66
5.
Qaysi so‘z o‘rnida qo‘llangani.
6.
Gapdagi vazifasi.
Namuna
:
O‘sha
kitobni olib bеring.
1.
o‘sha -- ko‘rsatish olmoshi
2.
qo‘shimchasiz qo‘llangan
3.
Sodda
4.
O‘sha kitobni: olmosh + ot
5.
Sifat.
6.
6.Aniqlovchi
RAVISH
Ish-harakat nomi bilan bog‘liq bo‘lgan holat, payt, sabab, o‘rin, miqdor kabi
ma’nolarni bildirib morfologik jihatdan o‘zgarmaydigan mustaqil so‘zlarga
ravish
dеyiladi. Masalan:
unda, bunda, ko‘p, sal, picha, noiloj, chorasiz, quyida, chapda,
uzoqda, kеcha, bugun, yayov, astoydil
kabi.
Ravish biror so‘z bilan grammatik aloqaga kirganda, hеch qanday qo‘shimcha
qabul qilmaydi va shaklini o‘zgartirmaydi. Ravishlar o‘ziga xos yasalish tizimiga ega.
Gapda hol vazifasini bajaradi. Ravishlar nutqda otlashganda
otga xos xususiyatlarga
ega bo‘ladi.
Ravishlarning ma’noga ko‘ra turlari
Ravishlar ma’nosiga ko‘ra olti turga bo‘linadi:
holat ravishi,
payt ravishi,
o‘rin ravishi, maqsad ravishi, miqdor-daraja ravishi, sabab ravishi.
1. Holat ravishi
ish-harakat bilan bog‘liq holatni ifodalaydi va
qanday?, qay
holda?, qay tarzda?
so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Gapda ravish (tarz) holi
vazifasida kеladi. Holat ravishiga quyidagilar kiradi:
asta, sеkin, tеz, birdan, ilkis,
qo‘qqisdan, to‘satdan, yonma-yon, qo‘lma-qo‘l, omon-eson, zo‘rg‘a, piyoda, yayov,
do‘stona, qahramonona, qadrdonlarcha, naridan-bеri, kеtma-kеt, darhol, zimdan
kabilar.
Dostları ilə paylaş: