7-MAVZU: AMIR TEMUR VA UNING JAHON TARIXIDA TUTGAN O’RNI.
Amir Temur va jahon Sharqshunosligi.
A.Temur va fransuz Sharqshunosligi.
O’zbek xalqi uch ming yillik uzoq va boy o’tmishga ega. Moziyning har bir davri tariximizdan beiz ketmagan. Bu haqida qadimgi qo’lyozmalarda batafsil yozib qoldirilgan. Afsuski, istiqlolga qadar biz hokimiyat tepasida qariyib besh yuz yo’l hukmronlik qilgan A.Temur va Temuriylar sulolasi haqida to’liq haqiqatga ega emasdik.
O’zbek xalqi tarixida oltin davr deb hisoblangan Temuriylar uyg’onish davri xususida dunyo adabiyotida ko’plab ilmiy-tarixiy kitoblar, tarixiy romanlar hamda sahna asarlari yaratilgan. O’zimizda esa yaqingacha Amir Temur va uning avlodlari zolim podsholar sifatida talqin yetib kelindi. Garchand, temuriylardan buyuk davlat arboblari, jo’mard sarkardalar, bunyodkor shohlar, buyuk olim va mutafakkirlar, el ardoqlagan shoir va me`morlar yetishib chiqqan bo’lsada, shu to’g’risida bor haqiqatni aytish vaqti mustaqillik bilan u tufayli kirib keldi.
Amir Temur va Temuriylar tarixi o’rganilib, ular faoliyatiga baho berilar ekan, ul zot va uning sulolasi vakillari haqida jahon Sharqshunosligida aytilgan har bir fikr-mulohaza va yaratilgan har bir asar atroflicha tahlil qilinishi lozim.
Buyuk jahongir va muzaffar Hazrati A.Temur bobomiz – olamshumul tarixiy shaxs. Manna olti asrdan beri ul zotning ismi sharifi xalqlarning tillaridan, adiblar kitoblarining sahifalaridan tushmay keladi. Amir Temurni hayot chog’idayoq Iskandari soniy deb atay boshlagan edilar. Uni o’z davrida Ovrupodagi Fransiya, Angliya, Kastiliya, Vizantiya, Venetsiya va boshqa davlatlarning qirollari, Osiyo, O’rta va Yaqin Sharq mamlakatlarining shohlari uning bilan yozishmalar olib borganlar. Sohibqironni Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy), Qaysar (Yuliy Sezar), chingizxon va Napoleonga qiyoslash ko’pgina muarrixlarning asarlarida tez-tez uchrab turadi. Bunday munosabatning va A.Temur hamda Temuriylar sulolasi tarixiga bo’lgan ulkan qiziqishning sabablari, fikrimizga quyidagilardir.
Birinchidan, A.Temur dunyoda eng kata Markaziy Osiyodan to O’rta Yer dengizigacha, Kichik Osiyo va Shimoliy Kavkaziya katta qismini iz ichiga olgan yirik markazlashgan davlat tashkil yetgan.
Ikkinchidan, A.Temur mag’lubiyat nimaligini bilmagan g’olib sarkarda sifatida biror-bir xalqqa qarshi emas, balki Movarounnahrni siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy jihatdan birlashtirish va obod qilish uchun yurishlar olib borgan. Bu o’z navbatida sohibqiron saltanatida iqtisodiy taraqqiyotga, savdo-sotiqning rivojlanishiga, fan va madaniyatning gullab-yashnashiga, me`morchilik taraqqiyoti va xalq farovonligiga olib kelgan.
Uchinchidan, A.Temur buyuk davlat arbobi o’laroq o’z zamonasi uchun eng mukammal davlatchilik va huquqiy tizimni yaratgan. Fransuz olimi Alfons de Lamartin A.Temur saltanatidan hayratlanib, «Ovro’po na Iskandarda, na Attilada va na Moskoviya zafarini quchgan yangi fotih Napoleonda adolatli qonunlar asosiga qurilgan bunday boshqaruv bunyod etgan emas», - deb yozgan edi.
To’rtinchidan, A.Temur buyuk bunyodkor, fan madaniyat, san`at va ta`lim – tarbiya homiysi sifatida sharqdagi uyg’onish davrining ikkinchi bosqichini boshlab bergan, bu bilan jahon, xususan sharq sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shgan.
Beshinchidan, Hazrati A.Temur o’zining shaxsiy fazilatlari, ya`ni kamtarinlik, e`tiqodlilik, iymonlilik, odillik, jasoratlilik, bag’rikenglik, oldindan ko’ra bilishlik tadbirkorlik kabi hislatlari bilan ajralib turgan.
Jahon Sharqshunoslarini A.Temurning shaxsiy fazilatlari, bilimdon davlat boshlig’i, muzaffar sarkarda va mohir diplomat sifatida shakllanishi, Temuriylar saltanati yuksala borganligining sirlari hamda inqirozining sabablari qiziqtiradi. Shu munosabat bilan ular quyidagi savollarga javob topishga intiladilar: «Ne baxtki, aslzodalarning O’rta tabaqasiga mansub bo’lgan bu kimsa davlat boshlig’i – hukmdor darajasiga ko’tarila oldi? Qanday qilib u hattoki Moskovni ham itoatida ushlab turgan Oltin O’rda hukmdori To’xtamishni, Ovro’poda Yo’ldirim deb nom chiqargan Sulton Boyaziddek lashkarboshini tiz chiktirdi? Bu ne sinoatki, u ham fuqarolar qalbiga dahshat soldi, Ham ular muhabbatini qozondi?. Uni tog’lar oshib, daryolar kechib, dengizlar yoqalab saltanati sarhadini Ovrupo chegaralariga qadar kengaytirishga nima majbur qildi? Nima uchun u keksayib, kuchdan qolayozganida va ayni qish pallasida Xitoy sari chog’landi? Qator yo’lnomachilar tomonidan «qonxo’r, bosqinchi, zolim» deb atalgan hukmdorning sharqlik va Ovro’polik mo’yqalam ustalari tomonidan yaratilgan qator surat va tasvirlari nega hamon dunyodagi eng mashhur muzey va kutubxonalarni bezab turibdi? Morloni unga atab fojea yozishga, Volterni esse bitishga, Gyoteni o’z devonidan unga o’rin berishga, Gendelni unga bag’ishlab opera yaratishga nima majbur qildi ekan? Fransiya, Italiya, Ispaniya, Angliya va Germaniyada sharqlik allomalar tomonidan Temur haqida yozilgan asarlarning tildan-tilga tarjima qilinishiga va o’rganilishiga nimalar sabab bo’ldi ekan?
Ushbu savollarga javob izlab, Amir Temurning jo’shqin hayoti va serqirra faoliyati haqida o’zbek, turk, arab, fors, fransuz, ingliz, nemis, ispan, xitoy va boshqa tillarda ko’p ilmiy, tarixiy asarlar yozilgan, Parij va London sahnalarida pesa va operalar qo’yilgan. Bunday asarlarning paydo bo’lishi tasodifiy emas, balki qonuniydir, zero A.Temur shaxsining o’zi favqulodda va g’ayri odatiy hodisa bo’lib, o’z zamondoshlari hozirgi avlodni ham befarq qoldirmaydi.
Shuni chuqur taassuf bilan ta`kidlamoq lozimki, XX asrning 60-80 yillarida «markscha-lenincha» mafkura iskanjasi ostida bo’lgan ayrim «sovet» tarixchi olimlari A.Temur shaxsini faqat «qora ko’zoynak» orqali qarab talqin etdilar.
A.Temurga bag’ishlab sharqda va g’arbda chop etilgan adabiyotlarning to’liq ro’yxati va ularning atroflicha tahlili hozirga qadar yaratilmagan.
Hazrati Amir Temur haqida nimalar deyishlaridan qat`iy-nazar, uning favqulodda shaxs, buyuk sarkarda va davlat rahbari bo’lganligini barcha Sharqshunoslar e`tirof etadilar. «Temurga teng keladiganlar kam topiladi, Temurdan o’tadiganlar esa topilmasa kerak. Uning nomi Iskandar, Doro, Sezar, chingizxon, Bonapartlar bilan yonma-yon turadi. Temur insoniyat tarixining buyuk siymosi bo’lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |