qanday ta’sirlardan susayadi, og‘riqning davomiyliligi aniqlanadi.
So‘rov dastlabki tashxisni aniqlashda muhim o ‘rin tutadi.
Ko‘rik
Ko‘rik obyektiv teksliiruvning birinchi bosqichi bo‘lib, u
yaxslii yoritilgan sharoitda amalga oshirilishi lozim. Ko‘rik tashqi
ko‘rikka va og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigiga bo‘linadi.
Tashqi ko‘rikda bemor yuz terisining rangi, yuz assimet-
riyasi bor-yo‘qligi aniqlanadi. Og‘iz b o ‘shlig‘i ko‘rigida tishlar,
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi ko‘zdan kechiriladi.
Og‘iz b o ‘shlig‘i ko‘rigi aw al tish qatori jipslashtirilgan
h o la td a b o sh la n a d i. B u nd a la b lar k o n tu ri, ran gi, lab
burchaklarida patologik o ‘zgarishlar b o r-y o ‘qligi k o ‘zdan
kechiriladi. Lablarni k o ‘rikdan o ‘tkazilgandan so‘ng og‘iz
dahlizi tekshiriladi. Og‘iz b o ‘shlig‘i shilliq pardasining rangiga,
milk so‘rg‘ichining shakliga, patologik milk cho‘ntagi bor-
yo‘qligi, milk usti va milk osti qattiq karashlari bor-yo‘qligiga
e ’tibor beriladi. N orm al holatda lunj, og‘iz b o ‘shlig‘i tubi,
milklar, qattiq tanglay nam , och -pu sh ti rangda b o ‘ladi.
Patologik protsesslar natijasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida
o ‘zgarishlar sodir b o ‘ladi: rangi o ‘zgaradi, shishlar hosil
bo‘ladi, patologik milk cho‘ntaklari paydo bo ‘ladi va hokazo.
Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigini o ‘tkazayotganda hamma tishlarni
ko‘rikdan o ‘tkazish zarur. Bunda kariyes kovagi borligi, uning
o ‘lcham i, joylashgan yuzasi, a w a l davolanganligi, rangi,
qimirlash darajasi aniqlanadi.
Tishlar ko‘rigi stomatologik oyna va zond yordamida amalga
oshiriladi. Tishlarni ko‘rikdan o ‘tkazish m a’lum tartibda amalga
oshirilishi kerak. K o‘rikni aw al o ‘ng yuqori jag‘ning mo-
lyarlaridan boshlanadi va chap molyarlarda tugatiladi. So‘ng
pastki chap molyarlardan boshlanadi, o ‘ng pastki molyarlarda
tugatiladi. H ar bir tishning barcha yuzasi ko‘rikdan o ‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: