Tarix kafedrasi


KIRISH Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 177,33 Kb.
səhifə2/11
tarix02.02.2022
ölçüsü177,33 Kb.
#114015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. SHunday insonlar bo‘ladiki, ularning fidoyiligi, mardligi, tasabbuskorligi va hayot yo‘li keyingi avlodlarni yuksak maqsadlarga etaklaydi. Ana shunday fazilat sohibi o‘zining bor kuch quvvatini bilimini, salohiyatini mamlakatning milliy va iqtisodiy mustaqilligi el farovonligini ta’minlashga bag‘ishlangan jonkuyar fidoiy insonlardan biri Fayzulla Xo‘jaev edi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach xalqning asl farzandlari qatag‘on yillarida jabrlanib, jismonan yo‘q qilinib yuborilgan, davlat arboblari xalqparvar kishilarning xotirasi qayta tiklanib, ularning hurmat e’tibori joyiga qo‘yilmoqda. Xalq ishi uchun fidoiy va jonkuyar kishilardan biri O‘zbekiston xalq komissarlar sovetining birinchi raisi buyuk davlat arbobi F.Xo‘jaev edi. Respublikamiz 1991 yil 1 sentyabrda mustaqillikni qo‘lga olgach, F.Xo‘jaevga o‘xshagan o‘t yurak va xalqparvar insonlarning hurmati joyiga qo‘yilib, uning nomiga tumanlar, jamoa xo‘jaliklari, korxonalar va inshootlar qo‘yila boshladi.

F.Xo‘jaev davlat rahbari sifatida mamlakatda sud, maorif sohalarni isloh qilish va harbiy ishlarni tashkil qilish masalalarini ko‘tarib chiqdi. Maorif sohasida bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar va maktab ishining sifati va uning samaradorligi shu kabi kamchiliklarning oldini olish borasida qator takliflarni ilgari surdi.

U maktablarda katta bir nuqson – oz sonli millatlarga etarli ravishda xizmat ko‘rsatilmayotganligini ta’kidlab, shu kamchilikni tuzatish hech kechiktirib bo‘lmaydigan masalalar jumlasidan ekanligi ko‘rsatib o‘tdi.

F.Xo‘jaev madaniyat, adabiyot va san’at xodimlarning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi edi. u mahalliy ziyolilar, olimlar, ilm ma’rifat ahlining namoyandalariga homiylik qilar ekan, maktab maorif ishiga e’tibor berib, o‘lkadagi mavjud qadimiy madaniy obidalarni saqlash, xalq amaliy san’atini rivojlantirish, fan-texnikaga doir qadimgi qo‘lyozmalar va xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash, ularni tadqiq etish kabi muhim masalalar bilan mashg‘ul bo‘ldi. F. Xo‘jaev ota-bobolardan qolib kelayotgan boy merosini xalq uchun asrab avaylab, uni kelajak avlodga etkazish kabi muhim vazifalarni o‘zining burchi deb hisobladi1.

XIX asrning oxirida dunyoga kelgan bu otash qalb inson haqida roppa-rosa bir asrdan so‘ng jahon jamoatchiligi diqqat-e’tiborini tortgan nufuzli tadqiqotda – Leonid Levitinning Donald S.Karlayi bilan hamkorlikda yozgan “Islom Karimov – yangi O‘zbekiston Prezidenti” kitobida shunday iliq satrlarni o‘qiymiz. “O‘zbekiston tarixiy qahramonlarning Panteonida e’zozlab joylashtirish mumkin bo‘lgan qahramonlar juftligi ham borki, biri uzoq o‘tmishdan boshqasi – zamonamizga yaqinroq darvdan. Birinchisi – Ulug‘bek Temurning nevarasi va vorisi, nihoyatda jozibali shaxs ...... Ikkinchi siymo XX asrdan kindik qoni Buxoroda tomgan Samarqandni jon dilidan sevgan Stalinning ko‘rsatmasiga binoan 1938 yilda mahv etgan F.Xo‘jaev o‘zbeklar tarixi bag‘riga qaytarilishi lozim. O‘zbekistonning aynan shu navqiron Bosh vaziri o‘z mamlakati porloq kelajagi rejalarining yaratuvchisi edi.” Garvard Universitetining professori Donald Karlayl bu fikrni o‘zining “O‘zbekiston istiqboldagi o‘tmish va hozirgi kuch” kitobida keltirar ekan, bu buxorolik otashqalb siyosatchi merosiga berilgan yuksak bahodir.

O‘tgan asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gaspirinskiy (1851-1914) boshchiligida paydo bo‘lgan jadidchilik harakatining asosiy maqsadi yangi usul jadid maktablari ochib musulmon xalqlariga SHarq va Evropa madaniyatini o‘rganish, ma’rifatni yoyish va shariat qoidalarini isloh qilish, jamiyatni tubdan o‘zgartirish edi. asrimz boshlarida Buxoroda ham jadidchilik harakati vujudga keldi.

Buxorodagi jadidchilik harakatining yirik namoyondalaridan biri F.Xo‘jaev keyinchalik shunday. “Buxoro jadidchiligi dehkonlar va mayda savdogarlarga tushadurgan soliq og‘irliklarini engil qilish ham soliq ishlarini umumiy tartibga solish to‘g‘risida ochilgandan boshlab tadrijiy sur’atda ko‘p a’zolar, sho‘‘balar va Buxoro xalqining har xil tabaqalari orasidagi o‘ziga xayrixox omma bilan birga haqiqiy bir yashirin jamiyatga aylana bordi.

Buxorodagi jadidchilik harakati o‘z rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lib, u amirlikdagi iqtisodiy, siyosiy va jamiyatnin ahloqiy ahvoli bilan bog‘liq edi. buxoro jadidchiligida F. Xo‘jaev va uning maslakdoshlari markaziy o‘rinni egallardi.

XIX asrning boshida musulmon sharqida milliy ozodlik harakati zo‘r kuch bilan qanot yozdi. Go‘yoki qattiq uxlab yotgan qarib-qartayotgan musulmon SHarqi uyqudan uyg‘onib harakatga tushdi. Unda SHarq davlat hokimiyatchiligi tartibiga huquqsizlik va zulmiga qarshi bosh ko‘tarishga qodir kuchlar topildi. Bir tomondan bu kuchlar SHarqni o‘z mustamlakasi deb hisoblaydigan evropalik imperialistlarga, ikkinchi tomondan mahalliy hokimiyatga qarshi murosasiz kurashni boshladi.

Mustaqillik uchun kurashning dastlabki 1921-1922 yillarda F.Xo‘jaev Buxoroda bolshevistik tuzumi va qizil armiyaning kirdikorlariga qarshi boshlangan umumxalq harakatiga umib bilan qaradi. Bu harakatga imkon darajasida yordam berib turdi. Ana shunday ishlarda F.Xo‘jaevning xizmatlari beqiyos edi.

SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2017 yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi va hududni istiqbolda rivojlantirish chora-tadbirlari bilan birga, tarixini yanada chuqur o‘rganish, shuning asosida turizmni rivojlantirish vazifalari belgilab berildi.

YUqoridagi omillardan kelib chiqib men tomonimdan tanlangan “XX asr boshlarida Buxoro tarixi masalalari (Fayzulla Xo‘jaev asarlari misolida)” mavzusidagi bitiruv-malakaviy ish o‘zining alohida dolzarbligiga ega hisoblanadi.




Yüklə 177,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin