Tish kariyes kovagi chaxlanayotgan paytda qo‘qqisdan pulpa
bo‘shlig‘i ochilib qolgan (travmatik pulpit) taqdirda, kariyes
kovagiga so‘lak tushiraiaslikka harakat qilish zarur. Tezlik bilan
kovakni b iro r iliq an tiseptik vosita b ilan yuvib quritib,
jarohatlangan sohaga kalsin yoki kalmitsin pastasidan surtiladi.
Kariyes kovagi suvli dentin bilan vaqtinchalik berkitiladi.
Jarohatlangan tish 5—7 kun mobaynida bolani bezovta qilmasa,
ikki n с
h i qatnovda vaqtinchalik plombani doimiy plomba bilan
almashtiriladi (chuqur kariyes davosiga qaralsin).
0 ‘tkir pulpitda birinchi murojaat paytida tish kariyes kovagi
birmuncha kengaytirib ochiladi. Kovak tub sathidagi yumshoq
dentin 3—4%li dikainning suvdagi eritmasi bilan yoki anestezin
kristallari yordamida 2—3 minut mobaynida og‘riqsizlantiriladi.
Shundan keyin kariyes kovagi tub sathi va devorlaridan
jarohatlangan dentin to ‘qimasi qavatma-qavat ko‘chiriladi.
Tish koronka b o ‘shlig‘i kichik sharsim on bor yordam ida
ehtiyotkorlik bilan ochiladi. Bu hoi um um iy o ‘tkir diffuz
pulpitda yallig‘langan pulpa kovagida yig‘ilgan ekssudatning
oqib chiqishini va bir qadar pulpa to ‘qimasida (qo‘yilgan
davolovchi plomba ta ’sirida) tiklanish jarayonlarini ta ’minlaydi.
Qisman (chegaralangan) o ‘tkir pulpitda koronka bo‘shlig‘ini
ataylab ochish shart emas. Yallig‘lanish natijasida hosil b o ‘lgan
pulpa b o ‘shlig‘idagi ekssudat shakllanmagan b o ‘lib, anchagina
keng ildiz kanallari orqali sizib oqib, pastga tushishi mumkin.
Yupqa dentin qavati dentin yo‘llari orqali kovakka qo‘yilgan
dori diffuz yo‘li bilan yallig‘langan pulpaga bemalol o ‘tib,
ta ’sir ko‘rsatadi (11-rasm).
Dostları ilə paylaş: