Kandidozni profilaktika qilish maqsadida og‘iz b o ‘shlig‘i
gigiyenasi qoidalariga rioya qilish va an tibiotiklar bilan
davolaganda nistatinni yoki levorinni 1500000 ED dan kuniga
qabul qilish lozim.
Davolash: qo‘zg‘atuvchiga ta ’sir qilish, umumiy yo‘ldosh
kasallikni davolash, organizm ni
kasalliklarga qarshiligini
oshirish, o g ‘iz b o ‘sh lig ‘ini sanatsiya qilish. Z am b u ru g 1
qo‘zg‘atuvchiga ta ’sir qilish uchun 20 % li natriy boratning
glitserinli, lyugolning glitserinli eritmalari ishlatiladi. 5% li
levorin, 0,5 % li depolin surtmalaridan foydalaniladi.
0 ‘TKIR GERPETIK STOMATIT
0 ‘tkir gerpetik stomatit tez yuquvchan b o ‘lganligi
uchun
immun holati shakllanib bo‘lmaganlar orasida ko‘p uchraydi.
Infeksiya aloqa va havo tomchi yo‘li orqali yuqadi.
Organizmning umumiy zaharlanishi va kasallikning mahalliy
belgilarining yuzaga kelish darajasiga qarab, kasallik yengil,
o ‘rta va og‘ir shakllarda uchraydi.
Bolada tana harorati 40°C gacha ko‘tariladi, kuchsizlanadi,
boshi og‘riydi, ishtahasi yo‘qoladi, ko‘ngil
aynash va qusish
kabi holatlar kuzatiladi. Jag‘ osti limfa tugunlari kattalashadi.
Tana harorati ko‘tarilayotgan vaqtda, shilliq qavat qobi-
g‘ida qizarish va shish kuzatiladi: pufakchalar tezda yoriladi,
ulaming o ‘m ida 0,5—1
sm kattalikdagi aftaga o ‘xshash nekrozli
eroziya paydo bo‘ladi. Labdagi toshmalar
tezda qoplam bilan
qoplanadi, kasallikning og‘ir formalarida toshmalar yuz terisida
ham paydo bo‘ladi.
0 ‘tkir gerpetik stom atitning aniq belgilaridan biri, bu
so‘lak ajralishining kuchayishi, so‘lakning quyqalashishi, og‘izda
hid paydo b o ‘lish holatlari kuzatiladi.
Tashxis kasallikning klinik ko‘rinishi va epidemiologiyasi
asosida qo‘yiladi.
Davolash:
mahalliy davolash, ya’ni virusga qarshi davo
o ‘tkazish kerak. Buning uchun oksalinning 0,25—1 % li,
tebrofenning 1—2 % li, geliom itsinning 1 % li mazlari,
interferon, prodigiozon va boshqa aralashmalar surkaladi. Bu
dori vositalari kuniga 3—4 marta surkaladi.
Kasallik belgilari so‘nayotgan vaqtda kuchsiz antiseptik va
keratoplastik vositalami qo‘llash mumkin.
72