249
telefonli abonentlarga mo’ljallangan edi. NGN spetsifikasi o’zining
’zgartirishlarini kiritdiva zamonaviy Softswitch talqinida
abonent
sifatida kompyuter va SIP-terminal va boshqalar bo’lishi mumkin. IMS
konsepsiyasi abonent tushunchasini abonent tarmog’i tushunchasiga
o’zgartirdi, shu sababli IMS tizimida
oxirgi qurilmalarga NGN
tarmog’iga birlashtirilgan turli tizimlar oilasi ham kiradi. Bu
tushunchani talqin qilishda ma’lum
erkinliklar mavjud, chunki IMS
Abonent tarmog’i hajmini aniqlamaydi. Eng sodda holatda bu konvergent
abonent ulanishi bo’lishi mumkin, masalan, Wi-Fi tarmog’i bilan ADSL
va unda bir necha qurilmalarning ulanishi.
Ammo IMS nuqtai
nazaridan an’anaviy TDM tarmog’ining segmenti yoki NGN
segment ham abonent tarmog’i sifatida qabul qilinishi mumkin. Abonent
tarmog’ini bunday talqin qilishda IMS konsepsiyasining demokratikligi
va yangiligi ko’zga ko’rinadi. Ushbu yangilik shunchalik murakkabki,
unda zamonaviy texnologiyaning barcha xarakteristikalari ko’rsatilmagan,
ammo aynan u IMS ni HLR o’rnatilgan Softswitch sifatida ko’rish
imkonini beradi. IMS tizimida abonent
joylashuvini hisobga olish
tizimining mavjudligi IMS abonentlari mobilligining aniq yutug’idir.
Bu erda ushbu masalani muhokama qilishning zaruriyati yo’q. Faqat
shuni ta’kidlash kerakki, HSS funksiyalari sotali aloqa tizimlaridagi
HLR funksiyalariga nisbatan kengroqdir. Birinchidan,
sotali tarmoqda
telefon abonentlarining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar bazasi o’rniga
IMS da yangi sifatli vazifani taqdim qiluvchi abonent tarmoqlari
joylashuvini nazorat qilish funksiyalari realizatsiya qilinishi kerak.
Ikkinchidan, IMS xizmatlarini personallashtirish har bir abonentni
hisobga olishni talab qiladi. Agar HLR da barcha abonentlar bir xil
250
statusga ega bo’lsa, HSS da ular kategoriyalarga
ajratilishi kerak va
personal
xizmatlar
konsepsiyasi
rivojlangani
sari
HSS
da
kategoriyalar ko’payib boradi. Shu tarzda, HSS strukturasi HLR
strukturasidan sezilarli darajada murakkabroqdir.
Dostları ilə paylaş: