Tarix kafedrasi



Yüklə 177,33 Kb.
səhifə10/11
tarix02.02.2022
ölçüsü177,33 Kb.
#114015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
XULOSA VA TAVSIYALAR

Tarix xalqqa saboq va ma’rifat beradi. Tarixni o‘rganmasdan turib kelajakni anglab bo‘lmaydi. Har bir inson har bir xalq o‘z o‘tmishi va kechmishini ajdodlari tomonidan yaratilgan tarixiy kitoblarni singchiklab o‘qish va mutolaa qilish orqali bilib oladi. Tarix inson aql-idroki va tafakkurining shunday har bir nodir va mo‘‘jizakor mahsulidirki, uning ma’naviy qudrati va yordami bilan biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga hambu hamnafas bo‘lamiz. O‘tib ketgan asrlar silsilasini butun hayajonlari, qurashlari va ziddiyatlari bilan ko‘z o‘ngimizda gavdalantiramiz. Inson tarixdan ta’lim-tarbiya oladi. Tarix saboqlaridan o‘ziga tegishli xulosa chiqara olmagan, kechagi kunini yaxshi bilmagan, millatning kegusi qismati qanday bo‘lishi o‘z-o‘zidan ravshan.

Tarixda shunday kishilar bo‘ladiki, ularning nomi zamonlar osha el ardog‘idan tushmaydi. CHunki ular xalqining baxtu saodati, farovon xayoti uchun jonlarini fido qilganlar. Ana shunday fidoiy insonlardan biri Fayzulla Xo‘jaev edi.

O‘zbek xalqining otashin farzandi F.Xo‘jaevning bosib o‘tgan hayot yo‘lida juda murakkab. U o‘z boshidan qonli janglar, adolatsizliklarni kechirdi. Umrining so‘nggi daqiqalarigacha mamlakat ozodligi, mustaqilligi, farovon hayoti uchun katta fidoiylik ko‘rsatgan. Afsuski u haqsizlik qurboni bo‘lib, qatag‘on yillarida erta xazon bo‘ldi. U haqiqat tantanasi yo‘lida yangilik uchun kurashgan “Jadidlar partiyasi”ga keyinchalik “YOsh buxoroliklar” partiyasiga kirib, o‘z xalqining ozodlikka olib chiqishi, chor Rossiyasiga qarashlikdan amirlik tuzumining istibdodidan qutqarish uchun kurashdi. Bu harakati 1920 yil 2 sentyabrda Buxoro xalq Respublikasi tuzilishi bilan yakunlanadi.

U 24 yoshdayoq Buxoro Xalq Nozirlar Kengashining raisidek yuksak lavozimni egallab, uni muvaffaqiyatli boshqardi. Ayni bir vaqtda Buxoro Xalq Respublikasining Moskvadagi doimiy xalq vakili, Butun ittifoq Markaziy ijroiya Komitetining raislaridan biri, harbiy inqilob Kengashining a’zosi –kamandori, generalga teng g‘arbiy unvon egasi edi. F.Xo‘jaev O‘zbekiston Respublikasining ishchi dehqon hukumatiga 12 yil davomida boshchilik qilib, O‘zbekistonni har jihatdan yuksalishi uchun kuch g‘ayrat sarfladi.

Uning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib ma’rifatparvar davlat arboblaridan edi. F.Xo‘jaev tashabbusi bilan Respublikada qator oliy o‘quv yurtlari, jumladan Toshkentda 1933 yilda sovet qurilishi va huquq instituti, paxta ilmiy tekshirish instituti va bir qator pedagogika oliy o‘quv yurtlari tashkil etilgandi. O‘zbekiston F.Akademiyasining muxbir a’zosi, yirik huquqshunos olim O.Eshonov F.Xo‘jaevning hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi ocherkda uning publitsist sifatida ham boy meros qoldirganini aytadi.

YUrt farzandi, Vatan o‘g‘loni F.Xo‘jaev eng avvalo butun turkiston mehnatkashlarining ilm ma’rifat ziyosidan bahramand qilmoq, o‘lkada islohat asosida mamlakatni demokratik asosida idora qilish, boshqarish tarafdori bo‘lgandi. U uzoq yillardan buyon Markaziy Osiyo Turkiston xalqlarining tutqunlik asoratida saqlab kelayotgan Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash bayroqdori bo‘ldi. F.Xo‘jaev g‘oyadosh do‘stlari qatori qizil imperiya nasrongbozlari –balsheviklarning yolg‘on va’dalariga ishondi, ularga ergashdi. Xalq ozodligi, Vatan istiqloli uchun kurashga bel bog‘lagan F.Xo‘jaev va uning tarafdorlari SHarq xalqlariga ham hurriyat keltirmoqchi bo‘lgan. Qizil imperiya dahiylari, inqilob bosqinchilarining xatti-harakatlariga ishonchsizlik bilan qaragandilar. F. Xo‘jaev va millatning Vatanning asl qahramonlari, fidoiylari “milliy taraqqiy” “SHuroi Islom” “Ittihodi va taraqqiy” va boshqa taraqqiyotlarda faoliyat ko‘rsata boshladilar. Buxoroda va butun Turkistonda ozodlik uchun, istiqlol uchun kurash tashkilotning rahbarlari ko‘zga ko‘ringan namoyondalari M.Behbudiy, M.Abdurashidov, U.Xo‘jaev, A.Fitrat, F.Xo‘jaev, Abduqodir Mirzo Muhiddinov, Muinjon Aminov, Sa’dulla Tursunxo‘jaev, Ota Xo‘jaev , A. Avloniy, Qori Yo‘ldosh, Abduraim YUsufzoda, Sattor Xo‘jaev, Imomjon Xidirillaev, Muxtor Saidjonov, Abduvohid Burhonovlar imkon qadar tatalitar sovet tuzumiga qarshi bordilar. Lekin milliy ozodlik, istiqlol uchun kurashuvchi yurt farzandlari Vatan fidoiylarining taqdirlari achchiq fojeali bo‘ldi. Xalqimizning asl farzandlari, Vatanning istiqlolning milliy qahramonlari Qizil imperiyachilik maxsus sudlar maxsus komissiyalar uchliklar va boshqa jazo organlari, chig‘irig‘idan o‘tgandilar. Sovet tuzumi davrida aksil istibdod yo‘lini tanlanganlar, “aksil inqilobchi” tamg‘asi bilan otilganlar. Sibirga surgun qamoqlarga azob berib o‘ldirganlar. F.Xo‘jaev va uning tarafdorlari sovetlarning mehnatkash xalqning boshi berk kuchadan olib borayotgan siyosatiga tubdan qarshi edilar. U qizil armiyani Buxoroda turmushiga qarshi edi.

SHu jihatdan olib qaralganida ham bugungi kunda Buxoroda bobolarimizning bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borilgan kurashlari juda katta ahamiyat kasb etadi. 1991 yilning 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishilganligi ajdodlarimizning sovet rejimiga qarshi uzoq vaqt davomida olib borgan qonli kurashlarning mantiqiy yakuni, tarix hukmi bo‘ldi.

Ushbu bitiruv malakaviy ish mavzusida ko‘tarilgan masalalar va bu muammolarni echish yo‘llari va erishilgan natijalar o‘ylaymanki ahamiyatlidir. SHu maqsadda men o‘zimning bir necha tavsiyalarimni berib o‘tmoqchiman:

-Buxoro tarixini mukammal bilish va ongli anglashni kuchaytirish uchun maktabdagi tarix fanlaridagi ushbu mavzuga e’tiborni ko‘paytirish kerak.

-O‘quvchilarga Buxoro tarixini o‘rganishda Buxoro mahalliy tarixchilarining asarlarini qanchalik ahamiyat ekanligini tushuntirish maqsadida taqqoslash, qiyoslash va turli xil musobaqa ko‘rinishdagi dars shakllaridan foydalanib o‘rganilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

-O‘rta maxsus talim dargohlarida va Oliy o‘quv yurtlarida talabalari ongida milliy g‘urur, ona Vatanga bo‘lgan yuksak hurmat, vatanparvarlik kabi tuyg‘ularni o‘sdirishda ushbu mavzuda seminarlar, konferensiyalar va ko‘rik tanlovlar o‘tkazilib turilsa yaxshi bo‘ladi. Bundan tashqari oliy o‘quv yurtlari kafedralari qoshida tashkil etilgan iqtidorli talabalarning to‘garaklarida ushbu masalalarga ko‘proq vaqt ajratishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.




Yüklə 177,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin