Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə30/31
tarix15.05.2023
ölçüsü86,09 Kb.
#126967
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Fiz. labaratoriya

Muskulning charchashi.
Ayrim organ va to’qimalarning ishlashi natijasida ish qobiliyatining vaqtincha pasayishiga ularning charchashi deyiladi. Organ yoki to’qima dam olgandan keyin charchog’i ezilib, yo’qolib ketadi. Agar tanadan ajratib olingan muskul uzoq vaqt ketma-ket, tez-tez ta’sirlanib turilsa, oradan muayyan vaqt utgach muskulning qisqarish kuchi tobora kamayib boradi va bora-bora muskul butunlay qisqarmay qoladi. Bu vaqtda muskulning qo’zg’aluvchanligi pasayadi, absolyut kuchi kamayadi.
Muskul qanchalik tez qisqarsa, u shunchalik tez charchaydi. Ishlab turgan muskulda chindan ham moddalar almashinuvining turli mahsulotlari, jumladan, sut kislota hosil bo’lib muskulning ish qobiliyatini pasaytiradi. Shuningdek, muskul ishlaganda energiya zaxiralari ham kamayadi. Ammo bu jarayonlarning hech biri ham charchashni tushuntirish uchun to’la asos bo’la olmaydi. I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, N.E.Vvedenskiy va A.A.Uxtomskiylar charchashning boshlanishida nerv sistemasining katta rol o’ynashini ko’rsatib beradilar.
N.E.Vvedenskiy muskulning charchashi mohiyat e’tibori bilan reflektor akt ekanligini uz tajribalarida isbotladi. O’sha tajribalarda u muskuldan oldin nerv sistemasi charchashini aniqladi. Muskulning charchashida bosh miya yarim sharlarining po’stlog’i ham katta rol o’ynaydi. L.A.Orbeli charchagan muskulning ish kobiliyati vegetativ, ayniqsa simpatik nerv sistemasi ta’sirida o’zgarishini,ya’ni muskul charchab turganida unga keladigan simpatik nerv ta’sirlansa, muskulning yana qaytadan ishlay boshlashini o’z laboratoriyasida aniqladi.
1-ish. Miografiya.
1. Asab-mushak preparatini tayyorlash.
2. Boldir mushagi migrafga ulanadi. Son suyagi shtativga (lariga qaralsin)
3. Asabga elektrodlar qo’yilib, mushak qisqarishdan to’xtaguncha ta’surot beriladi. SHu vaqtda mushakka bevosita ta’surot berilsa, mushak qisqaradi. Demak mushak charchamagan.
2-ish. Ergografiya. O’tkazish tartibi; ergograf harakatlarini yozadigan asbobni stolga qo’zgalmas qilib urnatiladi. Gorizantal qilib qo’yilgan kimografni ergograf yozgichiga tegizib qo’yiladi. Kimografni sekin aylanadigan qilib to’g’irlanadi. Ergografning qo’lni siqib turadigan qismi toshga boylangan,ipni barmoq bilan ushlaganda tarang bo’ladigan qilib suriladi. Ip tarangligi asabning mikrometrik vinti yordamida qo’shimcha to’g’rilanadi. Tekshiriladigan kishining bilagi ergograf yordamida stanokka mahkam boylanadi.
Ergograf ipiga 3 kg li yuk boylanadi. Metronomni bir daqiqada 100 marta tebranadigan qilib, to’g’irlab, ishga solinadi kimografni yurg’aziladi. Tekshiriladigan odamga metronomning tebranish ritmiga qarab, barmoqni bukish va yukni ko’tarish taklif etiladi. Barmoq qisqarishlarning balandligi asta-sekin pasaya boshlab nolga qadar tushib qoladi, ya’ni "Charchashi" hosil bo’ladi. Agar shu vaqtda aktiv elektrod yordamida qo’lning harakat nuqtasiga doimiy tok yuborilsa, charchab qolgan barmoq yana ishlay boshlaydi.
Bundan ma’lumki, bukuvchi muskullar ixtiyoriy suratda qisqarganida charchash hodisasi nerv-muskul apparatida emas, balki markaziy nerv sistemasida yuzaga kelar ekan.

Yüklə 86,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin