Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Sabitova Noila Ismailovna ,Abdullayev Xaydar Abdullayevich hissalari



Yüklə 50,29 Kb.
səhifə8/10
tarix16.06.2023
ölçüsü50,29 Kb.
#128197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tuproqshunoslik fanini O’zbekistonda rivojlanish tarixi kurs ishi

2.2. Sabitova Noila Ismailovna ,Abdullayev Xaydar Abdullayevich hissalari
Hozirgi kunda meliorativ monitoringning muhim vazifalari Abdullayev va boshqalar m a’lumotlariga ko‘ra, quyidagilardan iborat bo‘lib, bu holat uzoq vaqt davom etadi: 1. Hududlarda sho‘rlangan tuproqlarni aniqlash va baholash, nazorat ostiga olish, tuproqlar tuz tartiboti o ‘zgarishini nazorat qilish. 2. Ikkilamchi sho‘rlanishga uchragan tuproqlarni bashorat qilish va baholash. 3. Suv, shamol va irrigatsion eroziyaga uchragan yerlarni o‘z vaqtida payqab olish va hisobga olish. 4. Eroziya rivojlanishi natijasida tuproqning o‘rtacha yillik yo‘qolishini baholash. 5. Tuproqda gumusning kamayish jarayonlarini baholash va nazorat qilish. 6. 0 ‘simliklarning asosiy oziqa elementlar muvozanatli tekis hududlarini aniqlash va bu elementlar miqdorini nazorat qilish. 7. Tuproqda nordon va ishqoriy muhitning o‘zgarishini nazorat qilish. 8. Tuproqning o‘ta zichlanishini nazorat qilish. 9. Tuproqni og‘ir metallar bilan ifloslanishini kuzatish. 10. Tuproqning sanoat korxonalari ta’siri doirasida, transport magistrallari atrofida og‘ir metallar va radionukleidlardan lokal ifloslanishini, shuningdek, agroximikatlar, pestitsidlardan, sanoat chiqindilardan aholi zich joylashgan hududlarda foydalanishni nazorat ostiga olish. 11. Tuproq namligi, harorati, struktura holati, suv-fizikaviy va fizik-mexanik xossalari va boshqalarni davriy va uzoq muddatli nazorat qilish.
12. Gidromorf va yarim gidromorf sharoitlarda grunt suvlarining chuqurligini, mineralizatsiyasini va ifloslanishini davriy va uzoq muddatli nazorat qilish. 13. Yerlarni gidroqurilish jihatdan loyihalashda, melioratsiyalashda, dehqonchilikda yangi tizimlarni joriy qilishda, o‘g‘it!ar, o'sitnliklarni kimvoviy himoya qilish vositalari va turli biotexnologiyalar qollanilganda tuproqda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash, nazorat va bashorat qilish. 14. Haydaladigan, qishloq xo'jaligi uchun yaroqli tuproqlarni, ayniqsa meliorativ maqbul, qulay yerlarni sanoat va kommunal maqsadlar uchun ajratishda ularning maydoni to ‘g‘riligini inspektorlik nazorat qilish. 15. Yerlardan foydalanishning to ‘g‘riligini, ilmiy asoslanganligini, shuningdek melioratsiyaga muhtoj (sho‘rlangan, eroziyaga uchragan — toshloq, o‘ta zichlashgan, gumusi kamayib ketgan, ifloslangan, o‘ta namlangan, qurib ketgan va boshqalar) tuproqlarda agrotexnik chora-tadbirlarning o ‘tkazilishini to‘g‘riligini inspektorlik nazorat qilish. Keltirilgan monitoring vazifalarini to ‘la va o‘zgarmas deb bo‘lmaydi. Tadqiqot obyekti joylashgan tabiiy-geografik o‘rniga qarab o‘zgarishi mumkin.
Tayyorgarlik davri oxiriga yetgandan so‘ng dala davri boshlanadi. Dala ishlari bevosita rekognossirovka, ya’ni kuzatuv-sayohatdan boshlanadi. Bunda kuzatuv maydonchalarini to‘g‘ri tanlanganligi, tanlangan maydonning tipikligi, tabiiy qishloq xo‘jalik sharoiti, tanlangan maydon sathining to ‘g‘ri kelishi va boshqalar joyida kuzatiladi. Tanlangan maydon mahalliy hokimiyat bilan kelishiladi va rasmiylashtiriladi.
Tuproq-tadqiqot ishlari topografik suratlar, surat-loyihalar (fotoplan) va boshqalar asosida boshlanadi. Tuproq, sizot suvi, o ‘simlik nam unalarini olish maxsus tavsiyanomalar asosida olib boriladi. Tanlangan maydonchada tuproqning morfo-meliorativ xususiyatlari, suv-fizik xossalari, sizot suvlari sathi va mineralizatsiyasi, agrokim yoviy ko‘rsatkichlar, tu p ro q -m elio rativ tadbirlar, pestitsidlar va og‘ir metallar, izotoplar va boshqalar o ‘rganiladi. Tuproqning suv-fizik va boshqa xossalari o ‘rganiladigan maydonchalarda qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi, ya’ni hosil miqdori ham o‘lchanadi. Sho‘r tuproqni hududlarda tuproq-meliorativ monitoring juda dolzarb vazifa hisoblanib, yirik masshtabli tuproq-tuz xaritalari asos uchun qabul qilinadi va yilda bir marta kuzatish zarur bo‘lib, kerak bo‘lgan hollarda dasturga qarab kuzatishlar soni va sifatini oshirish mumkin.
Kameral davri fizikaviy, mexanik, kimyoviy tahlil uchun ro‘ynomalar tuzishdan boshlanadi. Maydoncha uchun tuproqning sho‘rligini, eroziyalanganligini, zaharli moddalar bilan zararlanganligi va boshqalarni ko‘rsatuvchi xaritanomalar tuziladi. Xaritanomalardagi tasnifga ko‘ra, sho‘rlangan, eroziyalangan va boshqa maydonlarning yuzasi hisoblanadi.
Tuproq-meliorativ monitoringi mustaqil majmuaviy tarzda o‘tkaziladi, lekin lozim bo‘lgan hollarda tatbiqiy monitoring turlari ham o‘tkaziladi. Unda monitoring aniq maqsadli kichikroq masshtabli bo‘lishi mumkin. Masalan, qishloq xo‘jalik yerlarining monitoringida tuproq eroziyasi, tuproq — suv — tuz tartiboti, tuproqning ifloslanishi va boshqalar. Bunda qator me’yoriy ko‘rsatmalardan foydalaniladi. Ularga og‘ir metallarni tuproqda, ichimlik, minerallashgan suvlardagi ruxsat etilgan konsentratsiyasi va boshqalar kiradi. Jumladan, og‘ir metallarning suvdagi me’yoriy ko‘rsatkichlari quyidagicha boiishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Tuproq m eliorativ-m onitoring qat’iy ilmiy yondashishga tayangan, doimiy ilmiy-amaliy ish hisoblanadi. 0‘zbekistonning qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturining va yerlardan oqilona foydalanish, muhofaza qilishning huquqiy negizini yaratishning muhim tarkibiy qismi bo'lib, ular 0‘zbekiston Respublikasining «Yer Kodeksi»ning hamda «Davlat yer kadastri», «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida», «Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar, me’yoriy va rasmiy hujjatlarda o‘z aksini topgan.
Shu bois hozirgi davrda meliorativ tuproqshunoslikning asosiy vazifalariga tuproq qatlamlari va tuproq-meliorativ holatlarini chuqur va har tomonlama batafsil o‘rganish asosida respublika tuproqlari yuzasidan to‘la tekshirish o‘tkazish, geosfera va iqtisodiy rivojlanish tabiiy resurslari tizimlarining bir dinamik tizimchasi sifatida ularning holati va potensial imkoniyatlariga baho berish, shular asosida barcha holatlarni hisobga olgan holda yerlarni muhofaza qilish, meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirishga qaratilgan ekologik va iqtisodiy rivojlanishga asoslangan texnologiyalarni ishlab chiqish kiradi.



Yüklə 50,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin