Tilshunoslikka kirish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə62/78
tarix20.12.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#121485
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78
Tilshunoslikka kirish

UNDOV SO’ZLAR

His-hayajonni, xitobni bildirishga xizmat qiladigan so’zlar undov so’zlar deyiladi: undovlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1) leksik (lug’aviy) ma’no anglatmaydi;


2) gap bo’lagi vazifasida kelmaydi va gap bo’laklari bilan grammatik jihatdan bog’lanmaydi;
3) undovda ohang muhim o’rin tutadi;
4) kelishik, egalik, shaxs, zamon kabi grammatik ma’nolarni bildirmaydi.
Undovlar tuzilishiga ko’ra: a) sodda: (oh, uh); b) tarkibli: (evoh, bay-bay, eh,uh, hay-hay) bo’ladi.
Undovlar ma’nosiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1.His-hayajon undovlari: oh, uh, e, be, voy, o’hu, ehe, a, o, obbo. 2.Buyruq-xitob undovlari: a) chaqiriq undovlari: hey,hoy, hay, ey. hayvon-parrandalarni haydash-chaqirish undovlari: qurey-qurey, xo’sh-xo’sh. b) buyruq undovlari: ts, sh-sh-sh, tiss..s. v) tabrik, tashakkur, xayrlashuv undovlari: rahmat, marhamat, hormang, balli, ofarin, qulluq.
Undov otlashadi: Oh-voyingni hech kim eshitmaydi.


TAQLID SO’ZLAR

Taqlid so’zlar ikki xil:


1. Holatga (obrazga) taqlidni bildiruvchi so’zlar: yalt, yarq, milt-milt, bilq, dir-dir.
2. Tovushga taqlidni bildiruvchi so’zlar: tars, turs, chars, gumbur-gumbur.
Taqlidiy so’zlar tuzilishiga ko’ra yakka, takror, juft holda bo’ladi (yalt,qars-qars, chars-churs, taka-tum-tak).
Taqlid va undov so’zlari nomlash xususiyatiga ega emas. Taqlid so’zlardan ot, fe’l va boshqa turkum so’zlari yasaladi: shaq-ildoq, hiq-ildoq, yaltira-q, yiltira-q, miltira-q.
Taqlid so’zlar gapda asosan, aniqlovchi, hol vazifasida keladi. Otlashganda esa quyidagi vazifalarni bajaradi: a) ega vazifasida: Qo’yning “ba-a”si eshtildi. Musichaning g’uv-g’uvi eshitildi. b) to’ldiruvchi: O’z g’uv-g’uviga o’zi shaydo bo’lgan guzarga yaqin qoldi.


SINTAKSIS

Grammatika til haqidagi fanning bir qismi bo’lib, morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada so’z turkumlari, sintaksisda so’z birikmalari, gap turlari o’rganiladi, Grammatika grekcha so’zdan olingan bo’lib, “o’qish va yozish san’ati” degan ma’noni bildiradi. Sintaksis ham grekcha so’z bo’lib, “tuzish” demakdir.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin