Tasdiqlayman” Bulung`ur pedagogika kolleji direktori Yu. Jumanazarova


Musobaqa hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 151,59 Kb.
səhifə41/44
tarix15.11.2022
ölçüsü151,59 Kb.
#119535
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
hakamlik amaliyoti 40 soat

Musobaqa hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi. Musobaqa natijalarini hisoblash jadvalini mazmuni. Musobaqa natijalarini quyidagi tartibda hisoblash mumkin: g’alaba uchun 1 ochko, mag’lubiyat uchun O ochko. Musobaqa oxirida ochkolar soni qo’shib chiqiladi. Eng ko’p ochko to’plagan jamoa birinchi o’rinni erallaydi. Qolgan jamoalar ham yiqqan ochkolarining soniga qarab, tegishli o’rinlarni egrallaydilar. Birinchi o’ringa da’vogar jamoalarning ochkolari soni agar teng bo’lib qolsa, u holda shu jamoalar o’zaro qo’shimcha uchrashuv o’tqazadilar.Uchrashuvda g’alaba qilgan jamoa yuqori o’rindan joy oladi.Agarda uch va undan ortiq jamoalarning ochkolari soni barobar bo’lib qolsa, unda o’zaro uchrashuvlarning natijalari hisobga olinadi, Bu ko’rsatkich ham bir xil bulganda esa shu uchrashuvlarning natijalari hisoblab chiqiladi (yutgan va yutqazgan ochkolar). Musobaqalarda har bir kollektivdan bir nechta jamoa qatnashgan bo’lsa, unda har bir jamoaning natijasi alohida baholanadi. Bunday baholash standart ravishda bo’lmasdan, balki har bir musobaqadan ko’zlangan maqsadga qaraladi. Masalan, o’smirlar jamoalarining ishlariga ko’prok e’tibor berish lozim bulsa, shu jamoalar o’yinlarining natijalari yuoriroq baholanadi. Aylanma tizimi bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarning texnik natijalari jadvalda ko’rsatilgan. Musobaqa nizomning mazmuni. Tasdiqlangan sport musobaqalarining kalendari asosnda har bir musobaqa uchun alohida «Nizom» tuziladi. Kalendar musobaqalarini tayyorlash va o’tkazish «Nizom ishlab chiqishdan boshlanadi va bu «Nizom» Musobaqa o’tkazishda asosiy hujjat bo’lib hisoblanadi. Musobaqa «Nizom»i jismoniy tarbiyaning o’quv-trenirovka va sport ishlariga katta ta’sir ko’rsatadi. «Nizom»ni oldindan aniq bilish o’quv sport ishlarini to’g’ri rejalashtirishga yordam beradi. «Nizom» musobaqada qatnashadigan barcha tashkilotlarga oldindan yuboriladi. Musobaqa nizomi mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Musobaqaning maqsad va vazifalari ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
a) o’kuv-trenirovka ishlarining yakunini tekshirish;
b) basketbolchilarning tayyorgarligini tekshirish va kuchlarni aniqlash;
v) sportchilarning tizimi tik ravishda trenirovka qilishga va sport mahoratlarini oshirishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
2. Musobaalarni o’tkazish vaqti va joyi ko’rsatiladi.
Agar Musobaqalar sportchilarning doimiy turar joylarida o’tkazilmasa, u holda yetib kelish va ketish kunlari ko’rsatiladi.
3. Musobaqalar o’tkazishga raxbarlik. Musobaqalarni utkazlsh bevosita kaysi tashkilot zimmasiga yuklanganligi va Musobaqalarni ta’minlaydigan hakamlar hay’atini kim tasdiklashi ko’rsatiladi.
4. Musobaqalarda katnashuvchi tashkilotlar va sportchilar. Qaysi tashkilotlar va jamoalar Musobaqalarga qo’yilishi, qatnashuvchilar kanday talablarga javob berishlari lozimligi ko’rsatiladi. 5. Musobaqalarni utkazish tartibi (dastur). Musobaqalar qaysi tizimi (aylanma, olimpiya, aralash) bo’yicha o’tkazilishn batafsil ko’rsatiladi. Qur’a tashlash vaqti, joyi va uning asosiy talablari ma’lum qilinadi. Musobaqa natijalarini aniqlash tartiblari belgilanadi (ochkolar soni bir xil, durrang, o’yinga kelmaslik va boshqa hollar).
6. Tashkilotlarni, jamoalarni, qatnashchilarni va trenerlarni mukofotlash. Tashkilotlar, jamoalar, qatnashchilar va trenerlar kaysi urin uchun nima bilan mukofotlanishlari ko’rsatiladi.
7. Qatnashuvchi, tashkilotlar va jamoalarni qabul qilish shartlari. Musobaqa qatnashchilari Musobaqa o’tkazish joylalarida qaysi vaqt davomida, qaysi tashkilot hisobiga nimalar bilan ta’minlanishi ma’lum qilinadi.
8. Bildirishnomalar (Zayavkalar). Musobaqalarda qatnashish uchun dastlabki va oxirgi bildirishnoma berish tartibi, muddati xamda zarur bo’lgan qo’shimcha hujjatlar (pasport, sinov daftarchasi talabalik guvohnomasi sport razryadi va boshqalar) ko’rsatiladi.
Musobaqalarni uyushqoqlik bilan tashkillash va yuqori saviyada o’tkazish uchun Musobaqa (nizomiga) asosan belgilangan tartibda Musobaqada xizmat qilish uchun hakamlar xay’ati tarkibi Musobaqa o’tkazayotgan tomondan tasdiqlanadi. Musobaqa o’tkazish tashkiloti uchun hakamlar xay’ati ya’ni; bosh hakam, maydondagi hakam va ularni yordamchilari sekundamerchi hakam, Musobaqa kotib, hakami axborotchi, hakam, operator 30 sekunt dakikani nazorat qiluvchi hakam, Musobaqa tibbiy xodimi tarkibidan iborat buladi. Bosh hakam. Bosh hakam hakamlar hay’atiga rahbarlik kiladi. Musobaqa o’tkazilayotgan tashkilot va tegishli basketbol federasiyasi oldida Musobaqalarning yuqori saviyada o’tkaziga maxsus shaxs hisoblanadi. Bosh hakam Musobaqa boshlanishidan oldin sport maydonlarini, zallarini jihozlanishi, asbob anjomlar, sport jihozlarni tayyorgarliklarini va zarur hujjatlarning tayyorgarligini, ularning amaldagi qoidalarga mufoviqligini tekshiradi. Bosh hakam Musobaqa arafasida hakamlar a’zolari bilan yigilish o’tkazadi va ularga vazifalar taksimlaydi hamda ishtirokchi jamoalar soniga qarab hakamlar birigadasini tuzadi. Bosh hakam Musobaqalar davomida musobaqalarning qoidalari va Musobaqa nizomiga muvoffik ularning o’tkazilishini boshqarib boradi. Ayrim hollarda, ya’ni agar Musobaqalar boshlanishidan oldin Musobaqa o’tkazish joyi, jihozlar yoki asbob anjomlar yaroksiz holatda bulsa, bosh hakam Musobaqalarni bekor qilish yoki noqulay ob haova sharoitlarida yoki Musobaqalar o’tkazishga xalaqit beriladigan boshka qandaydir sabablarga ko’ra vaqtinchalik tannaffus berish mumkin. Bosh hakam Musobaqalarning oxirgi kun hakamlar, jamoa vakillari, sport murabbiylarning yakuniy majlisini o’tkazadi, natijalarni tasdiqlaydi va hamma bajarilgan ishlarga baho qo’yadi. Musobaqalarning bosh kotibi Musobaqa bosh kotibi hakamlar yigilishlarini bayonnomasini yozib boradi, qur’a tashlash marosimini o’tkazadi va aylanma bo’ylab uchrashuvlar tartibini belgilaydi, Musobaqa jadvalini tuzadi va hamma hakamlar hujjatlarini to’ldirib beradi, ariza va norozilik bildirishnomalarini qabul qiladi, ular to’g’risida bosh hakamga xabar beradi, Musobaqalarning o’tkazilishi to’g’risidagi texnik hisobotni tayyorlaydi. Sekundamerchi hakam Sekundamerchi hakam tomoshabinlarni va maydondagi hakamlarga vaqt to’grisida ogohlantirib boradi. Maydondagi hakamni hushtagi bilan sekundamerni ishlatadi yoki to’xtatadi. Agar o’yinchilardan birontasi jarohat olganli yeki uni kiymida kamchilik borligi sababi to’xtatilsa, sekundamerchi hakam vaqtni to’xtatadi. Bundan tashqari maydondan to’p chikkanda, jarima to’plari berilganda, o’yinchilar almashganda sekundamerchi hakam vaqtni to’xtatadi. Basketbol o’yini sof 20 minut dakika to’p maydonda harkati hisobganlik sababli sekundamerchi hakamdan juda xusherlik va vaqtni o’z vaqtida to’gri nazorat qilib borish mavsuliyati yuklatiladi. Axborotchi hakam Axborotchi hakam Musobaqalarni o’tkazish tartibini e’lon qiladi va har bir bellashuvni natijalarni, Musobaqani borishini tushuntirib boradi. Musobaqa ishtirokchilarning sport faoliyatiga tavsiya beradi. Musobaqalar borish to’g’risidagi hamma ma’lumotlar Musobaqa bosh hakami ruxsati bilan beriladi. Musobaqa tibbiy xizmati Musobaqa tibbiy xodimi hakamlar va Musobaqa ishtirokchilarni tibbiy kurikdan utishi va musobaqalarni sonitariya-gigiyenik sharoitlari uchun ma’sul xisoblanadi. U musobaqa ishtirokchilarini jarohatlanganda yeki kasal bo’lib qolganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatadi. Hakamlar imo ishoralari (Jestlar) O’yin jarayenida o’yinni yuqori saviyada o’tishi va jamoa o’yinchilarini belgilangan tartibdagi o’yin qoidalariga rioya qilishni taminlanishi maydondagi hakamlar faoliyatiga katta bog’liqdir. Basketbol o’yinida hakam belgilagan qoidalarni o’z vaqtida aniq ko’rsatish uchun belgilangan qoidadagi o’yin qoidalarini ifoda qiluvchi imo-ishoralarni to’lla egalagan bo’lish kerak. Koydada ko’rsatilgan imo-ishoralar barcha hakamlar uchun asos xisoblanadi va fakat qoidadagi imo-ishoralarni kursatishlari shart. Bundan tashqari o’yinda kotiblik va sekundametr nazoratini olib boruvchi hakamlar ham hakamli imo-ishoralari bilan yaxshi tanishgan bo’lishlari shart. Hakam o’yin qoidasi buzilganda hushtak bilan birgalikda kullari bilan kaysi o’yin qoidasi kim tomonidan buzilganligini imo-ishora bilan tez xamda aniq ko’rsatishi kerak.Xalkaro basketbol federatsiyasi tomonidan o’yin qoidalarini tasvirlash uchun tasdiqlangan 37 punkdan iborat hakamlar imo-ishoralari (Jesti) mavjud. Musobaqa bayonnomasi va uning mazmuni. Basketbol Musobaqalarida uchrashadigan jamoalarni nomlari, Musobaqa o’tkaziladigan manzil, joyi, ularni muddati (vaqtini) xamda o’yinchilarni ismi sharflari va ularni nomerlari, jamoalarni tanaffus olgan vaqtlari xamda musoboak jarayonida xisoblarni (tashlangan tuplarni) qayt qilib boruvchi rasimiy xujat Musobaqa bayonnomasi xisoblanadi. Musobaqa o’yinlarini borishni qayt qiluvchi rasmiy bayonnoma xalkaro basketbol federasiyasi (FIFA) tomondan tasdiqlangan bo’lib uni birinchi kismini Musobaqa jadvaliga asosan jamoalar sport murabbiylari tomonidan Musobaqa boshlangunga qadar 10 minut oldin o’yinda ishtirok etuvchi o’yinchilarni ismi sharflari va nomerlarini yozib to’ldiradi. Bayonnomani qolgan qisimlarni ya’ni o’yinchilarga e’lon qilingan jarima to’plarni, ularni vaqti va o’yinni birinchi hamda ikinchi qismlarda belgilangan punktlarini Musobaqa kotibi tomonidan belgilangan tartibda to’ldiradi. Musobaqa kotibi o’yin tomom bo’lgandan sung yakuniy xisoblarni chikarib barcha Musobaqa hakamlarga xamda jamoa sarkardalariga imzo kuydirib Musobaqa bosh hakamiga topshiradi. Musobaqa bayonnnomasi jamoalar urtasida Musobaqani utkanligi va jamoalardan bittasi golib chiqqanligini yoki mag’lubiyatga uchraganligini belgilovchi rasmiy xajjat xisoblanadi.

Yüklə 151,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin