Refleks yoyi, vaqti va maydonini aniqlash R e f l e k s d e b, organizmni ichki va tashki muhit ta’sirotlariga Mapkaziy nepv sistemasi ishtirokida beradigan javob reaktsiyasiga aytiladi.
Qo’lga igna sanchilishidan qo’lni darrov tortib olib, ignadan yiroqlashtiramiz yoki baqa oyog’ini kislota eritmasiga botirsak, oyog’ini tezlik bilan tortib oladi, bukadi. Bu misollarni hammasi organizmdagi reflektor jarayonlar bulib, organizmni tashki muhit ta’sirotlariga hosil qilgan javob reaktsiyalaridir, ya’ni ekzogen ta’sirotlariga javob reaktsiyasidir. Yurak ishiga ma’lum ta’sirotlar endogen ta’sir etsa javob beradi yoki endogen ta’sirotlarga nisbatan reflektor jarayonlar ro’ybga chiqadi. Har ikkala xildagi misollarimizda ham muayyan retseptorlarga ta’sirot berilib, markazga intiluvchi nerv orqali M.N.S.ga uzatiladi. M.N.S.ning tegishli qismlarida ta’sirotga nisbatan javob reaktsiyasi analiz va sintez qilinib markazdan qochuvchi nepv orqali javob reaktsiyasi ishchi organga yetkazilib, ishchi organ faoliyati uzgarib tegishli reflektor akt yuzaga keladi. Demak, misollar asosoda reflekslarning hosil bo’lishi uchun M.N.S.si kerak ekan degan xulosaga kelamiz.
Refleksning yoy i, v a q t i va m a y d o n i bo’ladi.
R e f l e k s y o y i deb, ta’sirotning M.N.S.ga boradigan va unda qayta ishlanib, qaytadigan yo’liga aytiladi.
R e f l e k s v a q t i deb, refleksning yuzaga chiqishi uchun, ta’sirotning yoydan utishi uchun ketgan vaqtga aytiladi.
R e f l e k s m a y d o n i deb, refleks hosil bo’lishi uchun ta’sirlanishi kerak bo’lgan retseptorlar joylashgan tananing ma’lum qismiga aytiladi.
R e f l e k s y o y i b o sh q i s m d a n i b o r a t :
1.Retseptorlar. 2.Markazga intiluvchi (afferent) nerv. 3.Nerv markazi. 4.Markazdan qochuvchi (efferent) nerv. 5.Ishchi organlar. Agarda refleks yeyidagi 5 qismdan birortasi faoliyat ko’rsatmasa refleks hosil bo’lmaydi.
Organizmdagi barcha organlar ishi, organ sistemalarining bir-biri bilan aloqasi, faoliyatlarining o’zaro moslashuvi, uyg’unlashishi, organizmdagi barcha funktsiyalarni bir butunligi reflekslar asosida yuzaga keladi.
Refleks to’g’risidagi ta’limot frantsuz olimi Rene Dekart (1595-1650) tomonidan asoslangan bo’lib, u fanga aks etish, inikos degan iborani kiritadi. U ta’sirot sezgi organlari orqali qabul qilinib tegishli nervlar orqali miyaga borib aks etib, nervlarga qaytariladi deydi. Refleks tugrisidagi ta’limotni chex olimi Proxasko rivojlantirdi. Bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’ining reflektor faoliyatini I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlar tuzatishlar asosida to’liq va atroflicha ochib berganlar.
1-ish.Retseptor maydonini aniqlash.
Retseptor maydonini aniqlash uchun baqani bosh miyasini olib tashlab shtativga osamiz. Pintset yordamida keyingi oyoq barmoqlarini qisganimizda baqa oyog’ini bukadi ya’ni mexanik kuzgatuvchi ta’siriga nisbatan bukish reflekisi hosil bo’ladi.
2-ish.Refleks yoyini aniqlash.
Refleks yoyini aniqlash uchun baqani bosh miya qismini kesib shtativga osamiz va baqa tinchlanganidan keyin bir oyog’ini 0.5% li sulfat kislotasi eritmasiga botirilganda, oyoqlarini bukib, himoyalanish refleksi hosil qiladi.Agar son sohasidan o’tirgich nervini ko’tarib, ip bilan bog’lab, shu bog’langan joydan pastiroqdan nervni kesib,0.5% li sulfat kislotasiga baqa oyog’ini botirsak bukish refleksi hosil bo’lmaydi,ya’ni markazga intiluvchi nerv uzulganligi uchun refleks yoyi hosil bo’lmaydi yoki son sohasidagi ta’sirni aylantirib kessak retseptor ya’ni qabul qiluvchi qism bo’lmagani uchun ta’sirotni sezmay bukish refleksi hosil bo’lmaydi.Xuddi shunday orqa miyani jarohatlasak yana ta’sirotga javob ishlab chiqarilmay reflektor akt ro’yobga chiqmaydi.Demak, refleks yoyidagi birorta qism jarohatlansa ham reflektor jarayonlar yuzaga chiqmas ekan.
Nazorat uchun savollar: 1.Muskul qisqarishi, ishi va charchashi nima?
2.Muskullarning qisqarish mexanizmini tushuntiring.
3.Anaerob fazada kechadigan kimyoviy jarayonlarni tushuntiring.
4.Aerob fazada kechadigan kimyoviy jarayonlarni tushuntiring.
5.Miografiya va ergografiya nima?
6.Refleks, refleks yoyi, refleks vaqti va refleks maydoni deb nimaga aytiladi?
7.Refleks yoyining beshta qismini tushuntiring.
8.Retseptorlar nima? Ularning turlarini ayting.
9.Afferent va efferent nerv tolalari nima?
10.SHartli va shartsiz reflekslar nima?