Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Kasalliklari

Tishning chiqishi
Tishning chiqishi deb, uning alveola katagidabo‘shashishiga 
aytiladi. Tishning chiqishi to la yoki chala bo‘ladi. Tish chiqishida 
bem or tish holatining o ‘zgarganligiga, og‘riqqa, qimirlab 
qolganligiga shikoyat qiladi. Tashxis aniqlangan zahoti tishni 
to ‘g‘ri holatga keltirib, shinalash lozim. Agar pulpa zararlangan 
bo‘Isa eksterpatsiya qilinadi va plombalanadi.
42


Tishning sinishi
Tishning sinishi uning toj qismida yoki ildiz qismida sodir 
b o ‘lishi m 
1.1
m kin. Toj qismining sinishi tish b o ‘shlig‘ining 
berkligi yoki ochiqligi bilan kuzatilishi mum kin. Tishning toj 
qismining sinishi tish b o ‘shlig‘ining yopiqligi bilan sodir bo‘lsa 
tishni plomba yordamida tiklanadi. Sinish tish bo‘shlig‘ining 
ochilishi bilan sodir bo‘lsa og‘riqsizlantirib, pulpa eksterpatsiya 
qilinadi va plombalanadi.
KARIYES
Kariyes lotin tilida “chirish” degan m a’noni anglatadi. 
Kariyes murakkab patologik jarayon bo‘lib, bunda tish to ‘qi- 
malari tez yoki sekin yemiriladi va tishda zararlangan bo‘shliq — 
kovak hosil bo‘ladi. Hozirgi vaqtda kariyesning kelib chiqishi 
haqida bir necha yuz nazariyalar bor. Kariyesning uch xil 
tasnifi mavjud: anatomik, topografik va klinik. Anatomik tasnifga 
asosan, em al kariyesi, d en tin kariyesi, sem ent kariyesi 
farqlanadi. Topografik tasnif xastalik chuqurligiga asoslangan: 
dog‘ shaklidagi kariyes, yuza kariyes, o ‘rta kariyes, chuqur 
kariyes. Klinik kechishi bo‘yicha o ‘tkir va surunkali bo‘ladi. 
Shuning uchun ushbu tasnifdan foydalaniladi.
Kariyes kovaklari Blek tasnifiga asosan V ta sinfga bo ‘linadi. 
I sinfga kichik va katta oziq tishlaming fissuralari, tabiiy izlarda 
joylashgan kariyes kovaklari kiradi. II sinfga premolyar va 
molyarlaming kontakt yuzalarda joylashgan kariyes kovaklari 
kiradi. Ill sinfga qoziq va kesuv tishlaming kontakt yuzalarida 
kariyes kovagi joylashgan b o ‘lib, kesuv qirraning butunligi 
saqlangan b o ‘ladi (9-rasm). IV sinfda kariyes kovagi qoziq va 
kesuv tishlaming kontakt yuzasida joylashgan b o ‘lib, kesuv 
qirra burchagining butunligi buzilgan bo‘ladi. V sinfga tishlaming 
vestibulyar va oral yuzalarining b o ‘yin qismida joylashgan 
kariyes kovaklari kiradi.
43


g)
d)
9-rasm. Blek bo'yicha kariyes kovaklari tasnifl: a—
sinf, 
6—II 
sinf, 
v—III sinf, g— IV sinf, d—V sinf.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin