Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Boboxo’jayev Ismoil Ismoilovich Genusov Aleksandr Jalmanovich hissalari



Yüklə 50,29 Kb.
səhifə9/10
tarix16.06.2023
ölçüsü50,29 Kb.
#128197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tuproqshunoslik fanini O’zbekistonda rivojlanish tarixi kurs ishi

2.3. Boboxo’jayev Ismoil Ismoilovich Genusov Aleksandr Jalmanovich hissalari
Hozirgi vaqtda davr talabiga javob beradigan tuproqshunoslikka doir o‘zbek tilidagi darslik va qo‘llanmalar yetarli emas. Shularni e‘tiborga olib, ushbu darslik agrar universitetlar va qishloq xo‘jaligi oliygohlari tuproqshunoslik-agrokimyo, agronomiya va boshqa ixtisosliklari dasturi asosida yozilgan. Darslikda O‘rta Osiyo tuproqlarining regional hususiyatlari hisobga olindi. Ushbu darslikni yozishda I.Boboxo‘jayev, P.Uzoqovlarning 1995 yilda chop etilgan ―Tuproqshunoslik‖ darsligi asos qilib olindi. Bundan tashqari V.A.Kovda, B.G.Rozanovlar tahriri ostida 1988 yilda chop etilgan darsligi, I.S.Kaurichev tahriri ostida 1989 yilda chop etilgan «Pochvovedeniye» darsligi, V.F. Valkov tahririda 2004 yilda chop etilgan «Pochvovedeniye» darsligi va boshqa darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanildi. Tuproqshunoslik sohasida qo‘lga kiritilgan eng keyingi yutuqlarga doir yangi materiallar mualliflarning Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetlarida ko‘p yillar davomida o‘qigan leksiyalari va shu sohada olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasidato‘plangan ko‘plab materiallar kiritildi.
Tuproq o‘ziga xos organik-mineral tarkibga ega. Tuproq paydo bo‘lishi jarayonida gumus va boshqa murakkab organik birikmalar to‘planishi sodir bo‘ladi. Shuningdek tuproq biogen ikkilamchi alyumosilikatli minerallar, biofil elementlar bilan ham boyib boradi, shunday qilib asosiy xossasi – unumdorlikka ega bo‘ladi. Tuproq qoplami unumdorligi tufayli o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishini ta‘minlash ya‘ni hosil beraolish qobiliyatiga ega. Tuproqning ushbu xossasi insonlarning yashash va ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligining vujudga kelishida muhim sharoitlardan biri hisoblanadi. Tuproq qoplami va o‘simliklar ajralmas birlik - jahon tuproq – ekologik sistemasini tashkil etadi, qaysiki unda o‘simlik va tuproq birgalikda yashaydi. Bundan million yillar oldin quruqlikda o‘simliklar paydo bo‘lgan. O‘sha paytdayoq, bizning planetamizdagi barcha tirik organizmlar tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan, juda murakkab tarixni bosib o‘tgan, tuproq paydo bo‘lish jarayoni yuzaga kelgan. Tuproq qoplami biosferada yana bir eng muhim vazifani bajaradi. U jaxon okeani singari, - planetamizni tozalovchi (purifikator) muhitdir. Ko‘pchilik organik va organik – mineral birikmalar parchalanishi tuproqda tugallanadi. Tuproq xo‘jalik va yashash faoliyatining turli xildagi chiqindilarini qabul qiluvchidir. Tuproqlarda hayot kechiruvchi organizmlarning juda zichligi tufayli barcha tirik organizmlar chiqindilarining parchalanishi sodir bo‘ladi. Tuproqning tozalovchi qobiliyati ba‘zi shaharlarda kanalizasiyalar va sanoatlardan chiqqan suvlarni tozalashda foydalaniladi. Sug‘oriladigan maxsus dalalar barpo etilib, ularga oqova suvlar to‘planadi va tuproqda biologik tozalanish samarali o‘tadi. Qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproq, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Tuproq insoniyat jamiyatiga nisbatan ikki xil ahamiyatga ega: birinchi tomondan, bu fizik muhit, insonlarning yashashi uchun, hayot uchun makon, ikkinchi tomondan - bu iqtisodiy asos, ishlab chiqarish vositasi. Shuning uchun uni asrab-avaylab, har doim unumdorligini oshirishga g‘amxo‘rlik qilish kerak. Kishilar tomonidan yerdan foydalanish masalalari sosialiqtisodga daxldor katta va murakkab masalalar kompleksidir, jumladan yerga egalik masalalari, yer to‘g‘risidagi qonunchilik, yerga egalik huquqi, yerni iqtisodiy baholash va x.z. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq 11-12 sessiyalari (30 aprel va 28 avgust 1998 yil) da "Yer kodeksi", "Davlat Yer kadastri to‘g‘risida" gi qonunlar muhokama qilinib qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda "Yer umummilliy boylik, O‘zbekiston Respublikasi xalqlarining hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi» deb ko‘rsatilgan.
Tuproqning tabiiy jism holidagi xususiyatlari: 1. Tuproq planetamizda ma‘lum joyni egallaydi – bu yupqa qatlamni hosil qiluvchi, yer po‘stlog‘ining yuza gorizonti. Yerning tuproq qoplami pedosferani tashkil etadi. Tuproqning ustki chegarasi – tuproq va atmosferani ajratib turadigan yuza; pastki chegarasi – tuproq paydo qiluvchi jarayon sodir bo‘ladigan chuqurlikgacha boradi (tuproqning pastki chegarasini aniqlash ancha shartli). Tuproq – yer ustki biogeosenozining ajralmas qismidir. 2. Tuproq – Yerda hayot paydo bo‘lishi va evolyusiyasi, biotalarning yer yuzasiga chiqib turadigan tog‘ jinslari bilan o‘zaro ta‘sirlashuvining natijasidir. 3. Tuproqdagi jarayonlar Yerdagi moddalar va energiyaning murakkab aylanishi (geologik va biologik) tarkibida sodir bo‘ladi. 4. Tuproq – moddiy tarkibining murakkabligi bo‘yicha noyob, tabiiy yaralma. 5. Tuproq o‘ziga xos makon bo‘ylab murakkab tuzilishga (strukturaga) va belgilari, tarkibi hamda jarayonlari bo‘yicha tabaqalanishga ega. 6. Tuproqning umumiy va eng muhim sifati – unumdorlik.
Tuproqning bioqatlamdagi asosiy vazifalari. Tuproq yer sharining barcha qobiqlari hayotida katta rol o‘ynaydi va qator vazifalarni bajaradi. Ayniqsa tuproq qoplamining qatlamning ajralmas qismi sifatidagi xilma-xil ko‘plab vazifalari alohida ahamiyatga ega. Tuproq qoplamining bioqatlamdagi asosiy (boshqalar bilan almashtirib bo‘lmaydigan) vazifalari quyidagilardir:
1). Tuproqning bioekologik vazifasi - tuproq ekologiya manbai va muhit bo‘lib, unda ko‘plab organik moddalar to‘planadi. Akademik V.A.Kovdaning hisobicha yer yuzasida (asosan o‘rmonlarda) to‘planadigan biologik qism miqdori qariyb n·1013 tonnani tashkil etadi. Yer osti ildiz qismi hamda hayvonot va mikroorrganizmlar faoliyati bilan bog‘liq organik moddalar miqdori bundan kam emas.
2). Tuproq qatlamining bioenergetik vazifasi. Tuproq qoplamini o‘z ichiga oluvchi ekologik sistemada o‘simliklar har yili yerda taxminan n·1017 kkal miqdordagi kimyoviy aktiv energiya to‘playdi. Tuproqning o‘zida organik moddalar (detrit, gumus-chirindi) da n·1018 kkal miqdorida energiya to‘planadi. Har bir tonna gumus 5·106 kkal potensial energiyaga ega. 1 g gumus 4,5-5 kkal kimyoviy energiya saqlaydi.
3) Tuproq qoplamining azot oqsil to’plash vazifasi. Tuproq - o‘simlik tarzidagi ekologik sistema, atmosferadagi molekulyar N ni to‘plab, ularni aminokislotlar va oqsillarga aylantirish xususiyatiga ega. Yer yuzasi quruqlik qismi tuproqlaridagi azotning biologik fiksasiyalanishi har yili 140 mln.t.ni tashkil etadi.
4) Tuproq qoplamining biokimyoviy vazifasi - tuproqda to‘planadigan bioyig‘ilma turli kimyoviy elementlar va ular birikmalarining manbai ham hisoblanadi. O‘simliklarning ildiz sistemasi tuproqning pastki qismlaridan ko‘plab kimyoviy elementlar (S, N, H, O, P, Ca, K, Mg, Al singari) ni so‘rib oladi va tuproq qatlamlarida to‘plash imkoniyatini beradi.
5) Tuproq qatlamining gidrologik vazifasi - tuproq qoplamining yer gidrologik siklidagi va gidrosferadagi roli ham nihoyatda katta. Tuproq qoplamida atmosfera yog‘inlari to‘planadi, bug‘simon suvlar kondensasiyalanib erkin suvga aylanadi.
6) Tuproq qoplamining atmosfera gaz tarkibiga ta’siri vazifasi - tuproq qoplamining yer sharining gaz rejimi va atmosfera tarkibining shakllanishida, fotosintezda, karbonat angidridining birikishi, azot to‘plashi, kislorod va vodorodning to‘planishida, denitrifikasiya, desulfofikasiyada, oksidlanish va nafas olishida, karbonat angidridning atmosferaga qaytishi va aylanishi kabi jarayonlarida ham katta rol o‘ynaydi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni ta‘kidlash mumkinki, «tuproq» va «yer» tushunchalarini bir-biridan ajrata bilish lozim, bular boshqa tillarda ham turlicha nomlanadi (lat. Solum-terra, ang. Soil-land va x.k.). Yer – bu ancha murakkab tushuncha, bunda nafaqat tuproq, balki ma‘lum geografik kenglikdagi yer yuzasining ma‘lum qismi ham tushuniladi. Bu bizni o‘rab turgan geografik sharoit: lanshaftlar, aholi punktlari, shaharlar, o‘rmonlar, utloqlar, bog‘lar, haydiladigan yerlar, suv bilan ishg‘ol etilgan maydonlar va x.k. Va albatta, Yer-Quyosh sistemasidagi planetalardan birining nomi, qaysiki unda biz yashaymiz. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, mustaqil tabiiy jism tarzidagi tuproqning xususiyatlarini, uning biosferadagi vazifalari va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyatini quyidagicha bayon etish mumkin.
Tuproq paydo bo‘lish jarayonida tuproqqa tushadigan turli biologik obyektlar kimyoviy tarkibi bo‘yicha bir – biridan keskin farq qiladi (12 - jadval). Uglevodlar – organik moddalarning katta gruppasi bo‘lib, ularga monosaxaridlar, disaxaridlar, kraxmal, sellyuloza (kletchatka), gemisellyuloza va boshqalar kiradi. Katta qismini sellyulozalar tashkil etadi. Ular miqdori ayniqsa o‘simliklarning yog‘och qismida ko‘p bo‘lib, 50 – 60% ni tashkil etadi. Barglar va o‘tlarda uning miqdori 30% ga yaqin. O‘simlik va hayvon qoldiqlari bilan tuproqqa tushadigan uglevodli komponentlar, fermentativ gidrolizlanish, oksidlanish, kondensasiyalanish kabi turli o‘zgarishlarga ancha tez uchraydi. Chunonchi tuproqda uglevodlarning tarqalishi, ularning miqdori va taqsimlanishiga tuproq tiplarining ta‘siri haqidagi masalalar yetarli darajada o‘rganilmagan bo‘lsada, umuman, tuproq paydo bo‘lishida uglevodlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida xulosa qilish mumkin.
Tuproqning paydo bo‘lish jarayonlarida, unumdorligi va o‘simliklar hayotida fizikaviy xossalarning roli, ahamiyati ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilib, amaliy xulosalar qilingan. Tuproq fizik xossalariga doir tadqiqotlar P.A.Kostichev. V.R.Vilyams, A.G.Doyarenko, N.A.Kachinskiy, I.N.Antipov-Karatayev, S.V.Astapov, A.V.Lebedev, P.V.Vershinin, A.F.Tyulin, A.A.Rode, S.I.Dolgov, I.B.Revut, S.N.Rijov, M.U.Umarov, L.Tursunov, I.Turapov va boshqa olimlar nomi bilan bog‘liq. Umumiy fizikaviy xossalariga tuproqning zichligi, qattiq fazasining zichligi va g‘ovakligi singarilar kiradi.
Hozirgi ekologik muammolarning nihoyatda jiddiylashuvi, bioqatlamdagi kechayotgan salbiy oqibatlar, o‘simlik va hayvonot olami va umuman tabiatda bo‘layotgan o‘zgarishlar tuproqshunoslik fani oldiga ham katta vazifalarni qo‘ymoqda. Mashhur rus tuproqshunosi G.V.Dobrovolskiy ta‘kidlaganidek, tuproqshunoslik fanini faqatgina qishloq xo‘jaligi fanlari tarmog‘i sifatidagina qarash bu tabiat va kishilik jamiyatida tuproqning nihoyatda ko‘p qirrali ahamiyatini tushunmaslik va binobarin tuproq haqidagi fan rivojlanishi tarixini yaxshi bilmaslikdan boshqa narsa emas. Endilikda ilmiy-genetik tuproqshunoslikning fundamental fan sifatidagi mavqyeini yana tiklash zarur.
Tuproq o‘zining kelib chiqish mohiyati bilan tabiatdagi murakkab biokos (organik va anorganik moddalardan iborat) jismdir. Shuning uchun ham tuproqshunoslik biologiya va geologiya fanlari orasidagi kompleks sintetik fan bo‘lib, ko‘plab yangi tabiiy fanlar (biogeokimyo, biogeosenologiya, geobotanika, umumiy landshaftshunoslik va landshaftlar geokimyosi, tuproq mikrobiologiyasi va tuproq zoologiyasi, gruntshunoslik, ekologiya va biosfera haqidagi ta‘limot) ning shakllanishi va rivojlanishi tuproqshunoslik bilan bevosita bog‘liq.
Tuproqshunoslik qishloq xo‘jaligi, jumladan dehqonchilik va meliorasiya uchun benihoya katta ahamiyatga ega. Ammo qishloq xo‘jaligi birinchi g‘alda tuproqdan bevosita foydalanishga va uning unumdorligini takror ishlab chikarishga qaratilgan zonal agronomiyaga hamda tuproqlar geografiyasiga asoslangan. Insoniyat uchun zarur mahsulotlarning qariiyb hammasini bevosita qishloq xo‘jaligida tuproqdan foydalanish natijasida olinadi. Lekin yer fondining faqat 10 – 11 foizigina dehqonchilikda foydalanilishini e‘tiborga olsak, tuproqshunoslik nafaqat qishloq xo‘jaligi uchun balki boshqa sohalarga ham zarurligi namoyon bo‘ladi.



Yüklə 50,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin