AMIR TEMUR VA FRANSUZ SHARQSHUNOSLIGI Buyuk bobokalonlarimiz Vatanimiz va millatimiz shon-shuhratini butun dunyoda, jumladan Fransiyada ham keng yoyganlar. Buyuk muarrix va qomusiy olim Beruniy fransuz xalqiga Aliboron nomi bilan mashhurdir. Algoritmni kashf qilgan buyuk riyoziyotchi Al-Xorazmiy Fransiya mamlakati uchun ham mo’tabardir. Fransuzlar Tamerlan deb ataydigan Hazrati Amir Temur «jahonni zabt etib, buyuk davlat tuzganligi bilan mashhur bo’lsa, uning buyukligida munosib nabirasi Mirzo Ulug’bek ilm-fan jabhalarida qozongan zafarlari bilan taniqlidir.
Fransuz Sharqshunosligida A.Temurga bag’ishlangan asosiy sharq manbalarini fransuz tiliga tarjima qilish diqqat markazida bo’lib kelgan va kelmoqda. Bu sohada amalga oshirilgan katta ishlar sirasida Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»sining F.Peti de Krua tarjimasi, Ibn Arabshohning «Ajoyib al-makdur fi tarixi Taymur asarining «Buyuk Tamerlan tarixi» nomi Bilan V.Vate tarjimasi.
1787 – yili Taniqli fransuz olimi E.M.Langle «Temur tuzuklari» - «Tuzukotni» fransuz tiliga tarjima qilgan. Fransuz Sharqshunoslari tarixiy manbalar tarjimasi bilan bir qatorda A.Temur shaxsi, Temuriylar davri madaniyati va tarixiga bag’ishlangan tadqiqotlarni chop eta boshlaganlar. 1822-yili Taniqli fransuz olimi Silvester de Sasi Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VI bilan yozishmalari to’g’risida mazmunli maqola yozgan.
Hozirgi zamon fransuz temurshunosligi namunalaridan L.Kerenning «Tamerlan yohud Sohibqiron saltanati», «Tamerlan davrida Samarqand yili» va boshqa asarlarni sanab o’tishning izi kifoya.
So’nggi yillarda Parijda Temuriylar mavzuiga oid ikkita yirik badiiy asar chop etildi. Birinchisi, mashhur yozuvchi Amin Malufning «Samarqand» romani bo’lsa, ikkinchisi Milena Nokovichning «Samarqandda yoqqan oltin yomg’ir» tarixiy romanidir.
Mustaqil O’zbekistonning uzoq va yaqin o’tmishiga bo’lgan qiziqishi ortib borayotganligi davrimizning iziga xos xususiyatidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek, «Mustaqillik yillari-o’z o’tmishimizni, o’z madaniyatimizni holisona bo’lib olish davridir. Bu jahon hamjamiyati, tarix oldidagi vazifamizni anglab olish davridir».
Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan, markazlashgan, yirik, kuchli davlat barpo etish bilan tarixda yorqin, o’ziga xos va betakror iz qoldirgan sohibqiron Amir Temur siymosi ana shu qiziqishlarning qoq o’rtasida, o’zagida turadi.
Amir Temur Kichik Osiyoda bo’lgan vaqtda g’arbiy Yevropaning ancha olis davlatlari: Valua sulolasidan bo’lgan fransuz qiroli Karl VI (1380-1422) va Angliya qiroli Genrix IV Lankasterskiy (1399-1413) bilan diplomatik yozishmalar olib bordi.
Temur bilan Karl VI o’rtasida saqlanib qolgan yozishmalar harakteriga kira, Karl VI ning takliflari rad etilmagan va fransuz qirolini Temur jiddiy qo’llab-quvvatlagan, deb ayta olamiz. Parij milliy kutubxonasida saqlanayotgan ular o’rtasidagi yozishmalar esa Anqara jangidan keyingi davrga taalluqlidir.
Amir Temur nomidan Karl VI ga yozilgan ikki maktub va qirolning Amir Temurga yo’llagan javob maktubi bizgacha yetib kelgan. Ikki O’rtada xatlarni Arxiyepiskop Ioann etkazishda muhim rol yinagan.
Temurning Karl VI ga yozgan ikki xati 1402 yo’l 1 avgustda yozilgan, Karl VI ning javobi esa 1403 yil 15 iyunda yozilgan.
Karl VI o’z maktubida Anqara yonida turk qo’shinlarini yengganligi uchun Temurga minnatdorchilik bo’ldiradi.
Amir Temur davlati va Usmoniylar o’rtasidagi nizo Angliyani ham befarq qoldirmagan edi. Qirol Genrix IV Lankasterning Temur nomiga yo’llagan maktubi saqlanib qolgan. Bu maktub hozirda Britaniya muzeyida saqlanadi. Ushbu nomaning asosiy mavzusi savdo aloqalari va Anqara jangi mavzusi tashkil etadi.
Maktub mazmunidan bo’lsa bo’ladiki, ilgari ham Amir Temur va Genrix IV o’rtasida diplomatik munosabatlar bo’lgan. Bu munosabatlarda diplomatik missiyani Franchesko Satru ado yetgan.
Maktublarda Temur va Genrix fuqarolari o’rtasida erkin savdo munosabatlarini davom ettirish istagi borligi qayd qilib itiladi. Bundan tashqarii Genrix IV Temurga umumiy dushman – Boyazid ustidan qozonilgan g’alaba uchun minnatdorchilik bo’ldiradi.
Temurning Misr sultoni va Anqara g’alabalaridan so’ng Yevropada shuhrati Yanada ortdi. Kastiliya qiroli Genrix III Ham Amir Temur davlati bilan diplomatik munosabatlar o’rnatib, u bilan yaqinlashish ishtiyoqida bo’ladi. U 1402 yil anqara jangidan so’ng Temurga birinchi elchilarini yubordi. Bu elchilar Kichik Osiyoda qabul qilinadi. Tarkibi Payo de Stomayor va Ernan Sanches Palasuelas ismli elchilardan iborat bu guruh Temurni g’alaba bilan tabriklaydi. Temur ham ispan elchilarini vataniga qaytara turib, o’zining Muhammad al-Keshiy ismli elchisini ularga qo’shib jo’natadi. Muhammad al-Keshiy qirolga Amir Temur maktubini topshiradi.
Ushbu elchilikka javoban Kastiliya qiroli Genrix III Alfone Santa Mariya Rus Gonzales de Klavixo va qirolning soqchisi Gomes de Salazar ham bor edi. Klavixo elchilarga boshchilik qiladi.
Genrix III elchilar jo’natar ekan doimiy maqsadini unutmadi: elchilar hamma yerni kuzatib yurishlari va borgan hamma joylaridagi xalqlar to’g’risida ma`lumotlarni to’plashlari, qaytib kelganlaridan so’ng bularning hammasini qirolga hisobot berishlari kerak edi. Klavixo diqqatga sazovor barcha narsalarni yozib bordi.
Sohibqiron markazlashgan davlat tuzib mo’g’ullarni Movarounnahrdan haydab chiqargach, Xorazmni ham o’z saltanati tarkibiga kiritishni rejalashtiradi.
Bu paytda qing’irot urug’iga mansub So’filar sulolasi vakili Husayn So’fi janubiy Xorazm, Kat va Xiva Shaharlarini bosib oladi.
Harofuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Temur 1372 yo’l Xorazmga elchi yuborib bosib olingan yerlarni qaytarilishini siragan. Natija bilmagach, Temur harbiy harakatlar boshlagan. Xorazmda so’nggi yurish 1388 yil bo’lgan. Bu safargi urushning sababchisi Oltin O’rda xoni To’xtamishxonning ig’vosiga uchib Temurga qarshi isyon kitargan Xorazm hukmdori Sulaymon So’fi bo’ladi.
To’xtamishxon asli kim? U Manng’ishloq Hokimi To’yxo’ja o’g’lonning o’g’li, asli Jo’chi naslidan. To’xtamishxon O’rusxon (Oltin O’rda bilan Oq O’rdani birlashtirishni taklif qilgan xon) ta`qibidan qochib, Temur huzuriga panoh izlab keladi. Temur To’xtamishxonga otasi xunini olish uchun va Oq O’rda taxti uchun kurahda qurol va qo’shin bilan yordam beradi. Mahkam Abduraimovni yozishicha, Temur: «…To’xtamishga to’rtinchi marta ham qo’shin berib, tajribali qimondonlaridan birini unga bosh etib tayinlaydi». Ammo tajribasiz To’xtamish har safar mag’lubiyatga uchrab qaytaveradi.
1376 yo’lda O’rusxon Temurdan To’xtamishni topshirishni talab qilib elchi yuboradi. Shundan so’ng Temurning o’zi 1379 yo’l O’rusxonga qarshi yurish boshlaydi va uni yengadi. To’xtamish Oq O’rda taxtiga o’tiradi.
Taxtni egallagan To’xtamish Oltin O’rda va Oq O’rdani birlashtiradi. Ammo To’xtamish «it qutursa egasini qopadi» deganlaridek o’zining homiysi Temur yerlariga ko’z olaytira boshlaydi.
To’xtamish Temur bilan jang qilish uchun bahona izlardi. Buni anglagan Temur Shayx Ali Bahodur, Ini Temur, Usmon Abbos va o’g’li Mirzo Mironshoh boshchiligida To’xtamishga jo’natadi. Temur o’rtadagi tinchlik ahdini buzmaslikka chaqiradi.
Ammo To’xtamish sohibqironning bu oqilona maslahatiga quloq solmay, u Movarounnahrda yo’qligidan foydalanib, 1387-1388 yillarda Movarounnahrga bostirib keladi va Xorazm hokimi Sulaymon So’fini unga qarshi qo’zg’olon ko’tarishga kindiradi.
Temur Erondagi yurishini to’xtatib Movarounnahrga qaytadi. To’xtamishga yordam berganlarni bir yoqlama qilgach, endi asosiy e`tiborini To’xtamishga qaratadi.
Temur 1391 yil 22 yanvar kuni To’xtamishga qarshi jangga otlanadi. Qo’shin O’trorga yetganda To’xtamish elchilari keladi. Ular To’xtamish nomidan kechirim so’rab, uning nomasini Temurga topshiradilar. Ammo Temur siyosiy muzokaralar olib borishni istamaydi.
Temur lashkari 1391 yo’l 4 iyunda Yoyiq (Ural) daryosidan kechib o’tadilar. Temur va To’xtamish o’rtasidagi jang hozirgi Samara bilan chistopol o’rtasidagi Qunduzcha degan mavzeda bo’ladi.
Uch kunlik jangdan so’ng Temur qo’shinlari zafar quchadilar. To’xtamish qochib ketadi.
Tez orada To’xtamish Temurga qarshi kuchli qo’shin tuzadi va Temurga qarashli Shirvonga bostirib kiradi.
Temur To’xtamishga qarshi yana jang boshlaydi. Bu jang 1395 yil 15 aprelda Terek daryosi bo’yida bo’ladi va sohibqironning yorqin g’alabasi bilan tugaydi.
Sohibqiron To’xtamishni ta`qib qiladi. Oltin O’rdaning markazi Saroy Berkani egallab uni boyliklarini o’zlashtiradi.
Yozma manbalarda qayd qilinishicha, To’xtamishni 1406 yo’lda Amir Ediqut O’zbek qo’lga tushirib qatl etadi.
Temur Hindistondan qaytib kelgach, g’arbga tomon yurishga tayyorlana boshlaydi. Bu yurish asosan turk sultoni Boyazid Yo’ldirmga qarshi qaratilgan edi.
1388-1389 yillarda Armaniston , Iroq va Ozarbayjon sarhadlarida Temur lashkarlariga qarshi qora quyunli turkman qabilasining boshlig’i Qora Yusuf janglar olib borgan. Unga Ahmad Jaloir ittifoqdosh bo’lgan. Har ikkisini Boyazid himoyasiga olgan va boshpana bergan edi. Temur Boyazidga elchi orqali xat yuborib, Qora Yusufni unga topshirishni talab qiladi.
Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur nomasini olgach va uni mazmunini anglagach, Boyazid o’rnidan sapchib turib ketgan va Sohibqironni Har xil bilmag’ur so’zlar bilan haqoratlab, unga yozgan xatini so’nggida quyidagilarni yozadi: «…Men bilamanki, bu so’zlar seni hech to’xtatmasdan bizning mamlakatimizga tomon otlantiradi. Agar sen (biz tomon) kelmasang, sening xotinlaring uch taloq bo’lsin. Agar sen mening yurtimga kelsangu, men senga qarshi urush qilmay qochsam, u vaqtda mening xotinlarim uzil-kesil uch taloq bo’lsin».
Amir Temurning g’arbga tomon yurishi 1399 yilda boshlanib, 1404 yilda nishoyasiga etadi. Bu tarixga «Yetti yillik urush» nomi bilan ko’rgan.
Temur yurish davomida Kichik Osiyodagi ikkita muhim qal`a-Sivos va Milatiyani egallaydi. Misr sultoni Farajga qarashli Suriya (Shom)ni egallaydi.
Amir Temur Boyazid bilan yozishmalar qilib, uning atrofidagi yerlarni o’ziga qaratish uchun urushlar olib borib, u bilan bo’ladigan bevosita jangni paysalga solish va chizishdan aniq maqsadi bor edi. Birinchidan, u Boyazidni ittifoqchilaridan mahrum qiladi. Ikkinchidan u shu davr mobaynida dushmanning xususiyatlarini, kuchli va kuchsiz tomonlarini, urush bo’ladigan joyning sharoitlarini o’rgandi.
Amir Temur va Sulton Boyazid o’rtasida tarixda «Anqara jangi» nomi bilan mashhur jang Temurning yorqin g’alabasi bilan tugaydi.
Movarounnahr taxtini 35 yil davomida boshqargan Amir Temur yuksak diplomat ekanligini ham isbotladi. U diplomatik munosabatlarda hatto g’animlariga ham hurmat, izzatda bo’ldi. Ular bilan mumkin qadar mojaroni diplomatik tinch yo’l bilan hal qilishga urindi.
Amir Temur haqida nimalar deyilishidan qat`iy nazar, uni favqulodda shaxs, buyuk sarkarda va davlat rahbari bo’lganini barcha sharqshunoslar e`tirof etadilar. Jumladan, fransuz sharqshunosi Jan Pol Ru shunday yozadi: «Temurga teng keladiganlar kam topiladi, Temurdan o’tadiganlar esa, topilmasa kerak. Uning nomi Iskandar, Doro, Sezar, chingizxon, Bonopart bilan yonma-yon turadi. Temur insoniyat tarixining buyuk siymolaridandir».