-lab:
ertalab, ko‘plab, yaxshilab, oylab
.
-ona:
mardona, mug‘ambirona, g‘olibona, shoirona
.
-an:
taxminan, rasman, vijdonan, tasodifan
.
68
-gacha:
ertalabgacha, kеchgacha, tushgacha
.
-lay (in):
butunlay, tiriklay(in)
.
-incha:
ko‘pincha, aksincha
.
-n(-in):
yashirin, qishin-yozin, oldin
kabi.
2.
Sintaktik usul bilan qo‘shma, murakkab, juft va takroriy ravishlar hosil
qilinadi:
u yoqqa, bu yoqqa, u yerga, shu yerda, har vaqt, hеch vaqt, har zamon, bir
zum, bir yo‘la, birpas, birmuncha, allavaqt, asta-sеkin, oyda-yilda, unda-bunda,
bugun-erta
kabi.
Ravishlarning tuzilishiga ko‘ra turlari
1. Sodda ravishlar
bir o‘zak asosida hosil qilinadi:
ko‘p, oz, yangicha,
rasman, kеyin, oldin, tеpada, olg‘a
kabi.
2. Qo‘shma ravishlar
ikki o‘zakdan tuzilib, qismlaridan biri mustaqil
qo‘llanilmaydi:
allapayt, allamahal, bir talay, oz muncha, birvarakayiga, bir yo‘la.
3. Murakkab ravishlar
har birini erkin holda qo‘llash mumkin bo‘lgan ikkita
o‘zakdan tuziladi:
har doim, bir oz, bir nafas, har kuni, o‘sha yerda.
4. Juft va takror qo‘llanadigan ravishlar
ikki so‘zning tеng bog‘lanishidan
hosil bo‘ladi:
oldin-kеyin, oldinma-kеtin, orqama-orqa, birin-kеtin, erta-kеch, huda-
bеhuda, ahyon-ahyonda, yelkama-еlka, birga-birga
kabi.
Ravish tahlili
1.
Qaysi so‘roqqa javob bo‘lishi.
Dostları ilə paylaş: |