Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

Nazorat savollari
 
1.
Telekommunikatsiyani boshqarish tarmog’ining vazifasi nimadan 
iborat? 
2.
Tarmoqni boshqarish masalasi nimadan iborat? 
3.
IPCC konsorsiumi yaratgan Softswitch etalon arxitekturasining 
funksional tekisliklarini sanab o’ting. 


243 
4.
Qanday funksional tekislik qo’shni tekislikdan tushayotgan signal 
xabar asosida chaqiruvga xizmat ko’rsatishni boshqaradi, tarmoq 
bo’yicha foydalanuvchi axborotini uzatish uchun ulash o’rnatadi 
va uni uzadi? 
5.
Qanday funksional tekislikda ilovalar serverlari Application 
Servers va qo’shimcha xizmat serverlari Feature Servers 
joylashgan? 
6.
Qanday 
funksional tekislik abonentlarni va xizmatlarni 
yoqish/o’chirish, ekspluatatsion qo’llash, billing va tarmoq texnik 
ekspluatatsiyaning boshqa funksiyalarini quvvatlaydi? 
7.
Taqsimlangan oxirgi kommutatsiya stansiyasi sifatida Softswitch 
qo’llanilgan holatda foydalanuvchi ulanishini kommutatsiyasi 
bo’yicha funksiyalarni kim ta’minlaydi? 
8.
Taqsimlangan SSP sifatida Softswitch qo’llanish kamchiliklari 
qanday? 
9.
Taqsimlangan SSP sifatida Softswitch qo’llanish afzalliklari 
qanday? 


244 
10. MOBIL VA SIMLI TARMOQLARNING 
KONVERGENSIYASI. IMS ARXITEKTURASI
 
10.1.
 
Simli va mobil tarmoqlarni konvergensiya qilish
 
Softswitchni modernizatsiya qilish konsepsiyasi 2005-2006 
yillarda tushunarli bo’ldi va NGN konsepsiyasini rivojlantirish 
strategiyasi shakllantirildi [
3]
. Softswitch dan yangi konsepsiyaga 
o’tishning quyidagi prinsiplarini ajratish mumkin (10.1-rasm). 
1.
Mobil tarmoqlarning rivojlanishi shunga olib keldiki, aksariyat 
NGN 
abonentlarining mobil 
telefonlari 
ham 
bor. 
Natijada 
foydalanuvchilar NGN terminallarida sotali tarmoqlarning funksiyalarini 
va sotali tarmoqlarda keng polosali kirish funksiyalarini realizatsiya 
qilishni 
xohlaydilar 
(masalan, 
rouming 
funksiyalari). 
Sotali 
tarmoqlarning 2,5 G dan 3G va 4G ga qarab rivojlanishi sotali va keng 
polosali tarmoqlarni konvergensiya qilish g’oyasiga olib keladi. 
10.1-rasm. IMS konsepsiyasiga o’tish 


245 
2.
Oxirgi bir necha yillar mobaynida aloqa xizmatlarini 
personallashtirish konsepsiyasi keng tarqaldi. NGN davri bilan 
boshlangan xizmat sohasidagi inqilob juda yangi xizmatlarning 
murakkab va bir xil bo’lmagan dunyosini yuzaga keltirdi. Natijada, 
NGN abonenti minglab turli xizmatlardan foydalana olishlari mumkin. 
Ammo, haqiqatda abonentni atigi bir necha o’nta xizmatlar qiziqtiradi. 
Har bir abonent uchun xizmatlar to’plami personallashtirilgan bo’ladi. 
Softswitch texnologiyasi xizmatlarni personallashtirishga birinchi 
qadamlarni qo’ydi, ammo ular keyinchalik rivojlanish uchun etarli 
bo’lmadi. 
3.
Xizmat personallashtirish bilan NGN abonentlari roumingi 
bo’yicha yangi talablar bog’liq. NGN abonentni tarmoq nuqtalaridan 
birida personallashtirilgan xizmatlar to’plamini oladi deb faraz qilamiz. 
Agar u boshqa nuqtaga o’tsa, mantiqan shu xizmatlar to’lamini olishi 
kerak. Buni zamonaviy NGN tarmog’ida xizmatlar roumingi 
konsepsiyasi sifatida talqin qilish ham mumkin. 
4.
Nihoyat, Triple Play xizmatlar konsepsiyasidan (ma’lumotlar, 
nutq va videoni birlashtirish) Triple Play ga o’tish boshqaruv 
konsepsiyasini o’zgartirishga olib keldi. Natijada, yangi konsepsiya 
keng polosali abonentlarning mobilligini talab qildi va sotali 
tarmoqlarning barcha texnologiyalari (tutib olish, kuzatish va rouming) 
NGN tizimlari uchun talabgor bo’lib qoldi. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilib aytish mumkinki, 
NGN abonentlari mobillikka o’tmoqda, sotali tarmoqlar abonentlari – 
keng polosali xizmatlardan foydalanishmoqda, ikkila tarmoqlarning 


246 
xizmatlari esa personallashib bormoqda. 
Tarmoqlar evolyusiyasi nuqtai nazaridan IMS ning paydo bo’lishi
zamonaviy texnologiyalarni konvergensiya qilish bo’yicha umumiy 
harakatlarning natijasidir (10.2-rasm). Ushbu tendensiya doirasida LAN 
va WAN ni yagona multiservis tarmoqqa birlashtirishni konvergensiya 
yo’lidagi birinchi qadam sifatida ko’rish mumkin. An’anaviy telefoniya 
va VoIP ni yagona IP-telefoniya texnologiyasiga birlashtirish ikkinchi 
qadam bo’ldi. Turli xizmatlarni Triple Play konsepsiyasi asosida 
birlashtirishni aloqa tarmoqlarining global konvergensiya qilish 
yo’lidagi uchinchi qadam deb nomlash mumkin, evolyusiyaning natijasi 
esa simli va simsiz texnologiyalarni IMS nomi ostida birlashtirishdir. 
10.2-rasm. IMS yo’nalishida zamonaviy tarmoqlarning 
evolyusiyasi 
IMS muqim va mobil tarmoqlar aloqa abonentlariga nutq, matn, 
grafik 
va 
videoning 
turli 
kombinatsiyalariga 
asoslangan 
personallashtirilgan xizmatlarni ishlab chiqish va taqdim qilish imkonini 
beradi. Natijada, IMS echimlari keng to’plamli, jumladan, TDM yoki 
Softswitch dagi NGN tarmoqlarida amalga oshirish mumkin bo’lmagan 


247 
yoki iqtisodiy samarasiz bo’lgan xizmatlarni taqdim qilish hisobiga 
oxirgi foydalanuvchining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. 
10.3-rasm. IMS texnologiyasini joriy qilish hisobiga jahon 
iqtisodiyotidagi taxminiy o’sish (manbaa: ABI Research) 
IMS texnologiyasi hozirgi vaqtda batafsil standartlashtirilgan va 
ITU-T, ETSI TISPAN va boshqa tashkilotlarning tavsiyanomalarida 
keltirilgan [2]. Amaliy joriy etish nuqtai nazaridan IMS texnologiyasi 
juda istiqbollidir, ammo eng ishonchli ehtimollar ham uni 2008-2010 
yillar texnologiyasi ekanligi haqida xabar bermoqda (10.3-rasm). 
Quyida IMS texnologiyasining xususiyatlarini kitoblar beradigan 
imkoniyat daradasida ko’rib chiqamiz. 


248 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin