•
Qishloq xo’jaligida islohotlar, uning vazifalari va yo’nalishlari. Moliya-bank
tizimi.
Iqtisodiy islohotlarning hal qiluvchi bo’g’ini sifatida qishloq xo’jaligida islohot
o’tkazish, uni jadal rivojlantirishga alohida e'tibor berildi. Bunga sabab O’zbekiston
aholisining 64 foizdan ko’prog’i qishloqda yashashi, ya'ni ichki mahsulotning 24 foizdan
ko’prog’i agrar sektorga to’g’ri kelishi va qishloqda istiqomat qilganlarning 37
foizga
yaqini qishloq xo’jaligi bilan bandligida edi.
•
Qishloq xo’jaligida islohotlarni amalga oshirishda eng ustuvor masala sifatida yerga
mulkchilik masalasi hal qilindi. O’zbekiston Respublikasida sug’oriladigan yerlarning
kamligini hisobga olib, yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq
muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi huquqiy hujjatlarda qayd etildi.
•
XULOSA
Mustaqil O’zbekiston xazinasini to’ldiruvchi,
iqtisodiy islohotlarni
muvaffaqiyatli o’tkazishning asosiy manbai soliqdir. Shuning uchun soliq
tizimini takomillashtirishga dastlabki kunlardan boshlab katga e'tibor
berildi. Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 12 avgustdagi "O’zbekiston
Respublikasida davlat soliq organlari haqidag’i qarori asosida davlat soliq
tizimi shakllana boshladi. Soliq to’lovchilar soni yildan-yilga ko’payib
bormoqda. Agar 1994 yilda 91 mingdan ortiq soliq to’lovchi yuridik shaxs
ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, 1997 yili ularning soni 148 mingtaga yetdi.
Xulosa
qilib aytish mumkinki, iqtisodiy islohotlarning yutuqlari
mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlamoqda.