish va isitishni ko’rsatuvchi tajriba va kuzatishlar tufayli zarur aniqlik oladi.
Shunday qilib, maktablarda geografiya darslarida globusdan mohirona foydalanish, globus va xarita bilan ishlashni uyg’unlashtirish aniq geografik tasavvur hosil qilishga, oddiy geografik aloqalarning farqiga borishga imkon beradi, xaritaga ancha ongli munosabatda bo’lishga ko’maklashadi.
Samarqand shahar 64-maktab
geografiya fani o’qituvchisi Xaqberdiyeva Sh.Sh.
Dostları ilə paylaş: |