Mavzu: Sud hokimiyati
islohotlari.
Reja:
Sud hokimiyati asoslari.
Sud hokimiyati islohotlari.
Mustaqilligimizdan keyingi yillarda sud hokimiyatidagi
o’zgarishlar.
Sud hokimiyati asoslari.
•
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyatimizning rivoji
hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati beqiyosdir. Konstitutsiyada
mustahkamlab
qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, jamiyatda qonuniylik va sud
hokimiyatining chinakam mustaqilligini
ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.
•
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasida sudyalar mustaqil ekanligi, faqat qonunga
bo‘ysunishlari, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda
aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi kabi
muhim normalar mustahkamlab
qo‘yilgan.
•
Ta’kidlash joizki, sudyalarning mustaqil va faqat qonunga bo‘ysungan holda ish yuritishlarining konstitutsiya
darajasida kafolatlanishini asosiy sabablaridan biri - sud hokimiyatiga boshqa hech qaysi organ vakolatiga
taalluqli bo‘lmagan huquq - odil sudlovni amalga oshirish huquqi berilganligi bilan izohlanadi. Zero,
mamlakatimiz hayotida, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini to‘liq ta’minlanishiga erishishda odil
sudlovning ahamiyati beqiyosdir. Odil sudlov jamiyat hayotida, jamiyat a’zolarini huquqiy madaniyati va
huquqiy ongini yuksaltirishda, insonlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Shu o‘rinda odil sudlov har qaysi davrlarda ham ulug‘langanligini, qadrlanganligini hamda insonlar
unga intilib yashaganliklarini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Xususan, rim faylasuflari “Pereat mundus et fiat
justicia”, ya’ni “mayli dunyo barbod bo‘lsin, lekin odil sudlov qaror topsin” deb ta’kidlaganliklari bejiz emas
(1). Rim faylasuf-
larining mazkur mumtoz shiorlari bir qarashda mubolag‘adan iborat bo‘lsa-da, lekin ular
odil sudlovga shu qadar yuqori baho beradilar.
Istiqlolning dastlabki yillarida Konstitutsiyada nazarda tutilgan sudyalarning
mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi tamoyilini amalga oshirishga qaratilgan
qator qonunlarimiz qabul qilindi. 1994 yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksi, Jinoyat
protsessual kodeksi, Ma’muriy javob-garlik to‘g‘risidagi kodeks hamda 1997 yilda
qabul qilingan Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslarini, “Sudlar
to
‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va
qarorlari va Hukumat qarorlarini keltirish mumkin. Biroq mamlakatimiz bosib
o‘tgan
taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi
keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani
davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo
yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni
taqozo etmoqda edi. Sud hokimi
yatining chinakam mustaqilligini ta’minlash,
aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi
bosqichni boshlanishini hayotiy zaruratga aylantirdi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016 yilning 21
oktyabrida e’lon qilingan
PF-4850-
sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishiga
doir konstitutsiyaviy normani amalda
to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishiga zamin yaratdi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmon hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Hara
katlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga
oid Davlat dasturi”da sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini
oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishga oid qator chora-tadbirlar
nazarda tutildi. Xususan, sudya lavozimida
bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik
muddatini va
shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka
komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish,
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, shu jumladan, uning asoslarini
aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish
qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya
organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy
ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini o‘tkazish kabilar nazarda tutildi.
Sudlar mustaqilligi va faqat qonunga
bo‘ysunishini ta’minlashda Harakatlar
strategiyasida belgilanganidek, sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik,
key
in o‘n yillik muddatini va so‘ng muddatsiz davrining belgilanishi muhim ahamiyat
kasb etadi. Chunki sudya lavozimida bo‘lishning ushbu tartibi sudyadan zimmasiga
yuklatilgan vazifani namu-nali va vijdonan bajarishni talab etishi bilan bir qatorda
lavozimiga keyingi muddatga qayta saylanishi yoki tayinlanishi, o‘z vazifalarini
namunali ado etgach, keyinchalik
o‘n yilga va hatto muddatsiz davrga saylanishi yoki
tayinlanishi uchun rag‘batlantiruvchi qoida ham hisoblanadi. Sudya lavozimida
bo‘lishning eng yuqori yoshini, ya’ni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65
yoshgacha, Konstitutsiyaviy va Oliy sud sudyalari lavozimlarini
– 70 yoshgacha
belgilash sudyalarning mustaqil-ligini kafolatlash bilan bir qatorda mamlakatimizda
professional sudyalar korpusini shakllantirishga, sud tizimini yetuk, yuqori malakali,
odil sudlov sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, halol va
benuqson obro‘-e’tiborli sudyalar bilan to‘ldirishga, ularning boy tajribalaridan keng
foydalanishga hamda barqaror sudyalar maktabining yaratilishiga zamin yaratadi.
Sud hokimiyati islohotlari
Qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy
manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan, davlat hokimiyatining muhim
tarmogʻi boʻlgan sud tizimi mustaqilligini taʼminlash, mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan izchil islohotlarning eng muhim ustuvor
yoʻnalishi hisoblanadi.
Yangilanayotgan
Oʻzbekiston kelajagini barpo etish yoʻlida Davlat rahbari tashabbusi
asosida uzoq va boy oʻtmishimiz, ajdodlarimizning davlatchilikni shakllantirish
borasidagi tajribalariga tayangan holda ishlab chiqilib, keng jamoatchilik
muhokamasi natijalariga koʻra qabul qilingan taraqqiyot Dasturi “Harakatlar
strategiyasi” asosida erishayotgan yutuqlarimiz nafaqat yurtimizda, balki xalqaro
maydonda yuksak eʼtirof etilib, xalqaro maydonda mamlakatimiz obroʻ-eʼtiborini
yuksalishini
taʼminlamoqda. Dasturda belgilangan sud-huquq sohasidagi vazifalarni izchil
amalga oshirish, fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni
sudda
koʻrish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul
qilish maqsadida “Sudlar faoliyatini yana-da takomillashtirish va odil sudlov
samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezidentimiz
Farmoni qabul qilindi.
Mazkur
Farmonga asosan sud himoyasini taʼminlashdagi ortiqcha byurokratik
toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida sud tizimida 2021-yil 1-yanvardan boshlab
viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari
boʻyicha, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar
va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning
qatʼiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud
ishlarini yuritish turlari
boʻyicha alohida sudlov hayʼatlarini tashkil etgan holda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya
sudlarini tashkil
etish belgilandi. Bundan tashqari, maʼmuriy huquqbuzarliklar
toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha
sudlarga
oʻtkaziladi. Fuqarolarning sarsongarchiligini oldini olish, ularning vaqtini
tejash va ortiqcha xarajatlarini oldini olish maqsadida fuqarolik ishlari
boʻyicha 4 ta
tuman va 1 ta tumanlararo, jinoyat ishlari
boʻyicha 4tuman, 1 ta tumanlararo iqtisodiy
sudlari tashkil etiladi. Jinoyat ishlarini sudda koʻrish uchun tayinlash bosqichida ish
yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul
qilish tartibini belgilash, jinoyat ishining umumiy tartibda
koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik
qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki
eshituv bosqichi joriy etiladi.
Sud qarorlarini qayta koʻrishning bir-birini takrorlovchi bosqichlarini bekor qilish
maqsadida, ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda sudlarda “Bir sud, bir
instansiya” tizimi joriy etilib, sud ishlarini nazorat tartibida koʻrish instituti tugatilib,
Oliy sud raisi,Bosh prokuror va ular
oʻrinbosarlarining sud qarorlari ustidan nazorat
tartibida protest kiritish huquqi bekor qilinadi.
Tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining qarorlarini viloyat va unga tenglashtirilgan
sudlar tomonidan, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning birinchi instansiya
sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa Oliy sudning sudlov hayʼatlari tomonidan
apellyatsiya tartibida, ape
llyatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud qarorlarini Oliy
sudning sudlov
hayʼatlari tomonidan kassatsiya tartibida, Oliy sud sudlov hayʼatlari
tomonidan kassatsiya tartibida
koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan sud
qarorlarini Oliy sud raisi, Bosh prokuror va ular
oʻrinbosarlari protestiga koʻra
kassatsiya tartibida takroran
koʻrib chiqish belgilanmoqda.
Albatta bu
oʻzgarishlar sudlarda ishlarni uzoq muddat koʻrilishini oldini olib, ishlarni turli
instansiyalarda qayta-qayta
koʻrish amaliyotiga chek qoʻyadi.
•
Prokuror tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, hal qiluv
qarori, ajrimi yoki qarori
boʻyicha ishlarni, ushbu ishlar yuzasidan taraflar
murojaati mavjud
boʻlgan holdagina, suddan chaqirib olib oʻrganish tartibi
esa eski tuzumdan qolgan va hanuz davom etayotgan sud qarorlarini
prokuratura tomonidan cha
q́irib olib, oʻrganish amaliyotini cheklashga
xizmat qiladi.
Mustaqilligimizdan keyingi yillarda sud hokimiyatidagi
o’zgarishlar.
•
Dostları ilə paylaş: |