Qazontek qaynab ush savdo pishurdim Nizomiy bolidan halvo pishurdim... Buyuk olim, faylasuf va tarixchi Abu Rayhon Beruniy Markaziy Osiyo tarjima tarixiga, ayniqsa 0‘zbekistonning tarjima tarixiga katta hissa qo'shgan. Bu davming barcha olimlari kabi Beruniy ham o‘z asarlarini asosan arab tilida yozgan, arab tilidan fors tiliga ham tarjima qilgan. Abu Rayhon Beruniy qomusiy olim bo‘lib, taijimachilik haqidagi fikr-mulohazalarini yozib qoldirgan. Beruniyning to‘g‘ri tarjima haqidagi fikrlari uning ilmiy-ma’rifiy qarashlariga muvofiq bo’lgan va uning falsafiy qarashlari esa X-XIII asrlardagi tarjimonlik faoliyatidagi muammolaming yechimini topishga yordam bergan. Beruniy o‘zining “Hindiston” asarida Gomerning “Iliada” va “Odisseya” asarlaridan parchalar keltirgan. Biz uning kitoblarida yunon, rum va hind yozuvchilarining asarlaridan tarjima qilingan parchalami ko‘rishimiz mumkin. Mohirona adabiy tarjimadan Beruniy o‘z ijodiy faoliyatida samarali foydalangan. U arab, tojik, sug'diy, xorazmiy, suryoniy, yahudiy, hind, sanskrit va yunon tillaridagi asarlarni o‘qigan va ularga sharhlar yozgan. Uning tarjimalari orasida “Qissai Vomiqu Uzro”, “Qosimus-surur va aynul- hayot”, “Hurdmizdiyor va Mehriyor”, “Bomiyonning ikki sanami”, “Dah, Moh va Kiromiduht”, “Nilufar” eposlarining tarjima kitoblari bor. U bu asarlarni fors tilidan tarjima qilgan bo‘lib ular “qiziqarli va hayajonli hikoyalar” deb “Fehrast”da ta’kidlangan. Ingliz adabiyoti XX-asrning 30-yillariga kelib, tarjima qilina boshlandi. Hozirgi kunga qadar bir qancha Amerika va Lotin Amerika yozuvchilarining, jumladan 20 dan ortiq ingliz yozuvchilari va shoirlarning kitoblari jumladan, Shekspir sonetlari, Bayron she'rlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. “Robinzon Kruzoning sayohatlari” asari o‘zbek tiliga ingliz adabiyotidan qilingan ilk tarjimadir. Bu kitobni 1911-yilda o‘zbek tiliga Muhammad Fozil Otabek ozarboyjoncha bayon tarjimadan ag‘dargan. 0‘zbek adabiyotida badiiy tarjimachilikdagi ilk yorqin misollar Xamza Xakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Mirtemir, Zulfiya va boshqa ko‘plab ijod ahllarining qalamiga mansubdir. 0‘zbek yozuvchisi Abdulla Qahhor A. P. Chexov asarlarining eng yaxshi tarjimonidir. U o‘zining hikoyalarida fenomen (his-tuyg‘u tajribasi bilan payqaladigan hodisa)ning mohiyatini ochib berdi. A.P.Chexov xikoyalarining tarjimasi yozuvchi-taijimonlarga A.P.Chexov tabiatini o‘rganishga chuqurroq yordam bergan va bu esa uning iste’dodi kuchini his qilishga va o‘zbek kitobxonlariga taqdim etishga imkon berdi. 1950-yillarning oxiriga kelib 0‘zbekistonda tarjima tarixi va nazariyasi tadqiq etila boshlandi, taniqii yozuvchi olim va tarjimon Jumaniyoz Sharipov “0‘zbekistonda tarjima tarixidan”, “Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar” kabi monografiyalar chiqardi. Taniqii olim va fan tashkilotchisi G‘.Salomov “Tarjima nazariyasiga kirish”, “Tarjima nazariyasi asoslari” kabi darslik va qo‘llanmalar yozdi, “Tarjima san’ati” kabi turkum to‘plamlami chiqarishga bosh- qosh bo’ldi. 1917-yiIgacna qilingan tarjimalar V.Raxmonova, H.Hamidova, N.V.Vladimirova, T.Qarayeva, M.Soipova, N.Komilov va R.Vohidovlar tadqiqotlarining muhim ob’yekti bo’lgan. G'aybulla Salomov 0‘zbekistondagi tarjima nazariyasi asoslari ustida ilmiy faoliyat olib bordi. U tarjimada milliy hususiyatlami aks ettirishga katta e’tibor bergan vafrazeologizmlami tarjimada ifodalash yo'llari, she’riy tarjimalaming o‘ziga xosliklari ustida ishlagan. Kitoblarda u tarjimada shakl va tarkibning yaxlitligini saqlab qolish to‘g‘risida nazariy bilimlar bergan. Shuningdek, G‘aybulla Salomov chet el tarjimonlari tomonidan qilingan “Boburnoma” tarjimalarini mukammal tahlil qilib chiqdi. 1922-yilda “Boburnoma” hozirgi fors tiliga Murod Qarluqi tomonidan tarjima qilingan. Qarluqining tarjimasini G‘aybulla Salomov asl nushaga yaqinroq deb topdi. “Yaqinroq” so‘zining ma’nosi shundaki, u aniq, ya’ni to‘g‘ridan- to‘g‘ri tarjima qilingan deb xulosa chiqargan. Jumaniyoz Sharipov “Badiiy tarjima va mohir tarjirnonlar” kitobida (1972-yilda “Fan” nashriyoti), Ogahiy, Avloniy, Murodxo‘ja, Oybek, Mirtemir va Zulfiyaning ijodiy mahoratini ochishga harakat qildi. Badiiy tarjimaning nazariy asosini, she’riy tarjimaning milliy uslubini, tarixiy - nazariy tarjima metodologiyasini, tarjirnonlar ma- horati qirralarini tahlil qildi. 1970-1975-yillarda Gyotening “Faust” (E.Vohidov), Danten- ing “Ilohiy komediya”, “Do‘zax” (A.Oripov), Nozim Hikmatning “Inson manzaralari” (R.Parfi) kabi asarlaming o‘zbek tilida chiqishi she’riy tarjimaga yangicha yondoshuvlar paydo bo‘lgani, Navoiy an’analari o‘z ijodiy davomini topganini ko‘rsatdi. Shekspir uch asr o‘tsa-da yozuvchi sifatida haligacha tirik. U Angliyaning Stratford Ayvon shahrida tug‘ilgan. Tarjimonlarning har bir avlodi Shekspirni yangitdan kashf etadi. Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Uyg‘un, Maqsud Shayxzoda kabi yirik o‘zbek adiblari Shekspir asarlarini shoirona yangratib, o‘zbek xalqiga tuhfa etdilar. Garchi Shekspirni ular vositali til orqali qayta yaratgan bo’lsalar-da, asarlaming buyuk dramatik ta’sirchanlagini saqlab qololdilar. 0‘zbekistonda Mustaqiilikdan oldin tarixiy sharoit taqozosi bilan G'arbiy Yevropa adabiyotlari o‘zbek tiliga aksaran rus tili orqali tarjima qilindi. Mustaqillik yillarida adabiy, tarixiy va publitsistik asarlarni asl tillar va xususan, ingliz tilidan o'zbek tiliga to‘g‘ridan- to‘g’ri tarjima qilish harakati kuchayib boryapti. Chunonchi shoir Jamol Kamol Shekspir asarlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga to‘g'ridan-to‘g‘ri o‘girishga muvaffaq bo‘ldi. Amir Fayzullo XXI-asr tarjimachiligida alohida o‘rin tutadi. U bevosita erdu va hind tilidan o‘zbek tiliga bir necha yirik hind asarlari, filmlarini o‘girdi. Prem Chandning “Yordam” (1974), “Jang maydoni” romanlarini, “Maxabxarata”, “Ramayana”, “Sangam”, “Bazigar”, “Mirzo G‘olib” singari e’tiborli kino asarlami mohirona tarjima qildi.