Toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali abonent kirish tarmoqlari fanidan



Yüklə 349,47 Kb.
səhifə11/14
tarix10.12.2023
ölçüsü349,47 Kb.
#139426
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
TOLALI AMALIYLAR zafar

4.Ishni bajarish tartibi
4.9-rasmda blok-sxemalar ko’rinishida FSM-30S payvandlash apparatining ishlash algoritmi keltirilgan.


Манбани улаш





Пайвандлаш режимини танлаш





Толага термоусаживаемая трубкани ӯтказиш





Тола учларини пайвандлашга тайёрлаш (ташки ва ички қобиқларни олиш, ёриш)






Оптик толани ӯрганиш





Тозаловчи дугани пуски, дастлабки оралиқни ӯрнатиш ва ёриқ бурчагини тешириш






Тола юстировкаси



Сӯнгги оралиқни ӯрнатиш ва электродугавой разряднинг пуски





Йӯкотишларни бахолаш

Такрорий пайвандлаш






Пайвандлаш натижаларини сақлаш


4.9-расм. FSM - 30S пайвандлаш аппарати билан ишлаш адгаритми

FSM-30S payvandlash apparati bilan tolalarni payvandlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:



  1. Manba ulanganligiga ishonch hosil qiling.

  2. O’zgaruvchan tok manbasi shnurini o’zgaruvchan tok manba raz’yomiga ulang.

  3. Manba tugmasini «AC ON» (manba ulangan) holatiga o’tkazing.

  4. Manba indikatori yashil rangda yonishi kerak.

  5. Payvandlash apparati «READ»(tayyor) rejimida ekanligiga ishonch hosil qiling.

  6. Suyuq kristalli ekranning pastki qismida payvandlashni joriy rejimining nomi yoritiladi.

  7. Agar bu rejim to’g’ri kelsa, u holda uni qoldirib, ishni davom ettirish kerak.

  8. Agar bu rejim to’g’ri kelmasa, «MENU»(menyu) tugmasini bosing. Ekranda asosiy menyu ko’rinadi.

  9. «Δ» va «» strelkalaridan foydalanib, «*» belgini «SELECT MODE»(rejimni tanlash)ga olib boring (suring).

  10. «ENT» (xotiraga yozish) tugmasini bosing.

  11. «Δ» va «» strelkalaridan foydalanib, «*» belgini to’g’ri keladigan rejimga olib boring. FSM-30S payvandlash apparati elektr yoy parametrini o’zgartirib, ko’p turli tolalarni payvandlashi mumkin. Unda 30 ta programmalanadigan va 4 ta standart payvandlash rejimlari mavjud. Payvandlash parametrlari to’plami «payvandlash rejimi» deyiladi.

  12. «ENT» (xotiraga yozish) tugmasini bosing, so’ng «MENU» tugmasini bosib asosiy menyuga va qayta «MENU» tugmasini bosish bilan bu rejimdan chiqib «READ» rejimiga qayting.

  13. Payvandlash uchun qrnatilgan rejim ekranning pastki qismida ko’rinadi.

  14. Tolalardan birini termo siqiluvchi gil’zadan o’tkazing.

  15. Stripper bilan toladan tashqi himoya qatlamlarini olib tashlang.

  16. Tolani spirtda ho’llangan mato bilan tozalab arting.

  17. Yorgich bilan tolani yoring(kesing). Diametri 250 mkm bo’lgan tolalar uchun yoriq uchunligi 8-16 mm oralig’ida bo’lishi kerak.

  18. Apparatdagi himoya qopqog’ini oching.

  19. Tolani tashqi himoyalash qoplama bilan qoplash uchun chap va o’ng qisqichlarni oching.

  20. Tola qobig’i qisqichlarini ko’taring.

  21. Tolani V-simon kanavkaga, himoya qopqog’i ichidagi belgilarga qarab, tashqi qobiq chekkalarini to’g’ri holatda joylang (4.10-rasm).

  22. Tolani ushlab turib, uni qobiq qisqichi bilan qising.

  23. Shuningdek ikkinchi tolani ham payvandlashga tayyorlang.

  24. Ikkinchi tolani apparatning qarama-qarshi tomonidagi V-simon kanavkaga, qobiqni qisqichi bilan qisib joylashtiring.

  25. Tolaning tashqi himoya qoplama bilan qoplash uchun chap va o’ng qichqichlarni yoping (4.11-rasm).

4.10-Rasm.Tolani belgilar bo’yicha to’g’ri joylashtirshi.




4.11-Rasm. Tolani payvandlash apparatiga to’g’ri joylashtirshi

  1. Himoya qopqog’ini yoping.

  2. Ekranda«READ» ma’lumoti akslanganligini tekshiring.

  3. Agar yo’q bo’lsa, «MENU» yoki «RESET» tugmasini bosing.

  4. Payvndlash jarayonini boshlash uchun «SET» (Ishga tushirish) tugmasini bosing.

  5. Payvandlash apparati tolani suradi.

  6. Tolalar bir-biriga yaqinlashganda, ularni ustini tozalash uchun qisqa elektr yoy hosil bo’ladi(eritish).

  7. Payvandlash apparati tolalar orasida kerakli oraliqni o’rnatadi.

  8. Oraliqni o’rnatib bo’lgandan so’ng, apparat yoriq burchagini o’lchaydi va uni ekranda tasvirlaydi, tolalarni payvandlashga tayyorligini tahlil qiladi.

  9. Agar yaqqol ko’rinishda tolaning holati yomonligi, sifatsiz yoriq yoki tola ustida kir borligi kuzatilsa, u holda «RESET» tugmasini bosing.

  10. Bundan so’ng tola uchlarini qayta tayyorlang.

  11. Tolalarning tayyorliligini sifatli ekanligini ko’rgach, apparat ularni yustirovkalaydi.

  12. Tolalar bir-biriga harakat qiladi. Ularning uchlari orasida tor oraliq o’rnatiladi.

  13. Tolalarni payvandlash uchun yuqori kuchlanishli razryad generatsiyalanadi va tolalar payvandlanadilar. Elektr yoy quvvati atrof-muhit sharoitiga qarab bosim, termometr va gigrometr datchiklarni ko’rsatkichlariga ko’ra avtomatik tarzda belgilanadi.

  14. Payvandlash ishidan so’ng apparat o’zak markazini nuqtalanishini o’lchaydi va payvand bo’lgan joyni tekshiradi. Payvandlashdan so’ng o’zak markazini nuqtalanishini kattaligi ekranda tasvirlanadi (4.12-rasm).


4.12-Rasm. Markaziy nuqta kattaliklari akslangan ekran


  1. Mikroprotsessor payvandlashdagi yo’qotishlarni hisoblaydi va ekranda «FINISHED»(Tugatildi) va yo’qotishlar(so’nishlar) bahosi tasvirlanadi(1.13-rasm).


4.13-Rasm. Payvandlashdan so’ng yo’qotishlar akslangan ekran


  1. Agar payvand bo’lgan joyda nosozlik aniqlansa yo’qotishlar bahosi ustida xato haqida ma’lumot beruvchi yozuv paydo bo’ladi: «BUBBLE» (pufak),«FAT» (qalinlashish) va «THIN» (yupqalashish). (4.14-rasm)


4.14-Rasm. Payvndlashda topilgan defektni akslantiruvchi ekran

  1. Agar yo’qotishlar bahosi ruhsat berilganlardan katta bo’lsa, «ARC» tugmasini bosish bilan qayta payvandlash razryadi ishlatiladi.

  2. Payvandlash apparati elektr razryadni qayta generatsiyalaydi, so’ng markazini nuqtalanishini kattaligini o’lchaydi va ekranda yo’qotishlar bahosini bilan birga tasvirlaydi.

  3. Tolani suruvchi elementlar dastlabki holatlariga qaytishi uchun «RESET» tugmasini bosing. Himoya qopqog’ini oching.

  4. Dastlab tashqi qobiq so’ng ichki qatlam qisqichlarini bo’shating.

  5. Tolani V-simon kanavkadan oling.

  6. Qizdiruvchi element qopqog’ini oching.

  7. Termo siquilvchi gil’za payvand bo’lgan joyga suriladi. U tolani tozalangan qismi himoyalanishi kerak bo’lgan joyning markazida bo’lishi kerak.

  8. Tolani ikki qo’l bilan ushlab, qizdiruvchi elementning chap tomon qisqichiga qo’yib, u bilan qising. Tolani chap tomondan qo’yib yuboring.

  9. Tolani o’ng qo’l bilan o’ngga tortib, chap qo’l bilan o’ng qisqichni va qopqoqni yoping.

  10. Termo siqiluvchi gil’zaning markazi keramik qizdirgichning markazida bo’lishi kerak (8.15-rasm).


4.15-Rasm. Termo siqiluvchi gil’zani payvandlash apparatida joylashishi (yuqoridan ko’rinish)


  1. Termo siqiluvchi gil’zaning mustahkamlovchi metal sterjen keramik qizdirgich tomon pastga o’girilgan bo’lishi kerak (4.16-rasm).

  2. «HEAT»(qizdirish) tugmasini bosing. qizdirish jarayoninig boshida svetodiod yonadi. Ikki daqiqadan so’ng payvandlash apparat qizdirishni to’xtatadi va uning uskunalari tarkibiga kiruvchi sovutgich (vetilyator) bilan termo siqiluvchi gil’zani sovuta boshlaydi.



4.16-Rasm. Termo siqiluvchi gil’zaning qizdiruvchi elementda to’g’ri joylashtirish


  1. Termo siqiluvchi gil’zani sovutish jarayonida svetodiod to’xtovsiz o’chib-yonadi. Jarayon tugagandan so’ng, tovush signali berilib, svetodiod o’chib-yonishdan to’xtaydi.

  2. Qizdiruvchi elementni qopqoq va qisqichlari ochilib, tolani undan oling. Gil’za va keramik qizdirgichga tegmang.

  3. Tolalarni payvandlash jarayoni tugadi.



Yüklə 349,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin