Tarixi fanlari


- MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ICHKI VA



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə17/24
tarix13.03.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#124004
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
2 5235747296271929442

6- MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ICHKI VA
TASHQI SAVDO QISHLOQ XO`JALIGI VA YER EGALIGI
REJA:



  1. Amir Temur davrida shaharlar taraqqiyoti.

  2. Ichki savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi.

3. Amir Temur davrida tashqi savdo va undan ko’zlangan maqsad.



  1. Amir Temur davrida shaharlar taraqqiyoti.

Amir Temur doimo mamlakatni obod qilish, ko’rkam shaharlaru fayzli qishloqlar, purviqor imoratlar, koshonalar bunyod qilish, gullab yashnagan bog’lar yaratish torasida sa`y-harakatda bo’ldi, bu sohaga muntazam rahnamolik ko’rsatdi.
Uning davrida poytaxt Samarqandda, Shahrisabzu-G’ijduvonda, Turkistonu-Shoshda va boshqa shaharlarda qad rostlagan bir-biridan go’zal imoratlar, me`morchilik obidalari buning yaqqol ifodasidir. Samarqanddagi Ko’ksaroy, Go’ri-Amir, Bibixonim nomidagi me`morial majmualar, Shahrisabzdagi osmon gumbazli Oqsaroy, Turkistondagi Ahmad Yassaviy maqbarasi, Toshkent yaqinidagi Zangi ota majmuasi, Shuningdek ko’plab barpo etilgan mahobatli suv inshootlari, yo’llar, ko’priklar Amir Temur davrining yuksak qudratidan dalolat beradi.
Amir Temur Samarqandda o’ndan ziyod bunyod yetgan, bir-biridan chiroyli, maftunkor, dilkusho bog’lari, ularga husn beruvchi serviqor, koshinkor imoratlar, kishklarning ta`rifi-tasnifi olamga mashhur bo’ldi. Ispan elchisi Klavixo o’z esdaliklarida Samarqand ta`rifini shunday bayon qiladi: «Samarqand shahri tekis yerda joylashgan bo’lib, atrofi qum tepaliklar va jarliklar bilan qoplangan. Shahar tevoragida ko’plab uy joylar, uning atrofini butunlay bog’ va uzumzorlar qoplab olgan... Bog’larning oralarida ko’chatlar, orombaxsh maydonlar bor. Bu yerlarda shahar ichkarisidan ham ko’proq don va gisht, boshqa turli tuman narsalar sotildadi... Bu shahar va uning atrofidagi yerlar shunday to’kin-sochinki, hayron qolmaslik mumkin emas». Temur nafaqat Movarounnahr va Xurosonda balki iz bepoyon saltanatining boshqa hududlarida bunyodkorlik va obodonchilik ishlariga jiddiy e`tibor berganligi tarixiy haqiqatdir.
Uning Qorabog’dagi obodonchilik faoliyatini Sultoniya shahri qurilishi, Bag’dodning qayta ta`mirlanishi va boshqa ko’plab o’lkalarda suv inshootlari barpo etilib, cho’lu-sahrolarnini ekinzorlarga, gullagan vohalarga aylantirilishi shundan dalolat beradi.
Klavixoning Amir Temur yurtiga qilgan elchilik sayohati 1403 yilning 23 mayida boshlanib, o’n besh oy deganda Samarqandga yetib keladi. «Kundalik» muallifi Rui Gansales de Klavixo o’sha vaqtlarda Amir Temur qo’l ostidagi mamlakatlar va shaharlarning umumiy ahvoli, xalqning kun kechirishi, Temur va uning yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar haqida ko’p ma`lumot qoldirgan.
Jumladan Samarqand boyligi haqida bu yurtdan don-dun, may, meva-cheva, parranda gishti, har-xil gisht, qo’yingki hamma narsaga boydir bunlan tashqari Klavixo Ko’ksaroy qasri va undagi Podshohga qarahli qurol ishlab chiqaruvchi shahar ustaxonalariga shunday ta`rif beradi, Shahar chetida bir qasr bo’lib, tevarak atrofi suv oqib turgan xandaq bilan o’ralgan bo’lib, qasr bo’ylab yo’lab bo’lmaydigan istehkom qazilgan edi. Qasrda Podshohning xazinasi saqlanar, bu sabab qoziyu-kuzzot va uning mulozimlaridan boshqa hech kim kirolmas edi, bu yerga Podshohning farmoyishiga binoan bir mingga yaqin hunarmand asirlar joylashtirilgan edi. Ular saltanat uchun yo’l bo’yi sovut, dubulg’a, kamon, nayza yasardilar. Bu ma`lumotlarning hammasi tarixiy bir haqiqatdir. Sohibqiron buyrug’i bilan butun saltanatda har bir kunlik yo’l masofasi oralig’ida karvonsaroylar qurilgan. Karvonsaroylar cheksiz sahrolarda ham bunyod etilib, zaruriyat tug’ilganda unda ham ming otlig’ yo’lovchini qabul qilish imkoniga ega bo’lgan. Ular ozuqa, em-hashak va boshqa zarur narsalar bilan ta`minlash uchun bir qishloq, yo bir necha qishloqni ularga vaqf qilib berish qonunlashtirilgan. Markaziy Movarounnahr shaharlarida madaniy qadriyatlarni yaratishda, shu jumladan arxitektura yodgorliklari qurilishida xorazmlik ustalar ham sezilarli hissa qo’shganlar. Shahrisabzdagi oqsaroyni xorazmlik me`morlar qurganini Abdurazzoq Samarqandiy aniq ko’rsatgan. Xorazmliklar Shahrisabzdagi Jahongir maqbarasini qurishda ham qatnashganlar. Undagi chodirsimon gumbaz shakli an`anaviy hisoblangan. Amir Temur davridan Buxoroda saqlanib qolgan yakkayu-yagona yodgorlik-chashma Ayyub maqbarasining yaratilishida (1379 y.) shubhasiz xorazmlik ustalarning xizmati bo’lgan. Xorazmlik ustalarning bir qismi Samarqandda ishlagan. Ular hamda Erondan keltirilgan me`morlar tufayli Samarqand arxitekturasida o’ymakorlik terma naqsh texnikasi mustahkam o’rin olgan. Shohizinda majmuidagi Sho’rinbek og’a (1385-86) maqbarasi naqshlari ham texnik jihatdan, ham bezak kompazitsiyasi jihatdan Urganchdagi To’rabek xonim maqbarasi naqshlariga yaqin (To’rabek xonim maqbarasi qizil ranglarga boyligi bilan farqlanadi) «Nomsiz» hamda Amir Burindik maqbaralarining sirlangan guldor sopollari XIV asr Xorazm koshinlarini eslatadi. Bu jarayonni Yanada sinchiklab o’rganish hamda unda xorazmlik ustalar ishtirokining roli, darajasini belgilash Amir Temur davri madaniy merosini bundan keyin tadqiq etishning mavzularidan biridir.
Temur va temuriylar davrida qurilish ishlari, me`morchilik misli kirilmagan darajada o’sadi va rivojlanadi. V.V.Bartold shunday deb yozadi: «Temur bir vaqtning izida ashaddiy buzg’unchi va tashabbuskor quruvchi edi: u buyuk imoratlar barpo etdi va buzulganlarini tuzattirdi. Madaniyat barpo etish mumkin bo’lgan yer maydonlarini bo’sh qoldirmas edi. Temurning ijodkorlik faoliyati ham uning qilgan vayrongarchiliklari kabi kishini hayratda qoldirardi. Musulmon me`morchiligidagi eng yaxshi davr Temur va uning avlodlari nomi bilan bog’liq».
Temur va uning avlodlari davrida Samarqand, Toshkent, Zangiota (qabri), Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, Turkiston, Xurosonning markazi Hirot, Nishopur, Qobul va boshqa shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib borildi. Sohibqironning buyrug’iga asosan 1365 yo’lda Qarshi, 1370 yo’lda Samarqand, 1380 yo’lda Kesh shaharlari atrofida mudofaa devorlari barpo etiladi. Temurning o’z ona yurti Keshda buyuk alloma va mutafakkir Ahmad Yassaviyga atab Turkistonda qurdirgan ajoyib, osmono’par va muhtasham maqbarasi o’z davrida Sohibqironning kuch-qudratini jahon uzra ko’z-ko’z qilgan. Amir Temur birinchi navbatda poytaxt Samarqandni dunyoning eng go’zal va obod, ko’rkam va betimsol shaharlaridan biriga aylantirishning o’zining bosh vazifasi deb bo’lgan. U ishni eng avvalo mo’g’ullar istilosidan so’ng 150 yil mobaynida vayron va qarovsiz yotgan shaharning mudofaa devorlarini tiklahdan boshlaydi. Amir Temur o’z saltanatining qo’rg’oni-Ark qal`a, uning betakror va go’zal binolarini qurdirdi. Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy deb elda mashhur bo’lgan bu binolar shaharning ko’rki hisoblangan. Shahar arki ichida binolardan tashqari masjid, ulkan kutubxona, shohona uy-joylar, Amir Temurning xazinasi, taxti, pul zarblanadigan, qurol-aslahasozlik ustaxonalari, hammomlar hamda zindon bo’lib, atrofi qalin, baland devor bilan o’ralgan. chingizxon to’dalari tomonidan batamom kuli ko’kka sovurilib, vayronaga aylantirilgan Afrosiyob Temur va temuriylar davriga kelibgina haqiqiy ikkinchi hayotga yuz o’girdi. Amir Temurdan so’ng uning iste`dodli va ma`rifatparvar nabirasi Ulug’bek davrida Samarqand o’z boshidan gullash davrini kechirdi. Ajoyib va muhtasham binolar qad ko’tardi. Afrosiyob atroflari husniga husn qo’shildi. Amir Temur Samarqand atrofida bir qancha manzilgohlar barpo qilib, ularga jahondagi yirik davlatlarning poytaxtlari nomlarini beradi: Bag’dod, Damashq, Qohira, Sheroz, Sultoniya, Parij va hokazo. Parij keyinchalik xalq talaffuzida Farij deb yuritiladigan bo’ldi. Amir Temur davrida Samarqandning dovrug’i doston bo’ldi. Uning to’rt tomonida to’rtta darvoza bo’lgan. Shahar atrofida qazilgan xandaqlarda oqib turadigan zilol suvlar bilan o’ralgan. Shaharning go’zal va ozodaligi juda ko’p shaharlarda madh etilgan. Jumladan tarixchi Al Gazzomiyning yozishicha: Muxtasiblar ko’chaga tarvuz-qovun pichoqlarini hamda boshqa chiqindilarni tashlab yo’lovchilar uchun sirg’anish xavfini hamda boshqa chiqindilarni tug’dirmasligini, oqava suvlar sachrab odamlarning kiyimlarini iflos qilmasligini, qassoblar ko’chalarda yoki do’konlarning oldida mol so’yib atrofni ifloslantirmaslikni, obodonchilik ishlarini qattiq nazorat qilganlar. Amir Temur davrida 80 ga yaqin hammom, qulay va gavjum 5 ta bozor bo’lgan. Tarixchi sayyoh Ibn Xaldunning hikoya qilishicha, Samarqandda, oqar suv kirmagan biror ko’cha biror hovli deyarli yo’q, faqat ba`zi uylargina bog’siz edi; Sohibqironning buyrug’i bilan bir-biridan go’zal va undan ortiq bog’ barpo etilgan Bog’i naqsh jahon, Bog’i beshisht, Amirzoda Shohrux bog’i, Bog’i buldu, Bog’i Dilkusho, Bog’i Zog’on, Bog’i baland, Bog’i Davlatobod, Bog’i chinor, Bog’i nav, Bog’i jahonnamo shular jumlasidandir. Tarixchi Ibn Arabshoh Amir Temur bog’lari to’g’risida bunday deb yozadi: Temur Samarqandda ko’pdan-ko’p bo’stonlar barpo etib, baland va mustahkam qasrlar bunyod etdi. Ularning har qaysisi mahobatli tartibda, ko’rkam va ajib suratda edi. Biz ulug’ bobomiz Amir Temurning o’z yurishlari davrida minglab ustalar, me`morlar, qurilish ashyolari va boyliklarini Samarqandga olib kelganligi inkor etmaymiz. Jumladan, Samarqand Shahrisabz va boshqa shaharlardagi qurulish va me`morchilik ishlarida Sheroz, Tabriz, Isfaxon, Xorazmdan ko’plab me`morlar, musavvirlar va hunarmandlar ishlaganlar, lekin asosiy ish boshqaruvchilar, mahalliy ustalar va me`morlar bo’lganlar. Birinchi galda ularning milliy an`ana, san`at ijodlari yetakchi o’rinni egallagan. Darvoqe, Samarqand, Xorazm, Buxoroda hali Temur hukmronligigacha qurilgan va mavjud bo’lgan va shu kunlargacha saqlanib qolgan. Tarixiy obidalar o’lkamizda olib borilgan me`morchilik san`atida hayratomuz va noyob qobiliyat egalari o’lkasi bo’lganligini ko’ramiz. Yangi shaharlarning qad ko’tarishi, xususan, Samarqand atrofida yangi qishloqlarning bunyod etilishi mamlakat poytaxtining qishloq joylari bilan aloqalarining kuchayishiga olib keldi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin