Tarixi fanlari


Ichki savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə18/24
tarix13.03.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#124004
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
2 5235747296271929442

Ichki savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi.
Movarounnahr va Xurosonda markaziy hokimiyatning ma`lum darajada barqarorligi yirik shaharlar hamda hunarmandchilik va savdo rivojlanishi uchun keng yo’l ochib beradi. XV asrda xususan uning oxirgi choragi hamda XVI asr boshlarida hunarmandchilikning turli tarmoqlari rivoj topib, iste`mol mollarini ishlab chiqarish g’oyat ko’paydi. Ichki chakana savdo va pul munosabatlari kengayib, u shahar va uning atrofi aholisini ayniqsa, omilkor tabaqalarni o’z girdobiga qamrab oladi. Bu davrda Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruxiya, Andijon, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa ko’pgina shaharlari kasbkori, ichki va tashqi aloqalari bilan o’rta asr sharqning hunarmandchilik va savdo markaziga aylanadi. Hunarmandchilikning rivoj topib, uning turli tuman tipografiyasini ham izgartirib yuboradi. Ichki savdoda ip, ipak, jun, zig’ir va kanop tolasidan turli xilda rangdor, guldor hamda nafis va dag’al gazmollar ko’plab tiqib chiqarilar edi. Masalan, o’sha paytlarda oq, oq-yashil, malla, zangori, binafsha va surrang ip kalavalaridan karbos ya`ni biz, guldorchit, oq surup nafis zarlar berilgan fuja, jundan olganlar, kanop tolasidan katon kabi turli xil gazmollar tiqilgan. Bu matolar nisbatan arzon bo’lib, undan ichki kiyimlar, ustki liboslarning astarlari, kirpa-to’shaklar tikilgan. Mahalliy va chetdan keltirilgan ipakdan turli nav shoyi gazlamalar tiqish keng yo’lga qo’yilgan. Manbalarda atlas, kimxob, banoras va duxobalar qatorida tovlanuvchan yaltiroq xora va nafis va guldor debo kabi shoyidan to’qilgan gazmollarning nomlari uchraydi. shoyi matolar va zardizi buyumlar, zeb-ziynat darajasida qadrlanar va ulardan asosan saroy ayonlari va mulkdor tabaqa vakillari kiyinar va foydalanar edi. Podsho va sultonlar elchilar orqali bir-birlariga boshqa buyumlar qatori shoyi va nafis ip gazlamalari tuhfa qilar edilar. Qimmatbaho gazmol va buyumlarning bir qismi chet mamlakatlarga ham olib ketilar edi. Ichki savdoda ip, ipak, jumladan turli tuman gazlamalar, matolar to’qilgan, kiyim-kechaklar tikilgan. Qurolsozlik, oynasozlik, duradgorlik, tosh yinuvchilik, zargarlik, konchilik, kulolchilik kabi bir qator boshqa sohalar yuqori saviyada rivoj topgan. chunonchi, Ispaniyalik elchilarni lol qoldirgan sohalardan biri zardo’zlik edi. Savdo munosabatlarining davlat va jamiyat hayotida, tashqi siyosatda tutgan muhim o’rnini yaxshi anglagan Amir Temur bu borada Yana qator tadbirlarni amalga oshirib borgan. chunonchi bozor qurish, eskilarni kengaytirish, ta`mirlash ishlarini jadal kechganini ta`kidlash lozim. Amir Temur davrida ichki savdo munosabatlaridagi ijtimoiy adolat muhim hisoblanganligini ham eslatib o’tish joiz. Ichki savdoda bir qator do’kondorlar, jumladan, qassoblar, etikdizlar, boshmoqchilar o’z mahsulotlarini haddan yuqori bahoda sotganliklari ma`lum bo’ladi. Ularning ishi darhol sudga berilib, jazolanadilar, suiste`mol qilingan mablag’ esa tortib olinadi. Temuriylar davrida pul islohoti ham o’tkazilgan. Amir Temur zamonida 6 gramm og’irlikdagi kumush tangalar va uning to’rtdan biriga teng 1,5 grammlik kumush pullar zarb qilingani ma`lum.
1,5 grammlik kumush pullar «Miri» deyilgan. Mazkur nom sohibqironning Amir unvoni bilan bog’liq. Shuningdek muomilada mis pullar, chaqalar ham bo’lgan. Tangalar Samarqand, Buxoro, Arbadil, Astrobod, Darband, Domgon, Mordin, Tabriz, Sabzavor, Sheroz va boshqa qator shaharlarda zarb qilingan. Bundan tashqari Amir Temur harbiy o’rdasini ham maxsus zarbxonasi bo’lgan. Temuriylar davrida ichki savdoda hunarmandchilik keng rivojlangan. Masalan, teakchilik, kallapazlar, nonvoylar, holvachilar, gazmolchilar, kunchilar, temirchilar, zargarlar, qurolsozlar va boshqa hunarmandchilik markazlari bo’lgan. Mirishkor dehqonlar va bog’bonlar hosil yig’ishtirish bilan bir qatorda ularni uzoq muddatda saqlashni ham yaxshi eplaganlar. chunonchi, anjir qoqi, qovun qoqi, turshak, mayiz va boshqalar ko’plab quruq mevalar yo’l bo’yi, ayniqsa salqin, sovuq fasllarda bozor rastalari va xonadonlarni bezagan, hatto chet elga olib borib sotishgan. Mazkur sohalarda yuqori natijalarga erishishda adolat soliq tizimini ham mavjudligi iz ta`so’rini ko’rsatgani shubhasiz. Shu ma`noda tuzuklardagi quyidagi qaydlar qiziq: «Amir qildiki, hosil pishib etilmasdan raiyatdan molu jihat olinmasin, hosil etilgach, soliqni uch bo’lib olsinlar. Agar raiyat soliq to’lovchi yubormasinlar. Agar soliq yig’uvchi yuborishga majbur bo’linsa, ular soliqni buyruq berish va yaxshi so’z bilan yig’ib olsinlar: kaltak orkon ishlatib, ishni urish so’kishgacha olib bormasinlar. Ularni zanjir bilan kishanlamasinlar».
Shaharlarning to’qimachilik mahallalari va guzarlarida, ularga yaqin joylarda pillakashlar, kalavachilar hamda kalavalarga buyuk beruvchi nilchi rangrozlar, chitga gul bosuvchi muhrkash va chitgarlar ham istiqomat qilardilar. Bu davrda matolardan tashqari, jumladan xil gulli qalin patli va taqir gilamlar, paloslar ham to’qilar va namatlar bosilar shu tarzdagi ommaviy marosimlar o’sha davr hunarmandchiligi va san`atining rivojlanganligini ko’rsatadi.
Temuriylar davrida ichki savdoning rivojlanishi chet mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi, o’tmish madaniy merosidan samarali foydalanish va boshqa omillar hunarmandchilikning har xil turlarini taraqqiyotiga olib keldi. Temur o’zi zabt etgan mamlakatlardan madaniy boyliklar bilan bir qatorda hunarmandlar, rassomlar, me`morlar, olimlar va turli kasb egalarini Samarqandga olib kelar edi. Bu davrda mahalliy paxtadan tayyorlangan matolarga xususan, dag’al matolar va polotnolarga bo’lgan talab kuchli edi. Shoyini qayta ishlash ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiyning Osiyo bilan savdo va madaniy aloqalar o’rnatishdan yozilishicha, Xitoy hukmdori Doy Ming Xon elchilar orqali yuborgan maktubida quyidagilarni aytadi: «Har ikki tomondan ham g’ayrlik, ham begonalik pardasi daf qilmog’i, muvoffaqqiyatchilik, birdamlik eshigi ochilmog’i lozimdir. Toki raiyat va savdogar iz istak ixtiyorlari bilan borib kelsinlar, yo’llar bexatar bilsin».
O’rta Osiyo savdogarlari Xitoydan ajoyib san`at asarlari, xalq ommaviy san`atining durdonalari, bezak va taqinchoqlar bilan qaytganlar.
Moddiy va ma`naviy boyliklar bilan ayirboshlash o’sha davrda bu ikki mamlakat madaniyatini taraqqiyotiga ajoyib ta`sir ko’rsatgan. Shunisi ham borki, XV asrda, xususan, uning birinchi yarmida mamlakatning iqtisodiy ravnaq topishi, ayniqsa hunarmandchilik va ichki savdoning rivojlanishi, ma`lum darajada shu davrda o’tkazilgan pul islohoti bilan ham bog’liq. Ma`lumki Ulug’bek 1428 yilda mamlakatdagi fulusiy pullar islohotini amalga oshirdi. Aholini ichki chakana savdo munosabatlariga kengroq jalb etish maqsadida Ulug’bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki vaqtning o’zida u Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya, Andijon Shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqlar fuluslararo almashtirib olingach, mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berilib, faqat Buxoro zarbxonasi saqlab qolindi. Ichki chakana savdo pul munosabatlaridagi vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi, O’rta asrlar Ulug’bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik mahsulotlarini ichki chakana savdosi uchun keng yo’l ochib bergan edi. Ayni vaqtda Ulug’bek tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg’a» bosishni bir muncha oshirdi.
Jumladan Samarqandda shoirlardan Javxoriy-sovungarlar rastasining oqsoqoli, Mavlono Xavofiy-tikuvchi, Mavlono Kobuliy gazlfurush-kalava sotuvchi, mavlono kamardiz-tasma tikuvchi, bisotiy Samarqandiy-bo’yra tikuvchi, Abu Bakr-paxta tituvchilar mahallasining oqsoqoli, Xirdak Buxoriy-kamandbof hunarmandlardan bo’lgan. E`tiborli joyi shundaki, kasb-hunar egalari mamlakat aholisining eng madaniyatli kishilaridan bo’lgan.




  1. Yüklə 0,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin