Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Hisobot shakllarining tuzilish tamoyillari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə39/41
tarix08.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#124948
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Hisobot shakllarining tuzilish tamoyillari.
Buxgalteriya hisoboti shakllarida hamma ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. U yoki bu modda (qator) to‘ldirilmagan holda, agar ular korxonada tegishli aktivlar, passivlar, jarayonlar yo‘q bo‘lmagan, ishlatilmagan bo‘lsa, tegishli qatorga chizib qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisoboti shakllarining ustki qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
«Korxona» rekviziti - korxonaning to‘liq nomi o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, tasdiqlangan hujjatlar asosida ko‘rsatiladi va uning kodi korxona hamda tashkilotlar umumdavlat negizida guruhlanishiga (klassifikator) asosan ko‘rsatiladi (OKPO).
«Tarmoq (faoliyat turi)» rekviziti tarmoq va uning kodi umumdavlat negizida xo‘jalik tarmoqlar, guruhlanishiga asosan ko‘rsatiladi (OKONX).
«Davlat mulkini boshqaruvchi tashkilot» rekviziti bunda davlat yoki munisipial korxona tarkibiga kiruvchi tashkilot nomi (agar bor bo‘lsa) va buxgalteriya hisoboti topshirilayotgan tashkilot ko‘rsatiladi.
«Nazorat summasi» rekviziti korxonalar tomonidan to‘ldirilmaydi.
Buxgalteriya balansi (1-shakl).
Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yillik hisobot tarkibidagi unda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, chunki xalqaro andazalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo‘yicha qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur.
Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, xarajatlar va yo‘qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona hisobidan to‘lanadigan jarimalar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo‘llaniladi.

  1. Moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl).

Moliyaviy natijalar to‘g’risida hisobot 2-shakl.
Ushbu shaklda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy, muomalaviy va moliyaviy faoliyati natijasida olgan foyda yoki ko‘rgan zararlarining miqdori tegishli moddalar bo‘yicha yoritiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar "Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan tushgan daromad" moddasida (010-satr) savdo utsamalari, xaridor va buyurtmachilar tomonidan to‘lagan soliqlar bilan birgalikda, mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishdan tushgan jami daromad (qaytarilgan tovarlar, tayyor mahsulotlar qiymatining miqdori va sotish bahosidan xaridor hisobidan chegirib tashlangandan keyin) aks ettiriladi. Ayrim tovarlarning eksport qilinishi sababli xorijiy valyutada tushgan daromadning majburiy sotiladigan qismi, ya’ni Markaziy bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan kursda 010-satrda aks ettiriladi.

  1. Asosiy vositalar xarakati tug‘risidagi hisobot (3-shakl), pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl).

Moliyaviy hisobotdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonaning asosiy vositalarining tarkibi, ularning ish holati va umumiy qiymati muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar korxonalarning moliyaviy hisobot tarkibida tuziladigan «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot» da aks ettiriladi.
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot asosiy vositalar va ularning eskirishi belgilangan tasnif asosida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aks ettiriladi: yil boshiga qoldig‘i; hisobot davrida asosiy vositalarning kirimi; hisobot davrida hisobdan chiqarilgani; yil oxiriga qoldig‘i.
Hisobotning 3 va 6- ustunlarida yil boshi va oxiriga korxona balansida hisobga olingan barcha asosiy vositalarning qiymati aks ettiriladi.
4-shakl "Pul okimlari tugrisidagi xisobot" beshta bulimdan tashkil topgan:

  1. Xujalik faoliyatida pul mablaglarining xarakati.

  2. Investitsiya foydasi va moliyaviy xizmat kursatishdan olingan va tulangan mablaglar.

  3. Solikni tulash uchun sarflangan mablaglar.

  4. Investitsiya faoliyati uchun sarflangan va olingan mablaglar

  5. Moliyaviy faoliyat buyicha sarflangan va olingan mablaglar.

Bundan tashkari ayrim bulimda xorij valyutasining xarakati tugrisida ma’lumot keltirilgan moddalarda aks ettirilmasdan, ulardan mos ravishda 040 va 041-satrlarda aks ettiriladi.


  1. Yüklə 0,59 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin