1.2. F.Xo‘jaevning “Buxoro inqilobi uchun materiallar” kitobi muhim tarixiy manba sifatida
Mamlakamizda ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy sharoitni e’tiborga olib, Buxoro jadidlari dastlabki paytlarda manarxiya tuzumini yo‘qotish vazifasini oldinga surmadilar, yuqoridan islohot orqali amirlikni kapitalistik yo‘lga yo‘naltirishga intildilar. Ular diniy maktablar o‘rniga dunyoviy yangi usuldagi, evropacha namunadagi maktablarni, bir qadar erkin matbuotni yaratish, tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun biror-bir huquqiy kafolatni ta’minlash, Buxoroda yosh turkchilar namunasi bo‘yicha konstitutsiyani kiritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishdi. Buxoro jadidlarning 1917 yilgacha bo‘lgan amaliy faoliyati esa keyinchalik F.Xo‘jaev ta’kidlaganidek asosan ma’rifatparvarlik – yangi usuldagi maktablar va hokazolarni tashkil etishga qaratilgan edi.27
Jadidchilik harakati amirlikdagi xalqlar manfaatlarini ifodalardi, u o‘sha davrda humron tuzumga nisbatan yagona qarama-qarshi siyosiy kuch bo‘lib, Buxoro jamiyati istiqboli yo‘lini izladi va shu bois uning demokratik, taraqqiyparvar kayfiyatdagi barcha qatlamlarini birlashtirdi va jipslashtirdi.
Yigirma yoshli navqiron F.Xo‘jaev buxorolik boshqa jadidlar singari Rossiyadagi fevral inqilobi g‘alabasi haqidagi xabarni katta quvonch bilan kutib oldi. CHor hukumatining ag‘darilishi yosh buxoroliklarda amirdan demokratik islohotlarga erishishiga umid uyg‘otdi, shu maqsadlarda Rossiya vaqtli hukumatidan foydalanish ham ko‘zda tutildi. Ular Buxoro amirini islohotlarga undash haqida Petrogradga telegramma yo‘lashdi.
1917 yil 7 aprelida amir saroyida bo‘lib o‘tgan ko‘p ming kishilik aholi turli qatlamlari majlisida Said Olimxon manifesti e’lon qilindi. Garchi manifestda ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ham, biroq uning e’lon qilinishi Buxoro jamiyatini qo‘zg‘olib yubordi. Mamlakatda siyosiy sharoitni keskinlashtirdi. YOsh buxoroliklar amir manifestini olqishlab kutib olishdi. F.Xo‘jaev boshchiligidagi yosh buxoroliklar guruhi 8 aprelda amir e’lon qilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘tkazdilar. Biroq namoyish qancha botirildi. Mamlakatda reaksiya keskin kuchaydi. Omon qolgan yosh buxoroliklar, shu jumladan F.Xo‘jaev ham ommaviy ravishda Toshkent, Samarqand va YAngi Buxoroga (Kogon) muhojirlikka ketishga majbur bo‘ldilar. Buxoroda reaksiyaning kuchayishi, Rossiyada Oktyabr to‘ntarilishi yosh buxoroliklarning F.Xo‘jaev boshchiligidagi so‘l qismi amir tuzumi bilan kurashda ancha radikal vazifalarni xususan – amir mustabid tuzumini cheklash vazifasini oldinga surishga imkon yaratdi.28 Bu vazifani muvaffaqiyatli amlga oshirish uchun, Buxoroda 1917 yil bahoridagi fojeali voqealar ko‘rsatganidek amirlikning o‘zida keng ijtimoiy baza yo‘qligini e’tiborga olib F.Xo‘jaev va uning safdoshlari bu ishda Sovet Turkistoni yordamida suyanishga qaror qildi. Bu maqsadlarda yosh buxoroliklar partiyasi M.Q. keyinchalik F.Xo‘jaev yozganidek Buxoro rus aholisi sovetlarning II viloyat s’ezdi 1917 yil dekabr boshida tashkil etgan Buxoro ishlari bo‘yicha kollegiyasi a’zosi bolshevik M.A.Preobrajenskiyning “maslahati” bilan qurolli yordam so‘rab, Turkiston Sovnarkomi raisi bolshevik F.I.Kolesovga murojaat etadi. Adabiyotlarda shu va keyingi voqealar munosabati bilan yuqorida aytilgan kolligiyaning ig‘vogarona roli noma’lum bo‘lib qolmoqda. Hujjatlardan birida ta’kidlanishicha, Buxoroga inqilobni eksport qilish yo‘lini tutgan inqilobiy hujum, hokimiyatni yosh buxoroliklarga berishga intilgan.29 Bu kollegiya nazarimda Buxorodagi 1918 yil mart fojeaviy voqealariga o‘z ulushini qo‘shgan. 6 dekabrda F.Xo‘jaev va Mirzo Muhiddin Mansurov tarkibidagi yosh buxoroliklar delegatsiyasi M.A.Preobrajenskiy hamrohligida Toshkentga keladi va F.I.Kolesov tomonidan qabul qilinadi. Biroq Turkiston bolsheviklari rahbariyati yosh buxoroliklarga yordamini sal keyinroq amalga oshirdi.
1918 yil martida Turkiston Sovnarkomi raisi F.I.Kolesov Qizil gvardiya va kam sonli qurolli yosh buxoroliklar hamda ularning tarafdorlari boshchiligida suveren Buxoro davlati hududiga bostirib kirdi. Bu yurish kutilganidek, to‘liq muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Tarixda u “Kolesov yurishi” deb nom oldi va qizil gvardiyachilar nayzasi yordamida Buxoroda mavjud tuzumni ag‘darish va uning xalqiga sovet davlatiga butunlay bog‘liq yangi tizimni zo‘rlab tiqishtirishga urinishi bo‘ldi. F.Xo‘jaevning o‘zi bu voqealardagi o‘z rolini o‘ta tanqidiy baholadi.
U bu haqda keyinchalik shunday deb yozadi. “Toshkentning mas’ul xodimlaridan biri bo‘lgan men ro‘y bergan voqealar Kolesov voqealarida Markaziy komitet yo‘l qo‘ygan xatolarning hammasi uchun boshqalarga qaraganda kamroq emas, balki ko‘proq javobgarman”.30 Amirlikdagi xalq ommasi nafaqat qo‘llab-quvvatlamagan, balki bolshevik bosqinchilarga bir ovozdan qarshi chiqdi. “Kolesov yurishidan” so‘ng Buxoroda reaksiya yanada kuchaydi. Amir hokimiyatining asosiy zarbasi yosh buxoroliklar va demokratik kayfiyatdagi kishilarga qarshi qaratildi. F.Xo‘jaevning guvohlik berishicha 1,5 mingga yaqin kishi o‘ldirildi.31 Qamoq va jazodan omon qolgan yosh buxoroliklar Turkistonga muhojirlikka ketishdi. Sovet Rossiyasining bolshevik rahbariyati “Kolesov yurishi”ga qanday munosabatda bo‘ldi. Hujjatlarga qarab hukm chiqarilsa, u bu yurishni olqishladi. RSFSR millatlar xalq qo‘mitasi vakili Orif-Klevleev Turkiston Sovetlarning V-o‘lka s’ezdida nutq so‘zlab bu xususda quyidagilarni aytdi: “Moskvada bu haqda eshitilganda, ya’ni Kolesov qizil gvardiya bilan Buxoro hukumati qo‘shinlariga qarshi kurashayotganini markaziy –ishchi-dehqon hukumati olqishladi. Biroq o‘rtoq Kolesov hamma narsani qanday bo‘lsa, shundayligicha tashlab, Buxorodan qaytgach, Markaziy hukumat ishni boshlab, oxirigacha etkazmaganligi uchun o‘rtoq Kolesovdan juda norozi bo‘ldi”.32
Mart voqealaridan so‘ng F.Xo‘jaev 1918 yil yozida RSFSR xukumati qo‘llab quvvatlashga erishish uchun Moskvaga boradi. 1918 yil oktyabrda u RSFSR hukumati qoshidagi Turkrespublika vakolatxonasida yosh buxoroliklar M.K.Moskva qo‘mitasi raisi bo‘ldi. Hujjatlarning guvohlik berishicha, yosh buxoroliklarning, Moskvadagi bu organi Turkrespublika mablag‘i hisobidan ta’minlangan natijasida unga tobe bo‘lib qolgan.33
F.Xo‘jaev Moskvada bo‘lgan chog‘ida Buxoro xalqi amir mustabidligidan faqat zo‘rlik yo‘li bilan bolshevistik Rossiyaga tayanib qutulishi mumkinligiga ishonchi orta boradi. 1918 yil noyabrda Moskvada u tuzgan yosh buxoroliklar qo‘mitasi “Instruksiyasi” dasturi loyihasi bunga guvohlik beradi. Bu hujjat amir hokimiyatini sovet Rossiyasi yordamiga tayanib qurolli-qo‘zg‘olon yo‘li bilan ag‘darish mumkinligini tan olinadi.34 F.Xo‘jaev bu yordamni amalga olishga harakat qiladi. 1919 yil 19 yanvarda Butun roosiya M.I.K. raisi YA.M. Sverdlovga yozgan xatida undan “partiyamiz ishiga moddiy jihatdan ham shuningdek amir hokimiyatiga qarshi qurol-yarog‘ bilan ham yordam berishni so‘ragan. Bu hujjatdan ko‘rinib turibdiki, gap yosh buxoroliklarga qo‘shin bilan emas, faqat qurol yarog‘ bilan yordam ko‘rsatish haqida ketyapti. 1920 yil yanvarda Toshkentga qaytgan F.Xo‘jaev yosh buxoroliklarning so‘l qismidan yosh buxorolik inqilobchilar partiyasini tashkil etadi, uning Turkiston Markaziy byurosini barpo qildi. Ushbu Markaziy byuroTurkkomissiya tomonidan 12 fevralda ro‘yxatga olinadi.35 So‘nggi hol shundan guvohlik beradiki, RKP(b) MK va Rossiya hukumatining Turkistondagi bu vakolatli organi o‘z ta’siri ostida Turkiston va Buxorodagi nafaqat kommunistik tashkilotlarini, balki maqsad va vazifalari Buxoro kompartiyasi dasturiy qoidalaridan jiddiy farqlanuvchi F.Xo‘jaev rahbarligidagi yosh buxorolik inqilobchilar va uning Turkiston markaziy byurosini ham bo‘ysundiradi. 1920 yil 12 iyunda yosh buxorolik inqilobchilar partiyasi konferensiyasida F.Xo‘jaev tuzgan uning dasturi qabul qilindi. UBKP dasturidan farqli ravishda izchil demokratik xususiyatga ega bo‘lib, mamlakatning konkret-tarixiy va milliy maishiy o‘ziga xosligini ko‘proq hisobga olgandi. Agar BKP eng boshida Buxoroda Sovet tuzumi o‘rnatilishi uchun qat’iy turgan bo‘lsa, yosh buxoroliklar inqilobchilar partiyasi esa mamlakatda demokratik respublika bo‘lish, tegishli oliy organ bo‘lgan Buxoro respublikasi barcha mehnatkashlarning xalq hokimiyati asosidagi yangi adolatli tuzum” o‘rnatish tarafdori bo‘lib chiqdi. Ular aholi dindorligi yuqori darajadaligini hisobga olib, Buxoro kommunistlari kabi islomga qo‘l siltamadi, aksincha, mamlakatda yangi jamiyatni shariatningprinsipial asoslarida qurishga chog‘landilar.36
BKP va yosh buxorolik inqilobchilarning dasturiy qoidalari o‘rtasidagi farq ancha bo‘lishiga qaramay RKP(b) MK BMIK Turkkomissiyasi, RSFSR XKS Buxoroda to‘ntarish tayyorlab, bu partiyadan o‘z maqsadlarida foydalanishga qaror qabul qilishdi.. mazkur partiya amirlikdagi demokratik kayfiyatdagi mayda burjua unsurlari, ziyolilarning ko‘pchilik qismi shuningdek tartiblardan norozi quyi va o‘rta ruhoniylarga suyanish, qo‘shinda ma’lum ta’sirga egaligini hisobga olishdi. 1920 yil 29 iyulda RKP(b) tashkiliy byurosi ushbu partiyaga munosabatini ko‘rib chiqib, bu tashkilotga uning inqilobiy kurashida yordam ko‘rsatishlarini lozim deb topdi”. Bu direktiv asosida Turkkomissiya rahbarligida BKP va yosh buxorolik inqilobchilar partiyasi o‘rtasida vaqtinchalik ittifoq tuzildi.37
1920 yil yozida Moskva va Toshkentda Buxoro amirligini ag‘darish rejasi ishlab chiqildi. Uni amalga oshirishga Turkkomissiya F.Xo‘jaev boshchiligida yosh buxorolik inqilobchilar partiyasini ham jalb etdi. “Buxoro inqilobi” deb ataladigan bu qonli kunlardan ancha ilgari uning tashkilotchilari amirlik chegarasiga Turkiston fronti qo‘shinlarini keltira boshladi. 24 iyulda Toshkentda Buxoroda harbiy qo‘zg‘olonni tayyorlash bo‘yicha harbiy inqilobiy byuro tuzildi. Uning tarkibiga Turkkomissiya TKP, BKP va yosh buxorolik inqilobchilar partiyasi vakillari kirdi. Harbiy-inqilobiy byuro tomonidan Umumbuxoro revkomi “inqilob” g‘alaba qilgan kunni e’lon qilish maqsadida aholiga murojaat va direktivalar tayyorlandi. Buxoro hukumatining bo‘lg‘usitarkibi va dasturi oldindan tayyorlandi. Amirlik ag‘darilgandan so‘ng, yuzaga keladigan yangi davlat xususiyati – “mehnatkashlarning mustaqil sovet respublikasi” belgilandi, uning RSFSR bilan ittifoqi majburiy o‘rnatilishi ko‘zda tutildi.38
Buxorodagi “inqilobiy voqealar” Moskva va Toshkentda aniq ishlab chiqilgan ssenariyga muvofiq rivojlandi. 23 avgustda Sakar qishlog‘ida qo‘zg‘olon ko‘targan kommunistik Beshim sardor qo‘mondonligidagi turkman polki 1920 yil 29 avgustda sovet qo‘shinlari yordamida eski CHorjo‘yni egalladi. CHorjo‘y revkomi “tashkil etilib” qo‘zg‘olon ko‘targan xalq nomidan yordam so‘rab sovet xukumatiga murojaat qildi. Turkiston fronti qo‘mondonining buyrug‘i bilan 28 avgustdan 29 avgustga o‘tar kechasi amirlik hududiga sovet qo‘shinlari kirib keldi, uning tarkibida 7 ming nayzali miltiq va qilich jangchi, 46 zambarak, 230 ga yaqin pulemyot, 5 bronopoezd, 12 samolyot, 10 broneavtomobil mavjud edi. turkiston fronti qismlari bilan birgalikda Buxoro oppozitsiyasi otryadlari ham yo‘lga chiqdilar, ular asosan o‘q otadigan qurol bilan qurollangan bo‘lib, sovet-qo‘mondonligi tomonidan go‘yoki amirga qarshi “qo‘zg‘olon ko‘targan” buxoroliklar kurashayotganini ko‘rsatish ular iltimosini bajarish, ko‘z bo‘yamachilik uchun foydalanildi. Turkiston fronti qismlari xatirchi, Qarshi, Kitob, SHahrisabzni janglar bilan olib, amirlik poytaxtiga yaqinlashdi. Bu erda nafaqat amir qo‘shinlarining, balki ko‘ksi bilan qarshiligiga duch kelindi. Buxoro ostonalarida 4 kecha-kunduz qonli janglar bo‘lib o‘tdi. M.V.Frunze buyrug‘i bilan shahar samolyotdan bombardimon qilindi, sovet zambaraklari va bronopoezdlari ajal urug‘ini tinmay olovdek yog‘dirib turdi.39
Tinch aholining ko‘pchilik qismi halok bo‘ldi, shaharning qariyb yarmi yonib bitdi. 2 sentyabrda poytaxtning so‘nggi qolqoni bo‘lgan Ark zabt etildi. Bundan oldinroq 29 avgustda amir Said Olimxon o‘z yaqinlari va qurolli qo‘riqchilari bilan dushmanga qarshilik qo‘rsatishni tashkil etish uchun Buxoroni tark etdi. SHu munosabat bilan u keyinchalik shunday yozadi: “Biroq zambaraklardan o‘qqa tutish kuchayotgani qurbonlar soni ortayotganini ko‘rib, bundan keyingi vayronagarchilik va odamlar halok bo‘lishining oldini olish maqsadida poytaxtni – tark etishga qaror qildim. Mening Buxoroi SHarifdan jo‘nab ketishim urushga chek qo‘yish mumkin deb o‘yladim.40 SHunday qilib, qizil qo‘shin tomonidan “qo‘zg‘olon ko‘targan xalq”qa yordam ko‘rinishida mustaqil davlatga ochiqdan-ochiq bosqinchilik uyushtirildi, mavjud tuzum ag‘darildi. Biroq bunga xalq irodasi bilan emas, balki ko‘shni davlatga qurolli bostirib kirish tufayli erishildi. 24 yoshli F.Xo‘jaev albatta bostirib kirishning dahshatli oqibatlarini kutmagan edi. u aftidan “sovetlar” yordami beminnat bo‘ladi, deb ishongan. Biroq ko‘p o‘tmay Buxoro hukumatiga boshchilik qilgan paytlardanoq markazning qattiqqo‘l va anneksiyachi, ya’ni bosqinchilik talablarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. F.Xo‘jaev o‘z xususiyatiga ko‘ra birinchi bosqichda “burjua demokratik” inqilobi deb hisoblagan.41” Aslida esa “Buxoroda 1920 yil sentyabr inqilobi” deb nomlangan to‘ntarishdan so‘ng, 11 sentyabrda yosh buxoroliklar inqilobchilar partiyasi tarqatilib, ko‘pchilik a’zolari o‘z yo‘lboshchisi F.Xo‘jaev rahbarligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Buxoro kommunistik partiyasi tarkibiga kirdi.
Buxoroda 1920 yil 6 oktyabrda ochilgan 1 Umumbuxoro xalq vakillari qurultoyi F.Xo‘jaevni hukumat boshlig‘i BXSR xalq nozirlari Soveti raisi etib sayladi.
F.Xo‘jaev juda qiyin va murakkab sharoitda kelgan BXSR hukumati boshlig‘i lavozimida o‘z qizg‘in faoliyatini boshladi. Sentyabr to‘ntarishdan so‘ng tez orada Buxoroda mustaqillik uchun kurashchilar harakati- tarix va avval adabiyotlarda “bosmachilik” deb atalgan harakat yuzaga keldi va rivojlandi. Uning ilhomchisi va tashkilotchisi dastlabki paytlarda taxtdan ag‘darilgan Said Olimxon bo‘ldi. F.Xo‘jaev boshchiligidagi hukumat qarshilik ko‘rsatish harakati bilan kurashish uchun o‘z qurolli kuchlariga qariyib ega bo‘lmay, mamlakat hududida turgan qizil qo‘shin qismlariga butunlay suyanishga majbur bo‘ldi, bu esa Buxoro hukumatini RSFSRga tobeligini kuchaytirardi. U hukumat rahbari sifatida dastlabki davrda qarshilik milliy otryadlari bilan muammolarni tinch yo‘l bilan hal etishga butun kuchini bag‘ishladi.42 U “bosmachilik fronti” inqilobiy sovet a’osi, sharqiy Buxoro RVS raisi 1 Buxoro qizil qo‘shin qo‘mondoni ediki, bular uncha keng ko‘lamda muzokaralar yuritishga imkon berardi.43
Mamlakatdagi nafaqat xarbiy balki ichki siyosiy sharoit ham murakkab edi. bu paytda BKPda mamlakatda oshirilgan To‘ntarishning xususiyati va bundan keyingi rivojlanish yo‘llari masalalari bo‘yicha o‘tkir g‘oyaviy kurash boshlandi. BKP safidagi “so‘llar” Buxorodagi to‘ntarishning haqiqiy mazmunini tushunib etmay va mamlakatdagi aniq ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitni hisobga olmay mamlakatda sotsialistik o‘zgarishlarni amalga oshirishga darhol o‘tish tarafdori bo‘lib chiqdilar. Umumbuxoro M.I.K. raisi Abduqodir Muxiddinov boshchiligidagi “o‘ng” guruh Buxoroda odatdagi burjua demokratik inqilobiy ro‘y berdi deb hisoblab, shu asosda BXSR rivjlanishini kapitalistik yo‘ldan yo‘naltirishga intildi. Bu prinsipial masalalarda F.Xo‘jaev guruhi markazchi vaziyatni egallagan bo‘lib, unga G.Safarovning aytishicha mamlakatdagi ahvolga aniq baho beruvchi” kishilar kirgandi. F.Xo‘jaev shuni yaxshi tushunardiki, markaz siyosati va mafkurasiga ochiqchasiga qarshilik ko‘rsatish fojiaviy natijalarga olib kelishi mumkin va Buxoro Respublikasi rivojlanishining iqtisodiy va milliy sharoitlari hisobga olingan holda taraqqiyot sari o‘ziga xos yo‘lga ega bo‘lishi lozim. SHu bois F.Xo‘jaev Buxoroning murakkab sharoitlarida to‘g‘ri muljalni ololgan, mamlakat taraqqiyotini xalq demokratik yo‘liga yo‘naltira olgan va BXSRning ijtimoiy siyosiy, sotsial-iqtisodiy va milliy hayotida keng demokratik o‘zgarishlar olib borilgan rahbarlaridan biri bo‘ldi.44
Biroq bu orada mamlakatning xalq demokratik yo‘ldagi evolyusion harakati sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yildi. 1924 yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan 5 Umumbuxoro sovetlar s’ezdi, ichki ob’ektiv shart-sharoitlar mavjud bo‘lmasligiga qaramay, Buxoroni sotsialistik respublika deb e’lon qildi.
F.Xo‘jaev doimo markazning diktati ostida og‘ir sharoitlarda ishlaganiga qaramay Buxoro respublikasi hukumati boshlig‘i lavozimida ishlagin to‘rt yil uning uchun davlat, xo‘jalik-tashkiliy faoliyatining ulkan maktabi bo‘ldi.45
F.Xo‘jaev O‘rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishini tayyorlash va o‘tkazishda faol qatnashdi. Buxoro Respublikasida bu masalaning dushmanlari ko‘p bo‘lib, tarixiy tarkib topgan Buxoro davlati bo‘lishiga qarshi edi. ular bo‘linish Buxoro va boshqa O‘rta Osiyo davlatlari o‘z mustaqilligini yo‘qotishga markazga to‘liq tobe bo‘lib qolishiga olib keladi, deb ogohlantiradilar. Nihoyat mahalliy rahbarlarda bu borada boshqacha fikr bor edi. jumladan TKP MK va Turkrespublika MIK qushma majlisi Turkiston va Buxoroga nisbatan bu tadbirni o‘tkazishni zarur deb bilib, ayni paytda milliy hududiy bo‘linish milliy respublikalarni O‘rta Osiyo federatsiyasini yaratishga olib keladi, degan fikrni rahbar organlari takliflarini rad etdi. F.Xo‘jaev esa milliy respublikalar O‘rta Osiyo konfederatsiyasini yaratish g‘oyasini qo‘llab quvvatlashadi.
Uning taklifi 24 fevralda Turkiston, Buxoro va Xorazmning milliy- hududiy chegaralanishini va milliy respublikalar o‘zbekiston SSR va Turkmaniston SSR barpo etilishini yoqlab chiqdi.46
O‘zbekiston Sovetlarning 1 Ta’sis s’ezdida (1925 y. 13-17 fevrali) O‘zbekiston SSR tashkil etilishi e’lon qilindi. 1924 yil 18 noyabrdan revkom- O‘zbekiston SSR vaqtli hukumatiga rahbarlik qilgan F.Xo‘jaev 1 sessiyaning 1 chaqiriq xalq Komissarlari Sovetining raisi etib saylandi.
O‘zbekiston SSR ning tashkil etilishi bir xil bo‘lmagan oqibatlarga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston SSR tashkil etilishining ijobiy potensiali sovetlar imperiyasiga unitar siyosatining kuchli salbiy ta’siri tufayli cheklandi. O‘zbekiston O‘rta Osiyoning boshqa milliy respublikalari singari markazga to‘liq tobe bo‘lib qoldi. Respublika hayoti bilan bog‘liq har qanday muhim masalalar Moskvada hal etilar yoki u bilan albatta kelishib olish zarur edi. O‘zbekiston SSrning mustaqilligi faqat nomigagina bo‘lib, buni hukumat rahbari F.Xo‘jaev to‘liq, xolda o‘z boshidan kechirdi.47
Sovet totalitar tizimi F.Xo‘jaev va respublikaning boshqa rahbarlari qo‘l oyog‘ini bog‘lagan, tashabbuskorligi va mustaqilligini bo‘g‘ib, o‘z xalqi manfaatlarini to‘liq xolda himoya qilish va yoqlashga yo‘l qo‘ymasedi.
Kommunistik tuzum xukmron bo‘lgan mana shunday qiyin sharoitda ma’muriy- buyruqbozlik tizimi, Stalin shaxsiga sig‘inish mustahkamlanayotgan bir davrda F.Xo‘jaev va O‘zbekistonning boshqa rahbari o‘z halqiga e’tiqodi bilan xizmat qilishga intilishdi, ona vatanning sotsial iktisodiy va ma’naviy uyg‘onish ishiga ko‘p kuch sarflashdi. Biroq O‘zbekistonda, butun SSSrdagi kabi tarixiy jarayon o‘ta ziddiyatli kechdi, ulkan talafotlar, yo‘qotishlar, fojialar sodir bo‘ldi.48
F.Xo‘jaev O‘zbekiston qishloq xujaligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, avvalo, paxta hosilini oshirish ishiga ko‘p kuch-quvvat sarfladi. Katta xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan Farg‘ona va Zarafshon vodiylari, Qarshi cho‘llari yangi erlari o‘zlashtirish rejasini ishlab chiqishga ham xizmatlari katta.
O‘lkaning madaniy yuksalishi yo‘lida ham O‘zbekiston hukumati va uning rahbari F.Xo‘jaev tomonidan anchagina ishlar qilindi. O‘sha yillarda Respublikada 18 tilda dars olib borilgan umumta’lim maktablarning keng tarmog‘i quloch yozdi, oliy va o‘rta o‘quv yurtlari ilmiy va madaniy oqartuv muassasalari faoliyat ko‘rsatdi. Mana shularning ortida xalqimizning shijoatkorona mehnati respublika sovet organlari, F.Xo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston SSR hukumatining katta tashkilotchilik ishi turardi.49
YUqoridagi O‘zbekistonni mohiyatan mustamlakaga aylantirgan totalitar tuzum haqida so‘z bordi, biroq o‘sha davrda respublikamiz rivojlanishida muayyan ijobiy o‘zgarishlar ham bo‘lganligini inkor etmaslik kerak. Agar biz ular haqida to‘xtalib o‘tmasak, haqiqatga qarshi borgan, o‘tgan ajdodlar, oddiy mehnatkash va rahbarlar otalarimiz, onalarimiz, aka va opalarimiz xotirasini haqorat qilgan bo‘lamiz, chunki ular o‘sha davrning og‘ir sharoitlarida shijoatli mehnati bilan mamlakat iqtisodiyoti va ma’naviy yuksalishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Mamlakatimiz mustaqilligini orzu qilgan yirik davlat oabobi F.Xo‘jaevning milliy istiqlol uchun kurash hamda istiqlolchilik harakati namoyandalarga bo‘lgan munosabati masalalari tadqiqotchilar tomonidan kam o‘rganilgan. Bu mavzuga so‘z yuritishdan avval uning 1907-1910 yillarda Moskvada tahsil olgani vaqtiga e’tiborni qaratishni istardik. CHunki ayni shu davrda F.Xo‘jaev Buxoro amirligidagi siyosiy tuzumni o‘zgartirish zarurligini tushunib etdi va jadidlar partiyasi rahnamosi sifatida maydonga chiqdi.50
F.Xo‘jaev amir oldiga siyosiy islohotlar o‘tkazish talabini qo‘ygani ma’lum. Bu talablar rad etilgach, u amirlik tuzumini ag‘darish maqsadida o‘ziga ittifoqchilar izlay boshladi.shu maqsadda Kogon bolsheviklari bilan aloqaga kirishdi.
1918 yilning mart oyida F.Kolesov boshliq qizil armiya amirlikdan mag‘lubiyatga uchragach, F.Xo‘jaev hayotida muhojirlik davri boshlandi. O‘tgan asrning 20 yillari boshlarida Turkistonda F.Xujaev, Fitrat, T.Risqulov va boshqalar o‘lkani xonlik va amirlik hamda chor mustamlakachiligi asorati ostiga kelib chiqqan iqtisodiy va madaniy qoloqlikdan qutqazish yo‘llarini izladilar. Bu borada bolsheviklar yordamida amirlik tuzumi ag‘darilib, F.Xo‘jaev o‘z rejalarini amalga oshirishga kirishdi.
F.Xo‘jaev va uning maslakdoshlari G‘arbiy Evropada taraqqiy etgan davlat asnalgan Germaniya tajribasini o‘rganish keyinchalik esa mustabid sho‘rolar tuzumiga qarshi kurashish maqsadida harakatlarni birlashtirishga kirishdilar.
1922 yildan boshlab yoshlarni xorijga o‘qishga yuborish jarayoni jadallashdi. Natijadi F.Xo‘jaevning bevosita rahnamoligida Buxoro va Turkistondan Germaniyaning Berlin Drezden, Bonn, Handelberg, Darmishtadj kabi shaharlardagi turli oliy va o‘rta maxsus maktablarda mashinasozlik kimyo to‘qimachilik ziroatchilik, tibbiyot, tarix va falsafa, iqtisod, pedagogika, genetika, muhandislik bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash uchun 60 nafarga yaqin eng iqtidorli yigit-qiz o‘qishga yubordi. Talabalarni Germaniyaga olib borish va o‘qishga joylashtirish vazifasi F.Xo‘jaev buxorolik Abduvohid Burxonov va Germaniyadan Buxoroga kelgan tatar ziyolisi Olimxon Idrisiy hamda A.Kemnitskiylardan iborat maxsus tuzilgan komissiya zimmasiga topshirildi.
Lekin sho‘rolar tuzumi bu masalaga ilk kunlardanoq qarshi chiqadi. SHo‘ro amaldorlaridan biri V.Kuybishev F.Xo‘jaevdan 1922 yildayoq Germaniyaga yuborilgan yoshlarni qaytarib, ularning Moskvada o‘qishni davom ettirishlarini talab qiladi. Biroq F.Xo‘jaev bunga keskin norozilik bildirdi.
F.Xo‘jaevning siyosiy va davlat arbobi sifatidagi faoliyatida uning 1920 yil sentyabrdan so‘ng Buxoro amiri hamda istiqlolchilar harakatiga bo‘lgan munosabati masalasi alohida o‘rin tutadi.51
1920 yil 14 sentyabrda 11 kishidan iborat BXSR tashkil etilib, F.Xo‘jaev xalq nozirlar sho‘rosi raisligi lavozimiga saylanadi. “SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, asosan jadidlardan tashkil topgan F.Xo‘jaev boshchiligidagi nozirlar sho‘rosi o‘sha paytda dunyoda eng ma’lumotli kishilar jamlanga xukumatdan biri hisoblangan. Nozirlar Buxoro, Istambul, Berlin, Moskva kabi shaharlarga ta’lim olishgan edi. buning ustiga hukumat a’zolari asosan yoshlardan iborat edi. hukumat boshlig‘i 24 yoshda nozirlarning biri o‘rtacha yoshi 29 yoshdan oshmagan. Biro davlat tarixida ham bunaqasi uchramagan. SHunday qilib Buxoro jadidlari o‘zlarining islohotchilik g‘oyalarini yangi hukumatdan faoliyatlari davomida amalga oshirishga harakat qildilar.52
F.Xo‘jaev boshchiligidagi Buxoro Respublikasi xalq nozirlari sho‘rosi juda og‘ir bir vaziyatda ish boshladi. U asosan Buxoroning amalda mustaqillikka erishish, qizil askarlarning bu erdan olib ketilishi uchun asyi-harakat qildi. O‘z navbatida F.Xo‘jaev Abdulqodir Muhiddinov va Buxoro Respublikasining boshqa rahbarlari istiqlolchilik harakati rahbarlari bilan yashirin aloqa o‘rnatib ularning faoliyatini muvofiqlashtirishga intildilar. SHuning uchun ham aynan ular safiga keyinchalik Buxoro Respublikasining juda ko‘p rahbarlari ko‘shildilarki, bu arboblarning aksariyati kechagi jadidlar va YOsh buxoroliklar” edi.
1920 yilning kuzida bir gurug‘ sobiq yosh buxoroliklar jadidlar milliy ittihod tashkilotini qayti tuzilgan Aslida tashkilot 1919 yilda Munavvar qori boshchiligida Toshkentda tuzilgan edi. munavvar Qorining Buxoroga kelib maorif nozirligida ishlashi bilan tashkilot markazi shu erda ko‘chadi. Asosiy maqsad Buxoro Respublikasi va umuman “Turkiston mintaqasini” sovetlashtirish ta’siridan saqlab qolish chin ma’nodagi istiqlologa erishish edi.53
Bu uchun kurashning oshkora va yashirin usullardan foydalanish ko‘zda tutildi. “Milliy Ittihod” va F.Xo‘jaev “Otaulla Xo‘jaev, Fitrat, Muinjon Aminov, Mukammil Burxonov, Ibod Xo‘jaev va boshqalar istiqlolchilik harakatining etakchilari bilan aloqa o‘rnatib, ularga g‘oyaviy rahnamolik qilishgan. “Milliy ittihod” tashkilotining faoliyati natijasida 1920-1924 yillarda Zarafshon vodiysi hududini “bosmachilik ” harakati qamrab oldi. Fitratning ta’kidlashicha, Mulla Abduqahhor, Jura Amin, Murod Meshkob, Metan Polvon va boshqa yirik Qo‘rboshilar harakatga rahbarlik qilganlar. F.Xo‘jaev va Munavvar Qori birgalikda Zarafshon hamda Farg‘ona vodiysidagi Qo‘rboshilar guruhlarini birlashtirish masalalarini muhokama etishgan. Tergov hujjatlarda keltirilishicha “bosmachilik” harakati shundan so‘ng ancha kuchaygan. SHu o‘rinda F.Xo‘jaev amir Said Olimxon bilan munosabatlariga to‘xtamak Said Olimxon F.Xo‘jaevni bir necha bor o‘limga xukm qilganidan ko‘pchilik xabardor albatta. 1920 yil sentyabrda Said Olimxon SHarqiy Buxorodan turib qizil armiyaga qarshi harakatlar olib boradi. 1921 yil martida F.Xo‘jaev Said Olimxonga otasi bilan do‘stligi hurmati tezda Ko‘lob viloyatidan chiqib ketish yo‘qsa qizil armiya puxta o‘ylagan reja asosida hujum boshlashi muqarrarligi xususida ma’lumot yo‘llaydi. Buni qarangki, 1921 yilning 4 martida Said Olimxon Afg‘onistonga ravona bo‘lganida qizil askarlar Hisor va Ko‘lob viloyatlariga hujum boshlagan edilar. 54
Amir Buxoroni tark etganida uning oila a’zolari qarindoshlari 118 kishi qo‘lga olinib, uy qamog‘ida saqlagandi. Said Olimxon F.Xo‘jaevga murojaat qilib, oila a’zolari va yaqinlarini Afg‘onistonga jo‘natishni so‘raydi. Bu masala ijobiy hal etiladi, hamda 1923 yil 4 iyunda 51 kishi Afg‘onistonga yuboriladi. 64 kishi esa tutqunlikdan ozod qilinib, ularga shu erda tegishli sharoitlar yaratib berildi. O‘g‘illari Sultonxon, SHohmurodxon, Abdurahimxonlar markazning talabi bilan Moskvadagi Buxoro maorifi uyiga “sovetcha usulda tarbiyalash uchun jo‘natildi.
Buxorodagi vatanparvarlarga qarshi qizil armiya va uning qo‘mondonligidan katta kuch-g‘ayrat talab qildi. Moskva Toshkent, Buxoroda 1923 yil may-iyun oylarida o‘tkazilgan oliy darajadagi bir qator anjumanlarda bu masala eng dolzarb muammo sifatida kun tartibida turdi. 1923 yil 9-12 iyunda Moskvada RKP(b) Markaziy Komitetining milliy respublikalar va oblastlarning mas’ul xodimlari ishtirokida kengash o‘tkazildi. RKP (b) MK bosh kotibi I.Stalin asosiy ma’ruzachi bo‘lgan bu kengashda bir guruh Turkistonlik mahalliy kommunistlar “bosmachilar” va Zaki Validiy bilan yashirin ravishda aloqa bog‘laganlikda ayblandilar. Ular safida Turkiston ASSR va BXSR ning taniqli davlat arboblari Turar Risqulov, F.Xo‘jaev, Inomjon Hidirilaev, Akmal Ikromov, Sulton Xo‘jaev bor edi.55 Stalin o‘z so‘zini Buxoro nozirlar sho‘rosi yangi hukumatning tarkibi proletar bo‘lmagan unsurlardan tuzilgan deb hukumat boshlig‘i F.Xo‘jaevni keskin tanqid qildi va hukumat tarkibini faqat dehqonlar bilan to‘ldirish lozimligi haqida ko‘rsatma berdi.
Ana shunday vaziyatda F.Xo‘jaev boshchiligidagi Buxoro hukumati rus qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketish milliy armiyani tuzish kabi siyosiy talablarni qo‘yadi. Bolsheviklar bu talablarga qarshi turib nihoyat BXSRni tugatishga erishdilar. Biroq F.Xo‘jaevni siyosat maydonidan u davrda chetlashtirib bo‘lmasedi. Uni O‘zbekiston hukumati boshlig‘i etib tayinlashdi.56
1925 yildan boshlab F.Xo‘jaev sho‘rolar hokimiyati hukm surganda O‘zbekistonning mustaqillikka erishish xom xayol ekanligini tushunib etadi. SHundan so‘ng mamlakat ichki hayotini izga solish xalq xo‘jaligini yuksaltirish ishiga bel bog‘laydi. Tadbirkorlikni rivojlantirish xususiy sarmoyani qishloq xo‘jaligiga jalb etish, tadbirkor va hunarmandlarni ortiqcha soliqlardan ozod qilish kabi ilg‘or g‘oyalar bilan chiqqan F.Xo‘jaev tobora markazning qora nigohiga tusha boshlaydi. Oxir-oqibatda “bosmachilar” Zaki Validiy hamda amirning gumashtalari bilan aloqada bo‘lganlikda ayblanib, Nikolay Buxarin boshliq siyosiy guruh a’zosi sifatida xibsga olinadi va 1938 yilning martida Moskvada otib tashlandi.”
Dostları ilə paylaş: |