Bitiruv-malakaviy ishimning tuzilishi kirish, 4 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, hajmi sahifani tashkil etadi.
1-bob. Buxoroda taraqqiyparvarlik harakati tarixshunosligi va Fayzulla Xo‘jaev
1.1. Buxorodagi jadidchilik harakati tarixini o‘rganishda F.Xo‘jaev asarlari va maqolalarining ahamiyati
O‘zbekiston tarixining shunday ajoyib sahifalari borki, ular uzoq vaqtlar mobaynida unutilib, yohud kommunistik mafkura aqidalarga moslashtirish uchun noto‘g‘ri talqin etib kelindi. Jadidizm tarixi ana shular jumlasidan bo‘lib faqatgina yangi davr – mustaqillik davriga kelib xolisona tahlil qilishga muvaffaq bo‘lindi. Ma’lumki, jadidchilik Markaziy Osiyo qit’asida Osiyo va Ovro‘padagi ilg‘or islohotlar oqimi ta’siri ostida XIX asr oxiri - XX asr boshlarida vujudga keldi va ijtimoiy taraqqiyotda burilish bosqichini belgilab berdi.2 Milliy ziyolilar ilg‘or taraqqiyparvar kuchlar Rossiyaga yarim qaram bo‘lgan Buxoro va Xiva xonliklaridagi inqirozli ahvolni, bu o‘lkalarning umumjahon taraqqiyotidan tobora ortda qolayotganini, mahalliy aholining erk uchun olib borgan kurashlarning bostirilish sabablarini chuqur anglab etdilar.
Bu esa ularning ongida jamiyatni isloh etish g‘oyalarini uyg‘otdi, busiz taraqqiyotni tasavvur ham etib bo‘lmas edi. Vatanimizdagi bu islohotlarning harakati tarixiy jihatdan qiyin va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Jadidchilik turli mamlakatlardagi islohotchilik harakatining falsafiy tajribasini tanlab oldi va uni milliy asosda qayta ishlab chiqishga intildi. Mustamlakachilikka qarshi kurashning asosiy g‘oyasi ana shu murakkab yo‘lda shakllanib etildiki, uni biz bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlarning g‘oyaviy nishonasi, keng miqyosdagi islohotlarning asosiy sifatida baholashimiz mumkin.
Markaziy Osiyo jadidchilik serqirra bo‘ldi. Uning asosiy oqimlaridan biri Buxoro jadidchiligi edi. Buxoro jadidchiligi o‘z rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lib, u amirlikdagi iqtisodiy siyosiy hamda jamiyatning axloqiy ahvoli bilan bog‘liq edi. Buxoro jadidchiligida F.Xo‘jaev va uning maslahatdoshlari markaziy o‘rinni egallardi.3
F.Xo‘jaev jadidchilikdek noyob tarixiy hodisaga aloqadorligi tufayli u bir necha o‘n yilliklar davomida hatto turg‘unlik yillarida ham e’tibordan chetda qolmadi.4
Jadidchilik uning mamlakat ijtimoiysiyosiy taraqqiyoti ta’siriga baho ilk bor, F.Xo‘jaevning “Jadidlar” nomi bilan chop etilgan maqolasida berilgan edi.
Bu maqolada SHarq musulmon davlatlaridagi jadidchilikning umumiy tavsifi va uning Buxoro jadidchiligining yuzaga kelishiga ta’siri ko‘rsatib berilgan edi. bu o‘rinda u Turkiya, Eron, Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan inqiloblarga, milliozodlik harakatlariga, Rossiyadagi 1905 yilgi qo‘zg‘olonning ta’siriga, Buxorodagi jadidlarning islohot g‘oyalarini uyg‘otgan ichki turg‘un ijtimoiy iqtisodiy ahvoliga to‘xtalib o‘tadi.
Maqola muallifi har qanday g‘oyaviy ta’sirlardan xoli bo‘lib, jadidlarga ijtimoiy ta’rif berishga ularning dasturi va ijtimoiy tarkibini tahlil etishga nihoyatda xolisona yondashadi. U jadidchilikning davriy chegaralarini aniq ko‘rsatib beradi.
F.Xo‘jaev fikricha jadidchilik yosh buxoroliklar partiyasi tashkil topishi bilan tugaydi. YOsh buxoroliklar partiyasi dasturi jadidlarning radikal maqsadlaridan farq qilib, o‘z oldiga amirni ag‘darish va Buxoroda inqilob qilish vazifasini qo‘ygan edi., degan fikrni bildiradi. 5
F.Xo‘jaevning “millatchilik xarakteridagi g‘oyaviy xato”larning tanqidga qo‘shilgan so‘nggi hissa VKT(b) M.K. O‘rta Osiyo byurosi kotibi YA.K. Baumanning Toshkent shahar partiya anjumanida so‘zlagan nutqi bo‘ldi. F.Xo‘jaevni tanqid qilish 6 yil davom etdi. U asarni qayta ishlashga majbur bo‘ldi va asar o‘zgartirishlar bilan 1932 yilda chop etildi. F.Xo‘jaev asarning kirish qismini va xulosasini qayta ishladi va unga Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi ahvol hamda O‘rta Osiyoda milliy-ozodlik chegaralari masalalarini kiritdi. Natijada jadidchilik quyidagicha bolshevikcha baho oldi: jadidlarning xizmatlari bor, biroq ular aksi inqilobchi boylar va quloqlarning pozitsiyasini egallab “kapitalning sodiq malaylari bo‘lib qoldilar” F.Xo‘jaev xulosani o‘zgartirilsada asosiy mohiyatni saqlab qolishga uringan. Asarning birinchi nashri 60 yildan ortiq davr mobaynida kutubxonalarning maxsus bo‘limlarida saqlanib, keng kitobxonlar ommasiga tavsiya etish ta’qiqlangan.
Bugungi kunda bu asar mamlakatdagi ijtimoiysiyosiy tafakkur hamda milliy taraqqiyot uchun harakatlar tarixini o‘rganishda beqiyos ahamiyatga egadir. Uning qimmati asar muallifi ham SHarq ham Ovrupa ta’limini olgan yuksak salohiyat egasi bo‘lib va shu tufayli Buxoro turmushi va hayotining milliy an’anaviy va diniy xususiyatlari belgilanadigan shart-sharoitlarini hisobga olgan holda Evropacha taraqqiyotning ustunligini anglab etgan jadidlarni to‘g‘ri tushungani bilan belgilanadi.6 F.Xo‘jaev bu harakatning eng yosh a’zolaridan bo‘lib Moskvada o‘qishni tugatib, 1912 yilda Vataniga qaytib kelgach ish boshladi. U jadidchilikka bu harakat ma’rifat maktablari va to‘garaklaridan kuchli ilg‘or tashkilotga aylanganda kirib keldi. F.Xo‘jaev aholi o‘rtasida maorif bo‘yicha keng tashviqot yuritish bilan ish boshlab tez orada jadidchilik sardorlaridan biri bo‘lib qoldi. U jadid tashkilotining muntazam ravishda qayta saylanib turadigan Markaziy Komitetning har bir tarkibiga kirgan Safdoshlari unga ishonch bilan qarab, hurmat qilganlar va qadrlaganlar. F.Xo‘jaev ikki marotaba amir saroyiga yuborilgan delegatsiya tarkibiga kiritilgani hamshundan dalolat beradi. Bu delegatsiyalar rus rezidenti Miller va amir bilan muzokara qilish uchun yuborilgan edi. lekin F.Xo‘jaev o‘z faoliyatini kamtarona boholab, jadidchilikning tashkil topishi va rivojlanishda A.Fitrat, Abdul Vohid Burxonov, Muhiddin Rafaat, Musa Saidjonov, Usmon Xo‘jaev kabi shaxslarning rolini yuqori baholaydi.7 U Buxorodagi jadidchilik tarixi haqida yozishni uzoq vaqt rejalashtirib yurgan. Uning bu maqsadini amalga oshishi S.Ayniyning xotiralar ko‘rinishida yozilgan “Buxoro inqilobi tarixiga doir materiallar kitobi chop etilgach tezlashdi. U muallifning ayrim qarashlarini ma’qul topmadi. F.Xo‘jaev bo‘lib o‘tgan ijtimoiy tarixiy voqealarni chuqur ilmiy asosda, hujjatlarni jalb etgan holda yozish lozimligini tushunib etdi. U Sadriddin Ayniy asarini tarixiy psixologik esse sifatida yuqori baholasa, undagi jadidchilikni bolshevizm bilan bir qatorda uning ajralmas qismi sifatida baholanishga qarshi edi. F.Xo‘jaev bolshevizmga tilyog‘lamalik qilmadi. G.Turkestanskiy so‘zi bilan aytganda o‘zining bu qarashlari bilan u bolshevizm va jadidchilik o‘rtasiga aniq to‘siq qo‘ydi. Haqiqatdan ham bolshevizm, jadidchilikdan maqsadi, mohiyati bilan tubdan farqlanar edi.8
F.Xo‘jaev Buxoroda jadidchilikning yuzaga kelishiga xonlikning iqtisodiy negizi, jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lib turgan “g‘ayritabiiy va dahshatli tartibsizliklar sabab bo‘lgan – degan fikrni bildiradi. Ayni paytda muallif Buxoro O‘rta Osiyoning eng markazida , qadimiy savdo yo‘llarining tutashgan erida joylashganini aholining ko‘p qismi savodsiz bo‘lsada yuksak arab-fors madaniyatining izlari har qadamda uchrab turganini yaxshi tushunib etgan. Ana shunday salbiy vaijobiy vaziyatlar uyg‘unlashib ketgan sharoitda Buxoro amirligi jadidchilik vatani bo‘ldi.9 Har qanday ajablanarli bo‘lmasin F.Xo‘jaev fikriga aynan shu sabablar bilan O‘rta Osiyoni banklar, dehqonlardan xom-ashyo sotib oluvchi savdo kontoralari qoplab olgan va O‘rta Osiyoga o‘z manufakturasi va boshqa fabrikatlarni keltirayotgan rus kapitalizmi tobora kuchayib jamiyatning ilg‘or qismini uylantirib qo‘ygan va jadidchilikka sabab bo‘ldi.10 Buxorodagi mavjud boshqaruv tizimi va iqtisodiyot sohasida o‘zgarishlar yuz berishi jamiyatning tadbirkor savdogar qismini og‘ir ahvolga solib qo‘ygan. SHu tufayli “jadidchilik savdogarlar sinfining ilg‘or qismi manfaatini ifoda etgan”. Qishloq quloqlari, bir tabaqa past turgan kichik er egalari islohot ta’siriga berilmadilar, chunki ular eng serhosil bo‘lgan erlarga ega bo‘lib, iqtisodiy jihatdan mustaqil va erkin edilar. Ularning ta’sirida bo‘lgan dehqonlar betaraf va sust munosabatda edilar “jadidlaring ko‘pchiligi moddiy jihatdan o‘rta va kam ta’minlangan ziyolilar va mayda burjua vakillari diniy maktab talabalari, mayda amaldorlar bo‘lib, mayda do‘konlar edi, ular orasida yirik savdogarlar ham bor edi. Biroq ular kamchilikni tashkil etadi, tashkilotda o‘zlari faoliyat ko‘rsatmagan bo‘lsalarda, moddiy jihatdan ular ta’minlanganlar. Masalan, Mulla Ikrom (Mulla Ikrom o‘sha davrdagi Buzoro avlodini tanqid ostiga olgan risolasi bilan yaxshi tanish). Biroq partiya asosan shahar o‘rta hollari partiyasi edi, bdeb yozgan edi F.Xo‘jaev. Fikrimizcha, F.Xo‘jaevning jadidchilikda savdogarlar roli haqidagi xulosalari nihoyatda to‘g‘ri. Savdogarlar savdo kapitalini rivojlantirish uchun Buxoror taraqqiyotini evropalashtirish va u erda oddiy huquqiy normalarini qaror toptirish zarurligini tushunar edilar. O‘sha davrdagi Buxoro amirligidagi ahvol bunday sharoit yaratib bera olmas edi. SHuning uchun savdogarlar muxolifiyatga moyil bo‘lib, jadidlar harakatiga qo‘shilib uni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlar edilar. Ular Kolesov voqealaridan so‘ng yuz bergan qatag‘onlardan qo‘rqib, amirga qarshi edilar. CHunki ular F.Xo‘jaev iborasi bilan aytganda, bu kurash biror narsaga erishishdan ko‘ra ko‘proq yo‘qotishlari mumkin edi. Ular ommaviy harakatdan cho‘chirdilar, biroq busiz inqilob muvaffaqiyat qozona olmas edi. kapital manfaatlariga zarar etkazmaydigan umumxalq qo‘zg‘olon ularning rejalariga kirmagan edi. ular uchun qisman islohotlar etarli bo‘lib, inqilob kerak emas edi. Ularning jadidchilikdan ketish tashkilotni anchagina tayanchdan mahrum qilib harakatni susaytirdi”.11
F.Xo‘jaevning fikricha, jadidchilik Buxoroda Turkistonga qaraganda kechroq yuzaga kelgan bo‘lsada, jamoat hayotidagi og‘ir muhit uning taraqqiyotini tezlashtirdi va bu harakat 1915 yildan boshlab madaniyatdan siyosatga qarab yo‘l tutdi. U Buxoro jadidlarning publitsistik va badiiy asarlarida ko‘zga tashlanadi. F.Xo‘jaevning Fitrat asarlari adabiy qimmatga ega bo‘lib qolmay tashviqot uchun ham qimmatli edi degan fikriga qo‘shilib, shuni qayd etish lozimki, Turkiston jadidlarning xususan Behbudiyning maqola va asarlarining tanqidiy kuchi bundan kam emas edi. S.Ayniydan farq qilib F.Xo‘jaev jadid maktablarning siyosiy ahamiyatini ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikriga bu maktablar o‘quvchilar va ularning ota-onalari orasida yangilikni targ‘ib qilish bilan birga hukumatga qarshi muxolif kayfiyatning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Tarixning ko‘rsatisha, jadidchilik harakatida orqaga qaytish yo‘q edi: ma’rifatchilik va tor doiradagi madaniylashtirishdan ish boshlab, u siyosiy harakatni va uni boshqarishni qayta qurishdek vazifalarni qo‘ydi.12 Masalan jadidchilik Tataristonda “Musulmon ittifoqi”, Turkistonda “SHuroi Islomiya” va boshqa partiyalarni, Buxoroda yosh buxoroliklar partiyasini yuzaga keltirdi.
Biroq siyosiy talablar shu partiyalar paydo bo‘lgandan keyingina qo‘yila boshlandi deb hisoblash xato bo‘lur edi. 1910 yildan keyin jadidchilik harakati tashkiliy tus olgach jadidlarning eng ilg‘or qismi orzusida uning programma maksimumida asosiy o‘rin tutgan g‘oya, Buxoroda g‘arb namunasida kapitalizm va demokratiyani rivojlantirish edi.” F.Xo‘jaevning o‘zi ham bu g‘oyalarga xayrixoh edi.
1926 yilda chop etilgan asarida bayon etilishicha, demokratiya va kapitalizmni birga tasavvur etishga o‘sha yillar vaziyati va ildiz olgan bolshevikcha tushunchalar xalal bera olmagan.13
Jadid tashkilotlarining maqsadlari kengayib siyosiy tus olganligining sababi ikkita edi: birinchidan 1914-1915 yillarda jadidchilik boshidan kechirgan inqiroz, gazetalar va yangi usul maktablarning bilimsizlik va g‘aflatga qarshi kurash faoliyatini kengaytirishga yo‘l bermasligi jamiyatda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmasligini ko‘rsatdi; ikkinchidan jadidchilik xarakatiga xorijda o‘qib, chet eldagi milliy taraqqiyparvar harakatlar tadribasini o‘rganib qaytgan buxoroliklar yosh kuch oqimi kelib qo‘shildi. Ular madaniylashtirish doirasida cheklanib qolish bilan qoniqmay aniq siyosiy vazifalar qo‘yishni talab qildilar. Soliqlarni kamaytirish, amaldorlar zulmini cheklash, dehqonlar hayotini engillashtirish, shu talablar jumlasidan edi. 14 Jadidlar bir-biriga zid bo‘lgan ikki oqimga ajraldilar: eski jadidlar va Fitrat boshchiligidagi yoshlar. Natijada o‘zaro kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan birlik yuzaga keldi. Bu esa kelishib olinmagan harakatlarga sabab bo‘ldi. Amir manifestini qo‘llash uchun o‘tkazilgan tinch namoyish quvg‘in etildi va jadidlarga qarshi qatag‘onlar boshlandi. F.Xo‘jaev ana shu so‘l yoshlar guruhiga mansub bo‘lib, keyinchalik ham shu pozitsiyada qoldi. U jadidlarning keksa avlodlaridan farq qilgan holda chiqishlar taktikasini xato hisoblamas edi. S.Ayniyning fikriga “Fitrat va F.Xo‘aev boshchiligidagi so‘l guruh uzoqni ko‘ra olmaganligi va vaziyatni noto‘g‘ri tushunganligi tufayli jadidlar guruhi tor-mor etildi.” YOsh jadidlar vakillariga hurmat va xayrixoxligimiz cheksiz bo‘lsa-da shuni tan olish lozimki, keyingi yillarning tarixiy voqealari shuni ko‘rsatadiki, Abdul Vohid Burxonov, Usmon Xo‘jaev, Muhiddin Rafiq, Musa Saidjonov, S.Ayniy va boshqalar vaziyatni to‘g‘ri baholaganlar, jadidlar aholining asosiy omasi o‘rtasida ta’sirga va kuchga ega emas edilar. Omma konservativ ruhoniylar ta’siri ostida bo‘lib, istalgan vaqtda uning da’vati bilan jadidlarga qarshi ko‘tarilishi mumkin edi. SHunday bo‘ldi ham. Buni anglab etgan “katta avlod” jadidlar inqilobsiz ayniqsa qonli to‘qnashuvlarsiz sekin-asta bosqichma-bosqich o‘tkaziladigan islohotlar tarafdori edilar. Aslida avvaliga manifestatsiya keyin esa Kolesov voqealarining tashabbuskorlari ham qurolli qo‘zg‘olondan qo‘rqmaydigan inqilobiy kayfiyatdagi so‘l jadidlar edilar. Biroq so‘l bo‘xorochilar qiziqqon bo‘lsalarda, tashkilotni ajralib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildilar. Abdul Vohid Burxonovni tashkilot raisi sifatida qoldirdilar. Ular 1917 yil martdagi amir qatag‘onidan so‘ng ahvol keskin o‘zgarganini yaxshi anglab borardilar. “jadidchilikning ijtimoiy bazasi toraydi, chunki savdogar vakillari ketib qoldilar va ularning moddiy yordami ham to‘xtadi. Mulkdorlar kurashdan chetlashdilar. So‘l qanot Markaziy o‘rinni egalladi. Tashkilotning bundan keyingi kengayishi aholining mulksiz tabaqalari hisobiga bordi.... tashkilot zaiflashdi, uning jamiyatga ma’naviy ta’siri ham zaiflashdi” – deb yozgan edi F.Xo‘jaev.15 “Mulkdor sinf” ning jadidchilik taraqqiyotidagi rolini bunday ochiqchasiga tan olish G.Turkestanskiyning yuqorida qayd etilgan taqrizdagi tanqidning asosiy mavzusi bo‘ldi.
1910-1917 yillarda olib borilgan og‘ir mehnat, sabot-matonat va qat’iylik natijasida jadidlar F.Xo‘jaev iborasi bilan aytganda “milliy inqilobni boshqarishga” qodir bo‘lgan yosh buxoroliklarning siyosiy partiyasiga aylandilar. Bu paytda F.Xo‘jaev amirni ag‘darish va inqilobni amalga oshirishda yosh buxoroliklar partiyasi “Sovet Toshkenti” yordamidan foydalanganiga samimiy ishonar edi. Bu masalada asosiy o‘rinni RKP (b) tugani, yosh buxoroliklar esa Buxoroni bosib olishda ularga qo‘shimcha vosita bo‘lganini F.Xo‘jaev ancha kech tushundi, Kolesov voqealarining fojeali mohiyatini yaxshi angladi. Turkiston ASSR XKS raisi Kolesovning Buxoroga 1918 yil martda qilgan yurishi mag‘lubiyat bilan tugagach, 1500 ta jadid va ularga xayrixoxlar qirib tashlandi. 3000 ta turli millat vakillari bo‘lgan begunoh kishilar amir uyushtirgan qirg‘in qurboni bo‘ldilar. F.Xo‘jaev ro‘yirostlik bilan shunday deydi. “Men Markaziy Komitet rahbarlaridan biri sifatida Markaziy Komitetning Kolesov voqealarida yo‘l qo‘ygan xatolariga boshqalardan ko‘ra ko‘proq javobgarman. Men endilikda tushunimcha kamtarona yutuqlarimizga berilib ketib, qurolli qo‘zg‘olon muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid qilganman”.16 Oradan 8 yil o‘tgach F.Xo‘jaev O‘rta Osiyoni to‘la bolsheviklashtirishga ikki markaz xalal berganini tushunib etdi. Bu ikki markaz Turkiston muxtoriyati va Buxoro amirligi edi. F.Xo‘jaev RKP (b) ning bu yo‘nalishidagi siyosatini iloji boricha oshkora sharhlashga harakat qilgan. 1918 yil fevralda Turkistonda bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng amir bilan kurashish vazifasi sovet hokimiyati uchun birinchi darajali vazifaga, kechiktirib bo‘lmaydigan zarur vazifaga aylanib qoldi. CHunki Sovet Toshkentning bevosita dushmani Farg‘ona muxtor hukumati tugatildi. Endilikda barcha kuchlarni amirlikni tugatish uchun bir joyga joylash kerak edi. F.Xo‘jaev kitobidagi Kolesov shaxsiga tegishli quyidagi engil kinoyani senzura sezmagan ko‘rinadi. “Qo‘qon g‘alabasidan mast bo‘lgan Kolesov Buxoro amirligini ham shunday osonlikcha tugatmoqchi bo‘ldi, biroq buning aksi bo‘ldi... engil g‘alabaga ishongan Kolesov ichki kuchlar qarshiligiga e’tibor bermadi. U yosh buxoroliklar yordamida o‘z kuchlari bilan Buxoroni osongina egallashga ishongan edi.”17
F.Xo‘jaev o‘z maqolalari va asarlarida O‘rta Osiyoda milliy inqilobiy harakatga boshchilik qila oladigan kadrlarni tayyorlashda jadidchilik asosiy negiz bo‘lganini bir necha bor ta’kidlab o‘tgan. Uning bu fikr muxoliflarning keskin tanqidiga sabab bo‘lgan. Ularning fikriga “jadidlar milliy inqilobiy harakatga bosh bo‘lganlar”. Turkistonda inqilobga RKP (b) ya’ni VKP (b) boshchilik qildi, jadidlar tarbiyasini olganlar esa keyinchalik VKP (b) yo‘lini ma’lum darajada qo‘llab quvvatlab, uning qatorida element sifatida o‘rin olganlar. Haqiqatdan ham Rossiyadan eksport qilingan inqilob xalqqa begona edi, mahalliy aholi manfaatlariga javob bermasdi. Turkistonda jadidlarning ko‘pchiligi Qo‘qon voqealaridan so‘ng siyosatdan uzoqlashdilar. Buxoroda u bir oz kechroq sodir bo‘ldi, chunki amirlik ag‘darilgandan so‘ngina jadidlar F.Xo‘jaev bilan birgalikda hukumatga rahbarlik o‘rinlarini egalladilar.18 Dastlabki paytlarda sobiq BXSR hukumati asosan jadidlardan iborat edi. Rossiyaning imperiyachilik siyosati milliy mustaqillikka yo‘l bermasligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘ng ularning ba’zilari qarshilik ko‘rsatish lageriga o‘tib ketdilar. Biroq Buxoro Respublikasining keyingi tarixini, undagi rahbarlik, ichki kurash, g‘oyaviy oqimlarni jadidchilik tarixini bilmay turib, tushunish qiyin. CHunki jadidchilik keyinchalik ham voqealar rivojiga va F.Xo‘jaevning tutgan siyosatiga va ishlarga o‘z ta’sirini o‘tkazgandi. Sovet tarixshunosligida F.Xo‘jaev 1920 yildagi Buxoro inqilobidan avval, Moskvada muhojirlikda yurgan kezlarida marksizm-leninzm bilan tanishib, kommunistcha ongi shakllandi” – deb ta’kidlanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, F.Xo‘jaev imkon darajasida prinsipial pozitsiyada bo‘lishga harakat qilgan. Toshkentda tashkil etilgan inqilobiy yosh buxoroliklar partiyasining Markaziy Turkiston byurosi kommunistcha yo‘ldan borishni istamagan. Komunistlar guruhidan farq qilib, Buxorodagi barcha kuchlarning, jumladan kommunistik g‘oyalarini tushunmagan va ularni qabul qilmagan, lekin islohot tarafdorlari bo‘lgan mayda savdogarlar, hunarmandlar, o‘rta va mayda amaldorlardan amirga qarshi kurashda foydalanishga uringanliklari shundan dalolat beradi. 19
Inqilobiy yosh buxoroliklarning Turkiston Markaziy byurosi dasturi RKP (b) dasturi ta’sirida yozilgan bo‘lsa ham yosh buxoroliklar partiyasining poydevori bo‘lgan jadidlar harakatining tarixiy ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tilgan. F.Xo‘jaev bu ikki hodisani – yangi yosh buxoroliklar partiyasi va jadidchilikni bir jarayonini ajralmas bosqichi sifatida ta’riflagan.20 Bu bilan u jadidchilik O‘rta Osiyo xalqlari hayotining barcha sohalaridagi ilg‘or jarayonlarga asos solganini ta’kidlagan. U “eski jadidlar yangi qarashlarini tushunmagani, yangi hayot qurishda ishtirok etmaganidan afsuslanadi. U o‘z kitobining xulosa qismida yangi hukumat haqida salbiy fikr bildira olmagan bo‘lsa ham, jadidchilik haqida ham tanqidiy fikrlar bildirmagan. Uzoq davom etgan tanqidiy xurujlardan so‘ngina asarning ikkinchi nashrida qayd etilgan fikrlar muallifning chin yuragidan bildirmaganini sezish qiyin emas. Nima bo‘lganda ham F.Xo‘jaev jadidchilikka bo‘lgan sodiqligi va muxabbati o‘zgarmadi, tarixchilarga O‘zbekiston tarixi bo‘yicha qimmatli manba qoldirdi.
Buxoroning taniqli savdogari – millioner Ubaydullaxo‘ja o‘g‘li Fayzullaxo‘janing bilimga chanqoqligi, o‘tkir zehni va serg‘ayrat tabiatidan g‘oyat mamnun bo‘ldi. Musulmon maktabida savodini chiqargan. Qur’oni karimni yaxshi o‘qib, domlalarini dong qoldirgan F.Xo‘jaevni Moskvaga olib ketdi. SHu tariqa Fayzulla hayotida yangi sahifa ochildi. 1907-1913 yillar davomida u Moskvada xususiy ta’lim olgan davrda dunyoqarashi ham shakllanib bordi.”21
YOsh yigit Rossiyadagi hayot bilan uning mustamlakasi Buxorodagi hayotni taqqoslay boshladi. Qachonlardir butun sharqda ilm ma’rifat maskani, buyuk allomalarni etishib chiqargan Buxoroi SHarif nega taraqqiyotdan chetda qoldi? F.Xo‘jaev qaytgach ana shu masala ustida bosh qotirayotgan taraqqiyparvar ziyolilar bilan yaqinlashdi. Vatanparvar yoshlar o‘z yurtlari taqdiri ustida qayg‘urib, najot yo‘lini axtarishdi. Buxoro amirligida islohotlar o‘tkazish darkor. Ana shunday qarorga kelgan ilg‘or fikrli savdogarlar, ulamolar, ziyolilar va hunarmandlar o‘zlarining siyosiy tashkilotlarini tuzishdi. Xalq ularni YOsh buxoroliklar deb atadi. Fayzulla ana shu yosh buxoroliklar partiyasini rahbarlaridan biri bo‘ldi. Ular Buxoroni mustaqil davlat sifatida jahonga tanitish uchun eng avvalo xalqning ko‘zini ochish, ongini uyg‘otish va milliy g‘ururini ko‘tarishga intildilar. Buning uchun esa dunyoviy adabiyotlarini keng yoyish, eski maktablar o‘rniga yangicha usuldagi maktablarni joriy qilish, xalq maorifining o‘rta asrdan buyon davom etib kelayotgan tizimini yangi zamon talablariga javob beruvchi dunyoviy maorif tizimi bilan almashtirish va matbuot erkinligini ta’minlash lozim edi. f.Xo‘jaev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy kabi yosh uxoroliklar amirlikda Konstitutsiya joriy qilish, xalq ahvolini yaxshilash, soliqlarni kamaytirish va amaldorlar o‘z boshimchaligi zo‘ravonligiga chek qo‘yishni talab qiluvchi dastur asosida ish ko‘rishdi.22
Buxoro amiri ularning istak talablarini tushunishni istamadi. U o‘zining mustabid hokimiyati tayanchi bo‘lgan johil ulamolarni ilg‘or ziyolilarga qarshi qayradi.
F.Xo‘jaev etakchiligida yosh buxoroliklar amir bilan tinch muzokaralar yo‘li vositasida Buxoroda xalq ahvolini yaxshilash va taraqqiyotga erishib bo‘lmasligini angladi.
1917 yil oktyabrda to‘ntarishdan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan turkiston bolsheviklari buxoroni o‘z tasarruflariga olish uchun F.Xo‘jaev, A.Fitrat, S.Ayniy kabi xalq o‘rtasida obro‘li kishilardan foydalanishga urinishdi. 1918 yil mart oyida Turkiston bolsheviklari sardori F.Kolesov qizil askarlar bilan Buxoroga hujum boshlandi. Kolesov o‘zi bilan yosh Buxoroliklar sardori F.Xo‘jaev, A.Fitratni ham olib ketgan edi. F.Kolesov yosh buxoroliklar qo‘li bilan Buxoroni egallashni maqsad qilgan edi. ammo Buxoro xalqi qizil askarlar bosqinini qo‘llashadi va yosh buxoroliklar ishini ma’qullashadi. F.Xo‘jaev o‘z dasturi bilan qizil askarlar safida Toshkentga qaytdi, so‘ng Moskvaga ketdi.23
Bolsheviklar 1920 yil avgustda Buxoroga ikkinchi yurish qilishganida ham endi o‘zlarining odamlariga aylangan yosh buxoroliklardan foydalanishdi. Ular F.Xo‘jaevni Buxoro hukumatining boshlig‘i qilib tayinlashdi. Uni orqa qilib Buxoro xalq SHo‘ro rejasini o‘zlarining mustamlakalariga aylantirishdi. 1920-1921 yillar mobaynida bolsheviklar Buxoro boyliklarini beomon Moskvaga tanishdi. F.Xo‘jaev bolsheviklarga ishongan va e’tiqod qilgan edi. u 1924-1937 yillar mobaynida SHo‘ro hukumatiga O‘zbekiston SSSR rahbari sifatida xizmat qildi.
Moskva uni obro‘si mavqei va bilimidan ustalik bilan foydalandi.
Uni yuksak martaba, mukofotlar bilan taqdirlab, yashirin maqsadlarini ya’ni O‘zbekistonni Rossiyaning paxta makoniga aylantirishni amalga oshirishdi.
F.Xo‘jaev ayni navqiron yoshida 1937 yil yozida Stalin tomonidan qatag‘on qilindi. CHunki u Moskva rahbariyatining ko‘r-ko‘rona quroli bo‘lishni istamaydigan o‘z xalqi istiqlolini o‘ylab ish tutadigan odam edi.
O‘zbek xalqi uchun butun umri davomida xizmat qilgan va bu yo‘lda qurbon bo‘lgan F.Xo‘jaevning porloq xotirasi xalqimiz qalbiga abadiy yashaydi.24
Mustaqil O‘zbekiston o‘zining sodiq farzandi xotirasini abadiylashtirdi.
Xalqim, millatim, ona yurtim, ozodligi deya kuyib yonib yashagan, F.Xo‘jaevdek buyuk tarixiy shaxsning o‘ta murakkab taqdiri holigacha xolisona bahosini olmagan. YOsh Buxorolik inqilobchilarning o‘z Vatani jafokash xalqi oldidagi buyuk xizmati ham shundaki ular o‘z sardori F.Xo‘jaevning donoligi tufayli Buxoro xalqini bo‘laak katta qirg‘inbarot urushidan saqlab qoldi.25 Inqilob tufayli Buxoro shahrini hisobga olmaganda, amirlikning boshqa shahar va qishloqlari katta fojeadan omon qoldi.
CHunki amirlik tuzumidan norozi bo‘lgan xalqning katta ko‘pchiligi inqilob davrida betaraf turdi. Amir zulmi joniga tekkan bir qismi esa yosh buxorolik inqilobchilarni qo‘llab quvvatladi. Buxoroda inqilobning nisbatan katta qurbonsiz va qisqa muddatda g‘alaba bilan tugashida qo‘rsatilgan omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
O‘zbek xalqining yo‘l boshchisi va faxri bo‘lgan ana shuday buyuk insonni 42 yoshida qatl etilgan Stalin boshliq Kreml jallodlarining qabih nigohlarini tushunish qiyin emas. Milliy respublikalarning vatanparvar rahbarlarini. Birinchi navbatda Kreml buyrug‘iga unchalik quloq solmay qaysarlik qilayotgan F.Xo‘jaev singari el o‘rtasida mashhur bo‘lgan davlat arboblarini yo‘q qilmay turib milliy respublikalarni Sovet imperiyasining temir qafasiga solish va SSR nomi ostidagi mustamlakachilik imperiyasini barpo qilish mushkul edi.26
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov qat’iy ishonch bilan aytganidek: “Ko‘r ham hassasini bir bor yo‘qotadi”. Buning uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, yurt-boshimiz atrofida mahkam jipslashishimiz va bir tanu bir jon bo‘lib mustaqilligimizni mustahkamlashimiz shart.
Dostları ilə paylaş: |