Bu guruhga kiruvchi tillarning barchasi o‘lik tillar sanalada:
1) xett (xett-nesit) tili – eramizdan avvalgi XVIII – XII asrlarga oid mixxatlardan ma’lum bo‘lgan til;
2) luviya tili – eramizdan avvalgi XIV – XIII asrlarda Kichik Osiyoda mavjud bo‘lgan til;
3) palaya tili - eramizdan avvalgi XIV – XIII asrlarda Kichik Osiyoda mavjud bo‘lgan til;
4) kariya tili - eramizdan avvalgi XIV – XIII asrlarda Kichik Osiyoda mavjud bo‘lgan til;
5) lidiya tili – antik davrdagi anatoliya tillaridan biri;
6) likiya tili - antik davrdagi anatoliya tillaridan biri.
12. Toxar tillari guruhi - bu guruhga kiruvchi toxar (turfon, kuchan) tili, Xitoyning Sharqiy Turkiston (Sinjon) viloyatida, o‘lik til sanaladi.
II. KAVKAZ TILLARI OILASI A. G‘arbiy guruh: abxaz-adigey tillari 1. Abxaz tillari guruhi: 1) abxaz tili – yozuvi 1954 yilga qadar gruzin alifbosida, so‘ngra rus alifbosiga asoslangan; shimoliy (bzib), janubiy (abjuy yoki kador) lahjalari mavjud;
2) abaza tili – Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkes va Adigey muxtor viloyatlari hamda Stavropol o‘lkasida yashovchi abazalar (abazinlar) tili; yozuvi rus alifbosiga asoslangan.
2. Cherkas tillari guruhi
1) adigey tili;
2) kabardin (kabardin-cherkes) tili;
3) ubixlar tili (Chor Rossiyasi davrida Turkiyaga emigratsiya qilingan).
B. Sharqiy guruh: nax-dog‘iston tillari
1. Nax tillari guruhi: 1) chechen tili;
2) ingush tili;
3) batsbiy (tsova - tushin) tili.
2. Dog‘iston tillari guruhi: avar tili;
dargin tili;
lak tili;
lezgin tili;
tabasarin tili.
Bu besh tilning yozuvi rus alifbosiga asoslangan. Quyidagi tillarning yozuvi mavjud emas:
andiy tili;