Toshkent davlat agrar universitetining samarqand filiali


Har gektardan 300 tonna hosil naqt



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə3/4
tarix04.11.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#131167
1   2   3   4
Aqlli issiqxona texnologiyasi arxitekturasi

Har gektardan 300 tonna hosil naqt
Aslida, “issiqxona” so'zi nam va bug'lanish bilan birga ajralib chiqadigan issiqlikni anglatadi. Biroq biz so'z yuritayotgan zamonaviy oynavand issiqxonalarda bunday holat kuzatilmaydi. Ular odatiy plyonkali issiqxonalardan farqli ravishda, quyosh nurlarini yuqori darajada o'tkazish va butun inshoot bo'ylab teng taqsimlash xususiyatiga ega. Ya'ni, oyna quyosh nurini 97 foizgacha o'tkazadi. Issiqxonaning energiya sarfi jixatidan tejamkor tizimi mahsulotlarning quyosh nurlarida tabiiy, mazali va sifatli pishib etilishiga xizmat qiladi.
Issiqxona haroratini mo'tadillashtirishda oftob nurlaridan foydalanilgani hisobiga atmosferaga tarqaladigan zararli chiqindilar miqdori ko'rsatkichi ham ancha pasayadi. Korxona tomonidan qurilayotgan oynavand issiqxonalarda turli zararli bakteriya, hasharot va mikroorganizmlarning ko'payish xavfi deyarli yo'q. Odatiy issiqxonlarda esa quyosh nurlarining yetishmasligi tufayli bakteriya va mikroorganizmlar ko'payib, o'simliklarning nimjon o'sishiga sabab bo'ladi. Shu bois, xorijiy banklar ko'proq oynavand issiqxonalar qurilishini moliyalashtirishni afzal biladi.
Shuningdek, bunday issiqxonalar yuqori texnologik, energiyatejamkor, nihoyatda mustahkam, har qanday ob-havo sharoitiga bardoshli hisoblanadi. Avtomatik boshqariladigan eng zamonaviy texnologiya, texnikalar bilan jihozlangani bois, ichida bir gramm ham chang topolmaysiz. Bunga maxsus o'rnatilgan sovutish, havo almashtirish tizimlari yo'l qo'ymaydi.
— Shukurki, ishlarimiz juda yaxshi ketyapti. Pomidorlarning ilk hosilini 54 kunda tera boshladik, — dedi turkiyalik agronom Sinan Işchan (Sinan Ishchan). — Bu yerdagi navlarning qisqa fursatda hosil berayotgani bir tomondan texnik ishlanmalarimiz samarasi bo'lsa, yana bir siri mamlakatingizning quyoshli o'lkaligi, deb bilaman. Bizga yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqin 5 yil ichida korxonamiz juda yaxshi ko'rsatkichlarga erishishiga ishonaman.
H arakat qilganga baraka ham yog'ilib kelaveradi. Tinimsiz mehnat va xorij texnologiyasi har bir ko'chatdan olinadigan 14 kilogramm hosil, har gektardan 300 tonna mahsulotni naqt qildi. 2020-yilda Rossiya Federatsiyasi, Qozog'istonga katta miqdorda mahsulot eksport qilindi. Korxona hozirda Evropa bozoriga yo'l ochadigan “Global G.A.P” sertifikatini olish harakatida.
Avvaliga koxonada faqat issiqxona ishga tushirilgan edi. Endilikda, uning yonida o'quv markazi va laboratoriya ham tashkil etildi. Bugungi kunda o'quv markazini kengaytirish ishlari olib borilyapti. Qisqa vaqtda o'quvchilar oqimi o'rtacha 300 kishiga yetkazilib, ular yo'nalishiga ko'ra 3 oydan 6 oygacha o'qitiladi.
Davlatimiz rahbari joriy yilning 21-22-yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog'ida zamonaviy agrosanoat majmuasiga aylanib borayotgan “Buxara Varnet” xorij korxonasining yangi imkoniyatlari bilan tanishdi. Bu yerda tashkil etilgan o'quv markazini ko'rib, “Bu tizim nima uchun muhim? Birinchidan, yoshlarimizga rivojlangan mamlakatlar mutaxassislari onlayn rejimda dars beradi. Ikkinchidan, issiqxonalar uchun zarur materiallar mahalliylashtiriladi. Eng muhimi, bozor talabiga mos mahsulot ishlab chiqariladi”, deya ta'kidladi. Shuningdek, Prezident “Issiqxonalar bilan shuncha yildan beri shug'ullanyapmiz, lekin professionallar yo'q edi. Endi bu yo'nalish yangi sifat bosqichiga chiqyapti”, deya soha istiqboliga ishonch bildirdi.
Yurtimizda bu yo'nalishdagi ishlarni takomillashtirishda “Buxara Varnet” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasining ham hissasi bo'ladi. Korxona to'liq ishga tushgach, yillik ishlab chiqarish quvvati 33,8 ming tonnaga yetib, jami 2 mingga yaqin ish o'rni yaratiladi. Shuningdek, respublikadagi tadbirkorlarga ham innovatsion issiqxonalar qurish bo'yicha hamkorlik asosida ko'maklashish ko'zda tutilgan.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin