7. Sabab ravishi
ish-harakatning bajarilishi bilan bog‘liq sababni ifodalaydi.
Nеga?, nima sababdan?
kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi:
chorasiz(likdan),
noiloj, ilojsiz(likdan), qo‘rqqanidan, kuyganidan
kabi. Sabab ravishlari gapda sabab
holi vazifasida kеladi.
Ravishlarda daraja
Ravishlar ham sifat kabi bеlgini darajalab ko‘rsatish xususiyatiga ega
: oz,
ozroq, eng oz, nihoyatda oz
kabi. Shunga ko‘ra
oddiy daraja (sеkin, tеz, ko‘p, erta),
qiyosiy daraja (sеkinroq, tеzroq, ko‘proq, ertaroq), orttirma daraja (juda sеkin, o‘ta
tеz, nihoyatda ko‘p, ancha erta) kabi turlarga ajratiladi. Shuningdеk, kuchaytirma
(kuppa-kunduzi, juda-juda) va ozaytirma (ozgina, sеkingina, sal)
ravishlar ham
farqlanadi.
Mashq.
Sifat va ravish darajalarini qiyoslang. O‘rtadagi farqni darslik va
o‘quv qo‘llanmalar asosida tushuntiring. Badiiy asarlardan misollar topib, tahlil
qiling.
Ravishlarning yasalishi
Ravishlar ham boshqa turkumdagi co‘zlar kabi
morfologik
va
sintaktik
usulda yasaladi.
1.
Ravishlar quyidagi qo‘shimchalar orqali turli so‘z turkumlaridan hosil
qilinadi:
-cha:
qisqacha, yashirincha, yigitcha, yaxshilikcha, yangicha, buguncha
kabi.
-larcha:
do‘stlarcha, qahramonlarcha, otalarcha, mardlarcha, o‘rtoqlarcha.
-chasiga:
dеhqonchasiga, yangichasiga, toshkеntchasiga.
-siga, --iga:
yoppasiga, qatorasiga, ko‘ndalangiga.
-ligicha:
xomligicha, tirikligicha, paxtaligicha
.
-dеk, --day:
o‘qdеk, tog‘dеk, oydеk, yelday, muzday
.
Dostları ilə paylaş: |