Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova


Singan jag‘ suyaklarini mustahkam ushlab



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Kasalliklari

Singan jag‘ suyaklarini mustahkam ushlab 
turadigan apparatlar
Urush vaqtida jag‘-yuz jarohatlarini davolashda transport 
shinalari, ba’zan esa ligatur bog‘lovlari qo‘llanilgan. Transport 
shinalaridan eng qulayi qattiq iyak sopqonidir. U yon tomonida 
bolishi bor bosh bog‘lovi, plastmassadan tayyorlangan iyak 
sopqoni va har tomonga 2—3 tadan qo‘yilgan rezina tortmadan 
iborat. Standart transport shinalariga yana singan yuqori jag‘ 
bo lak larini mahkamlash uchun og‘iz tashqarisida turadigan 
richagli shisha qoshiq ham kiradi; uni boshdagi bog‘lovga rezina 
tasma yoki dokalar bilan tortib qo‘yiladi, bunda shina-qoshiq 
qimirlamasdan mahkam turishi uchun uning ichiga yumshatil- 
gan stens yoki guttapercha yupqa qilib qo‘yiladi.
Milk ustiga qo‘yiladigan nishab tekislikli plastinka shina pastki 
jag‘ burchagi va tepaga ko‘tariluvchi tarmog‘i sohasidagi sinish - 
lami davolashda keng qo‘llaniladi. Yuqori jag‘dagi sinishlar 
ham og‘izdan tashqarida turadigan richaglari bo‘lgan plastinka shina
91


yordamida davolanadi. Bu richaglar rezina tortqichlar yordamida 
boshdagi bog‘lovga mahkamlab qo‘yiladi. Bu shinadan singan 
yuqori va pastki jag‘lam i bir vaqtda davolash uchun ham 
foydalanish mumkin. Bunday hollarda mazkur shinaga yuqoriga 
qarab to ‘g‘ri burchak ostida qayirib qo‘yilgan changaksimon 
halqachalar yopishtirib qo‘yiladi va ular rezina halqalar o ‘matish 
hamda pastki jag‘ siniqlarini tortib qo‘yish uchun xizmat qiladi. 
Pastki jag‘ siniqli tishlarga aluminiy simdan yasalgan, changak­
simon halqachalari pastga qayirib qo‘yilgan shin alar o ‘matiladi.
PASTKI JAG‘NING CHIQISHI
Pastki jag‘ning chiqishi og‘iz haddan tashqari katta ochil- 
ganda: esnaganda, tish oldirilganda, ayniqsa pastki jag‘dagi katta 
oziq tishlar oldirilganda, m e’daga zond yuborilganda, og‘izni 
og‘iz kengaytirgich bilan ochishda, pastki jag‘ tanasiga zarb 
tekkanda va shu kabilarda yuz beradi.
Eng keng tarqalgan chiqishlardan biri, oldinga chiqish, 
bunda bo‘g‘im boshchasi bo‘g‘im do‘mbog‘idan sirpanib o ‘tib, 
uning oldida turib qoladi, bu holat bo‘g‘im yon boylamlarining 
tarangligi va chaynov m uskullarining reflector qisqarishi 
natijasida ushlanib turadi.
Jag‘lami kuch bilan joyiga solishda b o ‘g‘im boshchasini 
b o ‘g‘im d o ‘mbog‘idan orqaga surishdan iborat. Bemor stul 
yoki kresloga o ‘tkaziladi. Yordam beruvchi bosh barmoqlarini 
sochiq bilan o ‘rab, pastki ja g ‘dagi katta oziq tishlam ing 
chaynov yuzasiga, bunday tish lar b o ‘lm asa — alveolyar 
o ‘siqqa qo‘yadi. Bemorga yarim suyuq ovqatlar tavsiya qilinadi.
Jag‘ning orqaga chiqishi juda kam uchraydi. Unga ko‘pincha 
iyakka qattiq zarb tushishi sabab b o ‘lishi mumkin. Bunday 
chiqishda bemorning og‘zi yumilgan, pastki jag‘ esa orqaga 
surilgan. Bunday chiqishni joyiga solishda pastki jag‘ni oldinga 
va ayni vaqtda pastga tortiladi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin