Tarixi fanlari


-mavzu: AMIR TEMURNING BUNYODKORLIK ISHLARI



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə16/24
tarix13.03.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#124004
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
2 5235747296271929442

5-mavzu: AMIR TEMURNING BUNYODKORLIK ISHLARI
REJA:

  1. Yer egaligi shakllari va suvdan foydalanish masalalari

  2. Sug’orish inshootlarining qurilishi

  3. Temuriylar davrida «suyurg’ol».

  4. Temuriylar davlatida Tarxonlik yorlig’i va Tarxonlar.

Temuriylar davrida mamlakatda tez-tez sodir bo’lib turadigan o’zaro ichki urushlarga qaramasdan XV asrda ham Movarounnahr va Xuroson shahar va qishloqlarida birmuncha obodonchilik ishlari amalga oshiriladi. Sug’orma dehqonchilik va uning asosi bo’lgan sug’orish va suv inshootlarini qurish ishlariga ma`lum darajada ahamiyat beriladi. Ayrim dehqonchilik vohalarining suv ta`minoti tartibga solinadi. Dashtlarga suv chiqarib, yangi yer maydonlari o’zlashtiriladi. Bu borada xususiy sohibkorlarning dashtlardan yangi yerlarni ochish, korizlar qazib, bog’ ko’kartirish va qarovsiz qolgan tashlandiq yerlarni sug’orib obod etish uchun amalga oshirgan har qanday faoliyat temuriylar tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Hatto bunday sohibkorlar bir ikki yo’l davomida hamma soliq va to’lovlardan ozod etiladi.


Bu davrda temuriylar va ularning viloyat hokimlari tomonidan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Marv vohalarida Tus vodiysida hamda Hirot va uning atrofida yirik sug’orish inshootlari barpo etilib, ayrim dehqonchilik viloyatlarining suv ta`minoti yaxshilanadi. Temuriylar hukmronlik qilgan davrda amalga oshirilgan eng yirik ishlardan biri Samarqand vohasida Zarafshon daryosidan bosh olgan Darg’om anhoridan chiqarilgan qadimgi Angor kanalining qayta tiklanishi bo’ldi. Zamonasining eng yirik sug’orish tarmog’i hisoblangan bu kanal orqali Zarafshon daryosi oqimining bir qismi bu davrda kam suvli Qashqadaryo vohasiga tashlanib, uning adog’ida joylashgan dehqonchilik yerlari suv bilan ta`minlanadi.
Buxoroning qadimgi sug’oriladigan yerlari bo’ylab olib borilgan arxeologik tadqiqotlardan ma`lum bo’lishicha, mo’g’ullar bosqini oqibatida butunlay vayron etilgan voha suv xo’jaligi XV asrga kelib tila tiklanadi. Uning dehqonchilik yer maydoni bir muncha kengayib, vohaning g’arbiy chegarasi, hatto Urganjiy dashti tomon ichkariga qariyb 5-6 km kengayib boradi. Ulug’bek hukmronlik qilgan davrda (1409-1449) Buxoro vohasining janubi-sharqiy chegarasiga yondoshgan somonjuq dashtiga suv chiqarilib, yangi yerlar o’zlashtiriladi.
Mo’g’ullar bosqini davrida vayron etilgan Murg’ob daryosining bosh to’g’oni-Sultonbandning Shohrux tomonidan tiklanishi va sug’orish tarmoqlarining loyqadan tozalanishi tufayli Marv Shahri Murg’ob vohasining suv ta`minoti tubdan yaxshilanadi.Hamda suvso’zlikdan qurib qolgan Shahar atrofidagi yerlarga qayta suv chiqarilib, sug’orma dehqonchilik er maydonini kengaytirish imkoniyati paydo bo’ladi. Sulton Husayn Mirzo hukmronlik qilgan davrda esa uning tashabbusi bilan Marviruddan yangi kanal chiqarilib, kattagina yer maydoni sug’orilib obod etiladi.
Bu davrda Hirot va Mashhad atroflarida Alisher Navoiyning tashabbusi bilan amalga oshirilgan sug’orish ishlari, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
Navoiy Tus viloyatining yuqori qismida joylashgan chashmagul mavzeida Tiruqband suv ombori qurdiradi. O’n farsax (60-70 km) uzunlikda maxsus kanal qazdirib Tiruqband suv omborida jamg’arilgan suv Mashhadga olib kelinadi. Natijada, Mashhad suv bilan ta`min etilib, shahar atrofidagi yerlarga suv chiqariladi va obod etiladi. Bu davrga kelib irrigatsiya texnikasi taraqqiy qiladi. Injenerlik asosida turli xil sug’orish inshootlari quriladi. Temuriylar va ularga taqlid qiluvchi viloyat hokimlari tomonidan Movarounnahr va Xuroson shaharlari atrofida istirohat bog’lari barpo etish munosabati bilan ko’plab sug’orish tarmoqlari chiqarilib, ular toshhovuz, darg’ot, navo, chiqir, charxparrak, qaynama, harhara, osma ko’prik, xandaq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshootlari bilan jihozlanadi.
Bu davrda qishloq xo’jaligida, xususan, g’allakorlik, sabzavotchilik va polizkorlikda ziroatlarning deyarli hamma navlari yetishtirilgan. Bog’dorchilikka katta ahamiyat berishgan, mevali daraxtlarning ko’pdan-ko’p xillari ko’kartirilib, mamlakat aholisi yozda hil meva, qish va bahor mavsumlarida esa quruq mevalar bilan ta`minlangan. Xo’jalikning asosiy turlaridan Yana biri chorvachilik edi.
Butun XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda avvalgidek yer va mulkchilikning asosan to’rt shakli: «mulki devoniy»-davlat yerlari; «mulk»-xususiy yerlar; «mulki vaqf»-madrasa va ibodatxonalar tasarrufidagi yerlar va nihoyat «jamoa yerlari» bo’lgan. Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarga avvalgidek mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qilardi. Temuriylar davrida davlat yerlarini «suyurg’ol» tarzida in`om qilish keng tarqaladi. Suyurg’ol yerlar hajmi, harti hamda er va yorliqqa ega bo’lgan shaxslarning tabaqasi jihatidan turlicha bo’lgan. Odatda, shahar yoki viloyatlardan itortib, to alohida qishloqqacha suyurg’ol shaklida in`om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyatlar ko’pincha hukmron sulola namoyondalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Bunday suyurg’ol er va mulklar ko’pincha avloddan-avlodga meros bo’lib ham qolardi. Suyurg’ol egasiga o’z suyurg’oli doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to’lovlarni to’plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan.
Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Shohrux davrida Xorazm-Shohmalik; Farg’ona-Mirzo Ahmad; Tus, Mashhad, Obivard, Nisoni o’z ichiga olgan Xuroson-Boysug’ir; Qobul, G’azna va Qandahor viloyatlari Mirzo Qaydubahodirning suyurg’oli edi. Suyurg’ol yorlig’iga ega bo’lgan viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga faqat nomigagina qaram bo’lib, odatda ular deyarli mustaqil edi.
Suyurg’ol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba`zan ular tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki ularning ma`muriy va adliya jihatidan haq-huquqlarini cheklab qo’yar edi. Suyurg’ol egasi markaziy hukumatga bo’ysunmagan taqdirda suyurg’ol huquqidan mahrum bo’lar va hokim uning viloyatini boshqa shaxsga berar edi. Bo’ysunmagani uchun Shohrux 1414 yo’lda Mirzo Iskandarni, 1415 yo’lda Mirzo Boyqaroni suyurg’oldan mahrum qilgan.
Temuriylar davrida maydoni jihatidan mayda va haq-huquqi jihatidan ancha-muncha cheklangan suyurg’ol yerlari ham bo’lgan. Bunday mayda suyurg’ol yerlari odatda xizmat ko’rsatgan kichik mansabdagi harbiylardan tortib, oliy hukmdorlarning muntazam qo’shin askarlarigacha berishgan. Boburning yozishicha, Husayn Boyqaroning 14 minglik muntazam navkarlari va 40 minglik muntazam qo’shini (g’ul)ning har bir askariga 80 jarib, ya`ni 40 tanobdan yer berilgan. Navkarlarga berilgan bu yerlardan ham mutlaqo soliq va to’lovlar olinmagan.
Dehqonchilik maydonlarining ikkinchi kattagina qismi «mulk» xususiy yerlardan iborat edi. Shubhasiz, yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari ham, mehnatkash ziroatchilarning mayda paykallari ham xususiy mulk yerlari qatoriga ko’rgan. Mulk yerlarining katta qismi ma`muriy, harbiy va diniy arboblarning tasarrufida bo’lgan. Masalan, XV asrning ikkinchi yarmida yashagan yirik mulkdorlardan Xoja Ahrorning 1300 tanobga yaqin yer-mulki bo’lgan. Bu mulklarning ayrimlari 300 qishga teng bo’lgan.
Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biron xizmat uchun tarxonlik yorlig’i berish keng tarqaladi. Tarxonlik yorlig’ini olgan mulkdorlar hujjatga asosan barcha soliq, to’lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorlig’, odatda, amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan mulkdor ismiga «tarxon» sizi qo’shib aytilgan. Tarxonlarning ko’pchiligi juda boy bo’lgan. Masalan, bu davrda Hirot atrofidagi mulklar Darvehali Tarxon, Samarqand va Buxoro atrofidagi juda kata yerlar Abu Ali Tarxon qo’lida to’plangan edi. Bobur Abu Ali Tarxonning shohona hayotini tasvirlar ekan, uning hashamatli saroyi, xizmatidagi uch ming kishidan iborat xizmatkoru-navkarlari, o’tkazgan dabdabali to’y-tomoshalari, bergan qimmatbaho sovg’a-salomlari va xalqqa qilgan jabr-zulmlari to’g’risida yozadi.
Temuriylar hukmronligining so’nggi davrida Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa viloyatlarning dehqonlaridan hamda shahar aholisidan yo’g’iladigan davlat daromadlarining anchagina qismi tarxonlar qo’lida to’plangan. Movarounnahrda ular g’oyat katta kuchga aylangan edi. Mamlakatning siyosiy hayotida ham tarxonlarning nufuzi kuchli bo’lib, juda katta siyosiy huquqdan foydalanar edilar. Hatto o’zaro nizo-janjallar vaqtida tarxonni qo’llab-quvvatlashi birorta viloyat hokimining taqdirini belgilahda ba`zan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan.
XV asrda ham, avvalgi davrlardagidek, juda ko’p yer va suv masjid, madrasa, xonaqoh, mozor va maqbaralarga biriktirilib, bunday yerlar «mulki vaqf» deb atalgan. Mehnatkash aholi o’rtasida esa vaqfkor yerlar nomi bilan yuritilgan. Ma`lumki, Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda juda ko’p masjid, madrasa, maqbara va shifoxona va xonaqohlarining ta`miri, jihozi, mutavalli, mudarris, tabib va talabalarga beriladigan nafaqalar hamda langarxona (musofirxona) va shifoxonalarning kundalik harjlari (oziq-ovqat, yoqilg’i va yoritgichlari) uchun sarf etilgan.
Bu davrda dehqonchilik yerlarining ma`lum bir kichikroq qismi qishloq aholisining umumiy tasarrufida bo’lgan. Bunday yerlar qishloq yoki jamoalarining mulki hisoblangan. Shubhasiz, bunday shakldagi jamoa yerlari, mulkchilikning qadimiy turlaridan bo’lib, bunday shakldagi jamoa yerlari, mulkchilikning qadimiy turlaridan bo’lib, ular ko’proq suvga tanqis tog’ oldi hududlarida birmuncha keng tarqalgan edi. Bunday jamoa mulkchiligi, odatda, kam suvli tog’ jilg’alarining jo’ldiragan oqimini jamg’arish yoki er osti suvlarini er yuziga chiqarish uchun qishloq jamoalarining kuchi bilan barpo etilgan ita mashaqqatli va murakkab suv inshootlari-qulfakli hovuzlar (mayda suv omborlari) va korizlar vositasida o’zlashtirilgan yerlarda vujudga kelgan. Shunday qilib, ko’pchilikning ishtiroki va mablag’i bilan barpo etilgan yerlar jamoa mulkiga aylangan. Mulkchilikning bunday turi, shubhasiz, temuriylar hukmronligi davrida unchalik keng tarqalgan bilmasa-da, har qalay mavjud edi.
XV asrda Movarounnahr va Xurosonda yer egalari «dehqon», ekin maydonlariga ishlov beruvchilar «muzoriy» deb yuritilgan. Muzoriylar, ya`ni ziroatchilar qishloqning mehnatkash tabaqasi bo’lib, ular to’rt guruhga bilingan:

  1. davlat yerlarida yashovchi muzoriylar;

  2. mulkdorlarning yerlarida ishlovchi muzoriylar;

  3. o’z yeriga ega bo’lgan dehqonlar;

  4. vaqf mulklarida yashovchi muzoriylar.

Muzoriy davlat yoki vaqf yerlarida ham, tarxon yoki suyurg’ol egalari kabi yirik mulkdorlarning yerlarida ham yollanma ziroatchi bo’lib, dehqonchilik qilgan. Ularning hosildan oladigan hissasi yer egalarining yerdan tashqari, urug’chilik, omoch, ho’kiz, ot va arava kabilarni berganiga qarab belgalangan. Qanday yerda dehqonchilik qilishdan qat`iy nazar muzoriy hamma vaqt soliqlarni tilar va majburiyatlarni o’tar edi.
Sug’orma dehqonchilik yerlaridan olinadigan asosiy soliq «xiroj» bo’lib, bu soliq «mol» deb ham atalgan. Xiroj asosan hosil etilib, uni yig’ib olish vaqtlarida mahsulot yoki pul holida tilangan. Soliq hosilga va yerning unumdorligiga qarab belgilangan. chunonchi, daryo, buloq va koriz suvlari bilan sug’oriladigan obikor yerlardan xiroj hosilining uchdan bir qismi (33%) miqdorida olingan, ya`ni hosil uch qismga bilinib, uning uchdan ikki (67%) qismi yer egasiga va korandaga qoldirilib, faqat bir qismi (33%) gina saltanat xazinasiga topshirilgan. Agar fuqaro xirojni pul hisobida tilashga rozi bo’lsa, unda hosilning uchdan bir qismi bozor narxi hisobida pulga chaqilgan. Masalan, 1461 yilda Sulton Abusaid vazirlari Xoja Muhiddin Sheroziy va Xoja Mavloniy Amiriy Samarqandiyni Movarounnahrga yuborib ularga «dudong», ya`ni oltidan ikki (33,3%) miqdorida xiroj olishni buyuradi. Agar hosilning cho’g’i o’rtachadan pastroq bo’lsa, xiroj to’qqizdan ikki, ya`ni 22% miqdorida to’langan.
Lalmikor yerlarning unumdorligi obikor yerlarga nisbatan ancha-muncha pastroq bo’lgani uchun lalmikorlik bilan mashg’ul bo’lgan muzoriylar umumiy hosilning oltidan bir, ya`ni 16% dan to sakko’zdan bir, ya`ni 12,5% miqdorida soliq tilaganlar,
Mulk yerlarining bir qismidan «ushr», ya`ni hosilning o’ndan bir qismi (10%) miqdorda soliq olingan. Bunday yerlar odatda zamonasining ilm-fani, ma`rifati va ma`naviy hayotining akobir va ashraflari qatoridan joy olgan sayyidlar, xojalar, ulamolar va mashoyixlar, XV asrning yirik mulkdorlaridan Xoja Ahror o’ziga qarashli 1300 tanob yer mulkidan har yili Samarqand hukmdori Sulton Ahmad xazinasiga faqat g’allaning o’zidan 80 ming botmon (bir botmon 20 kg.ga teng bo’lgan) miqdorida ushr to’lab turgan.
Bu davrdan bog’ va daraxtzorlardan “moli sardaraxt”, yaylovlardan «moli o’tloq va suvloq» kabi soliqlar olinib, ularni to’plahda qadimdan rasm bo’lib kelgan tartib-qoidaga amal qilingan.
Shayboniylar davrida ham iqtisodiy hayotda sun`iy sug’orish bilan bog’liq muammolarni hal etishga jiddiy e`tibor bilan qaralgan. Bu sulola vakillari Zarafshon, chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg’ob daryolari imkoniyatlaridan unumli foydalanish chorasini ko’rganlar.
chunonchi, 1502 yilda Shayboniyxon Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryoga ayriladigan joyida suv ayirg’ichi qurdirgan.
Shayboniyxon avlodlari keyinchalik Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyati yerlarini sug’orish uchun o’ndan ortiq kanallar qazitganlar.
Sun`iy sug’orish ishlari ayniqsa Abdullaxon II davrida keng rivojlangan. Masalan, 1556-1585 yillar oralig’ida Zarafshon daryosida Karmana, Mehtar, Qosim, chashorminor, Jondor suv ayirg’ichlari, Nurota tog’ida Oqchob, Murg’ob vohasida esa Shovuzixon suv omborlari qurilgan. Bundan tashqari, Zarafshon daryosidan Jizzax vohasiga Tuyatortar kanali, Somonjuq dashtini obodonlashtirishga xizmat qilgan Xoja Ka`ab kanali, Afshona kanali, Amudaryodan chorjuyga, Murg’obdan Marvga, Vaxshdan uning atrof vohalariga suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar qazishgan.
Bundan tashqarii, Abdullaxon II karvon yo’llarini qayta jonlantirish, sardobalar, karvonsaroylar qurish va ta`mirlashga katta ahamiyat bergan. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinidagi Beklarsoy darasida joylashgan qadimgi to’g’on qoldiqlari o’rnida ulkan «band» qurdirdi. Uning ravoqlarini to’g’on tepasidan turib ochish yoki bekitish mumkin edi. Maqsad esa, o’sha atrofdagi biz yerlar sug’orib dehqonchilikni rivojlantirish va yurtni obod qilish edi.
Ayni paytda ko’plab mahalliy ahamiyatga ega suv inshootlari ham qurilgan. Bu tadbirlar o’z navbatida qishloq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta`minlagan.
Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yilida qator islohotlar o’tkazdi. Birinchidan, u davlat boshqaruvida suyurg’ol tizimini joriy etdi, ya`ni zabt etilgan hududlarni boshqarish ishini o’z farzandlariga, qarindosh-urug’lariga, birodarlariga, qabila boshliqlari bo’lgan sultonlarga topshirdi. chunonchi, Hirot-Jon Vafobiyga, Hisor-Maxdi va Hamza sultonlarga, Marv-Qubiz Naymanga, Balx-Sultonshohga, Qunduz-Ahmad Sultonga, Toshkent-Suyunchxo’jaga, Andijon-Mahmud Sultonga, Xorazm-Kepakbiy qushchiga, Turkiston-Kuchkinchixonga, Buxoro va Qorakil-ukasi Mahmud Sultonga, Samarqand va Kesh esa Muhammad Temurga taqdim etilgan edi.
Lekin, suyurg’ol mulklar egalari markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lishga intilar edilar.
Shayboniylar davrida shu tariqa mamlakatdagi yer-suv qaytadan taqsim qilindi. Ko’chmanchi qabila zodagonlari yengilgan mahalliy mulkdorlar mol-mulkini musodara qilish, sotish, egasiz qolgan yerlarni izlariniki qilib olish yo’li bilan mulklarini ko’paytirib oldilar. Mamlakat ichidan ijtimoiy hayotni tartibga solishga imkon beruvchi islohot ham o’tkazildi. Keyingi o’n yil ichida soliqlar og’irligidan va mulkdorlar jabr-zulmidan yer-suvlarini tashlab ketgan xo’jaliklar yerlarini ishga tushirish masalasi kirib chiqildi.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin