A. Goydel guruhi irland tili – Irlandiyaning (ingliz tili bilan birga) davlat tili; uch sheva (munster, konnaxt, ulster) va bir qancha lahjalardan iborat; hozirgi yozuvi lotin alifbosiga asoslangan;
shotland (gelь) tili – XI – XIII asrlarda irland tilidan ajralib chiqa boshlagan; yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.
O‘lik tillar:
1) men tili – Irlandiya dengizidagi Men orolida yashovchilar (Buyuk Britaniya tarkibida) tili.
B. Britt tillari guruhi 1) breton tili – Frantsiyadagi Bretanь yarim orolida yashovchi bretonlar (o‘tmishda brittlar) tili, yozuvi lotin alifbosiga asoslangan;
2) vall (yoki uelь, kimr) tili – Buyuk Yuritaniya (asosan Uels yarim oroli)da yashovchi xalq tili, yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.
O‘lik tillar:
1) korn tili – Buyuk Britaniyaning janubiy-g‘arbidagi yarim orol aholisi tili, yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.
C. Gall tili guruhi 1) gall tili – qadimgi Galliya (Fransiyaning lotin tilidagi nomi)da, qisman Shimoliy Italiya, Bolqon va Kichik Osiyoda tarqalgan til; frantsuz tilining shakllanishi bilan yo‘q bo‘lib ketgan.
8. Grek tillari guruhi 1) grek tili - hozirda bu guruhga oid tillardan faqat grek tili qolgan, Gretsiyaning davlat tili. Umuman, grek tili qadimgi grek tili va yangi (hozirgi) grek tiliga bo‘linadi; adabiy, lirik, dramatik, falsafiy, tarixiy yodgorliklarga boy; xalqaro terminologiyaning asosiy manbalaridan biri.
9. Alban tili guruhi 1) alban tili – Albaniyaning rasmiy tili, yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.
10. Arman tili guruhi 1) arman tili – eramizning V asridan adabiy til; Armanistonning rasmiy tili; uning o‘z alifbosi mavjud, alifbosi eramizning V asri boshlarida Mesrop Mashtots tomonidan yaratilgan; shevalarga boy til. Qadimgi arman tili – grabar hozirgi arman tili – ashxarabardan keskin farq qilgan.