Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


BOB TUPROQSHUNOSLIK FANINI O’ZEKISTONDA RIVOJLANISHIDA OLIMLARNI HISSASI



Yüklə 50,29 Kb.
səhifə7/10
tarix16.06.2023
ölçüsü50,29 Kb.
#128197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tuproqshunoslik fanini O’zbekistonda rivojlanish tarixi kurs ishi

2.BOB TUPROQSHUNOSLIK FANINI O’ZEKISTONDA RIVOJLANISHIDA OLIMLARNI HISSASI
2.1. Baxodirov Majidxon ,G’ofurova Lazizaxon Akramovna hissalari
Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyoda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini yanada oshirish borasida ancha ishlar amalgam oshirilmoqda. Tuproq sharoitlariga ko‘ra turli agrotexnika usullaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish ishiga e‘tibor kuchaytirilmoqda. Markaziy Osiyo respublikalaridagi Tuproqshunos va agrokimyo ilmiy – tadqiqot oliygohlari, Toshkent Davlat dorilfinuni Tuproqshunoslik fakulteti va qator agrar oliygohlari tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishi va regional tuproqshunoslikning rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Olib borilgan ko‘plab ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida O‘rta Osiyo tuproqlariga doir ko‘plab yirik fundamental asarlar yaratildi. Keyinchalik O‘rta Osiyoda yirik tuproqshunoslar I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, A.A.Rode, N.A.Rozanov va boshqalarning tuproq geografiyasi, fizikasi, borasidagi ishlari paxtachilik rayonlarini o‘rganishda M.A.Orlov, I.N.Antipov-Karatayev, S.M.Rijov, M.A.Pankov, N.V.Kimberg, M.U.Umarov. M.B.Baxodirov, A.M.Rasulov, O.K.Komilov va boshqalarning xizmatlari katta.
Tuproq fizik nuqtai nazardan uch fazali sistema hisoblanadi, ya‘ni qattiq, suyuq (tuproq eritmasi) va gazsimon (tuproqdagi havo) fazalardan tarkib topgan. Tuproqning qattiq fazasi-qismi mineral hamda organik moddalardan iboratdir. Tuproqning mineral qismi quruqlikning yuza qatlamidagi tog‘ jinslarining nurashi natijasida paydo bo‘ladi. Yerning qattiq qobig‘i - Litosfera har xil mineral va magmatik (zich-kristal), cho‘kindi va metamorfik tog‘ jinslardan tashkil topgan (1-rasm). Minerallar tabiatda kvars (Si02) va kalsiy karbonat (CaSO3) singari qattiq, neft (CnNn), suv (H2O) kabi suyuq hamda karbonat angidrid (CO2) singari gaz holida uchraydi. Mineral jinslar turli murakkab jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi uzoq muddat davom etgan, geokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lib, ular anorganik mineral jinslar, biokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lganlari esa organik-mineral jinslar yoki biolitlar (bios-hayot, litos-tosh demakdir) deyiladi.
Minerallar va tog‘ jinslari tuproq ona jinsining manbaidir. Yer ichida (qa‘rida) yoki ustida tabiiy kimyoviy reaksiya natijasida paydo bo‘lgan va ma‘lum darajada doimiy kimyoviy tarkibga, ichki tuzilishga (strukturaga) va tashqi belgilarga ega bo‘lgan tabiiy kimyoviy birikmalar va sof elementlar mineral deb ataladi. Demak, yer qobig‘ida uchraydigan minerallar o‘zining kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari jihatdan bir-biridan farq qiladi. Masalan, kvars (SiO2), ortoklaz (K 2Al2Si6O16 ), dolomit (CaMg (CO3)2), albit (Na2Al2Si6O16), anortit (CaAl2Si2O8), muskovit (KH2Al3 (SiOH)3) ning har qaysi alohida mineraldir. Mineral murakkab har xil geoximiyaviy va bioximiyaviy prosesslar natijasida shakllangan litosferada paydo bo‘ladigan tabiiy jinsdir.
Tog’ jinslari. Litosferaning ma‘lum qismida ko‘p joyni egallagan bir yoki bir nechta mineral to‘plamidan (agregatidan) iborat tabiiy jismlarga tog’ jinsi deyiladi. Masalan: granit, siyenit, marmar, qum va shag‘al tog‘ jinslaridir. Barcha tog‘ Jomolungma cho‘qqisi (Himolay) Atmosfera Biosfera Ionosfera N – 100 km Stratosfera N=100 km gacha Troposfera N=15 km gacha Gidrosfera - O‘rtacha chuqurligi 3800 km Eng chuqur joyi 10200 m Tuproq Nurash qobig‘I (Stratosfera) Litosfera Granitli qobiq magma Pirosfera Barisfera Kontakt metamorfiya zonasi jinslari uch gruppaga, ya‘ni magmatik (otqindi), cho’kindi va metamorfik tog‘ jinslariga bo‘linadi.
Litosferaning ko‘p qismi magmatik va metaforfik tog‘ jinslaridan tashkil topgan bo‘lib, faqat yupqa yuza qatlami cho‘kindi tog‘ jinslari bilan qoplangan. Quruqlikning yuza qatlamida (asosan tekisliklarda) cho‘kindi tog‘ jinslari 75 foizni, magmatik va metaforfik tog‘ jinslari esa 25 foizni tashkil etadi. Magmatik (otqindi) tog‘ jinslari yer qobig‘ining ichki qismidagi yuqori darajali temperatura sharoitida erigan magma (silikatli massa) ning sovib qotishi natijasida paydo bo‘lgan intruziv (yoki ichki chuqurlik) jinslar (granit, diorit, siyenit kabi to‘la kristallangan tog‘ jinslari), effuziv - otilib chiqqan, oddiy temperaturada tez sovigan jinslar obsidian (vulqon oynasi), bazalt singari jinslardir. Magmatik tog‘ jinslari litosferani tashkil etadiganjinslar umumiy massasining 95 foizini tashkil etadi. Cho‘kindi tog‘ jinslari nurash tufayli sodir bo‘lgan zarra va zarrachalarning suv va shamol ta‘sirida yer yuzasining quruqlik qismida hamda dengiz, ko‘llar, daryolarda to‘planishidan, o‘simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan hosil bo‘ladi. Cho‘kindi tog‘ jinslarining ko‘p qismi o‘zining kovakli, g‘ovakli va qatlamli bo‘lishi singari xususiyatlari bilan boshqa xildagi tog‘ jinslaridan farq qiladi. Vujudga kelishi jihatidan cho‘kindi tog‘ jinslari uch sinfga, ya‘ni mexanikaviy, kimyoviy va organik sinf (cho‘kindi)ga bo‘linadi. Mexanikaviy cho‘kindi tog‘ jinslar magmatik yoki metamorfik tog‘ jinslari nurashi natijasida paydo bo‘lgan har xil katta-kichik zarra va parchalar yig‘indisidan iborat. Bu cho‘kindi jinslar zarralarining katta-kichikligiga ko‘ra: loyqali, to‘zonli, qumli, va yirik zarrali gruppalarga bo‘linadi.
Kimyoviy cho‘kindi tog‘ jinslari kontinental iqlimli zonaga xos sharoitda, shuningdek ko‘l va dengiz suvida erigan turli tarkibdagi birikmalarning oksid yoki tuz holida cho‘kishi natijasida paydo bo‘ladi. Kimyoviy cho‘kindilar tarkibiga ko‘ra kremniyli, karbonatli, temirli va tuzli gruppalarga bo‘linadi. Amorf holdagi kremnezemdan iborat bo‘lgan kremniyli tuf (g‘ovak va zich qovushmali tog‘ jinsi bo‘lib, qurilish materiali sifatida ishlatiladi) va kremnezem bilan loyqa aralashmasidan iborat bo‘lgan opoka, ohakli tuflarning hamma turlari va temirli tuflar hamda ko‘l va botqoqliklar tagida to‘plangan marganes, temir oksidlari kimyoviy cho‘kindilar hisoblanadi. Tabiatda tuz holidagi kimyoviy cho‘kindilardan galit (NaCl), silvin (KCl), gips (CaSO4·2H2O) va karnallit (MgCl2 KCl 6H2O) tuzlar ko‘proq tarqalgan. Organik cho‘kindi tog‘ jinslari yoki biolitlar o‘simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan paydo bo‘lib, ulardan ohaktosh (CaCO3) va dolomit (CaCO3, MgCO3) tabiatda juda ko‘p tarqalgandir. Suv o‘tlari qoldig‘idan paydo bo‘lgan trepel va diatomit singari organik cho‘kindilar ohaktoshlarga nisbatan ancha kamroq uchraydi. Kimyoviy va organik tog‘ jinslaridan tuproq ona jinsi paydo bo‘lishida karbonatli (ohaktosh, dolomitli) jinslar katta ahamiyatga ega. Metamorfik tog’ jinslari. Bu gruppadagi tog‘ jinslari yer qobig‘ining quyi qismida magmatik va cho‘kindi tog‘ jinslarining murakkab geologik o‘zgarishlari natijasida paydo bo‘ladi. Metamorfik tog‘ jinslari mineralogik tarkibiga ko‘ra gneys, slanes, marmar va kvarsit gruppalariga bo‘linadi. Yer yuzining muayyan qismida (quruqlik va dengiz tagida) uchraydigan dastlabki (eng qadimgi) tog‘ jinslari yer geologik tarixining to‘rtlamchi davridan ilgari vujudga kelgan, ular asosan zich va qattiq holdagi qatlamlardir. Ma’lumki, tuproq qoplami, sizot suvlar qum barxanlari bevosita meliorativ tuproqshunoslik obyekti hisoblanadi. Bu holat tuproq-meliorativ tadqiqot ishlaridagi vazifalarni belgilaydi. Tuproq-m eliorativ tadqiqotlarning asosiy hujjati tuproqmeliorativ xarita hisoblanadi. Tuproq-m eliorativ xarita esa melioratsiyaga muhtoj, ya’ni melioratsiyalanadigan maydon to‘g‘risidagi deyarli barcha ma’lumotlarni qamrab oladi. Xarita kompleks xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni unda tuproqmeliorativ rayonlashtirish ma’lumotlari — demak, gidrogeologik, gidrokimyoviy, fizikaviy, kimyoviy tahlil materiallari o‘z aksini topgan bo‘ladi.
Meliorativ rayonlashtirishda tuproq rejimi, xususiyatlari sintezlanadi, tuproqlarni meliorativ nuqtayi nazardan o‘zaro yaqinlari birlashtiriladi. Bu borada V.A.Kovda, A.N.Rozanov, A.Rasulov, B.V.Fedorov, M.M.Krilov, L.P.Rozov, L.A.G'ofurova, S.Abdullayev, O .K ornilov, O .R am azonov, S.Azim boyev, V.Y.lsoqov va boshqalarning ishlarini keltirish mumkin. Ulartomonidan rayonlashtirishning qator tamoyillari ishlangan bo‘lib, quyidagilarni kiritish mumkin:
1) hudud tuproqlarining sho'rlanish jarayonlari va sabablari;
2) botqoqlanish jarayonlari va sabablari;
3) hudud tuproqlarining sho‘rlanganlik darajasi va sifati;
4) botqoqlashganlik darajasi — quritish maqsadida;
5) tuproqlarning va gruntlarning suv-fizik, kimyoviy xossalari;
6) sizot suvlarining sathi, mineralizatsiya darajasi va sifati;
7) tuproqning unumdorlik darajalari, qaysiki melioratsiyalash navbati uchun asos bo‘ladi;
8) tuproq rejimi va melioratsiyasining o‘zgarishini landshaftga kelgusidagi ta’siri to ‘g‘risidagi tashxis ma’lumotlari va boshqalar.
Har qanday holatda ham tuproqlarni rayonlashtirish tatbiqiy vazifalarni yechishga, yaxshilashga qaratilgan bo‘ladi.

Yüklə 50,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin